Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. «Harakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bo‘lib, unda ushbu qonun xujjatlariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muxim vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifa doirasida inson xuquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish xolati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda,
«Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 20182021 yillarga mo‘ljallangan Kontseptsiya» loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda:
birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasiniig Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiy- tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko‘plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qo‘llash imkonini beradi;
ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661 -moddasiga muvofiq, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo‘lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so‘ng yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo‘lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko‘proq shaxslarni sudlanganlik xolatidan saqlab qoladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |