O‘quv fanining maksadi va vazifasi: Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining maksad va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston milliy tarakkiyotining yangi bosqichida fukarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan isloxotlar, fukarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida chukur bilim berish orkali ularda faol fukarolik pozitsiyasi, tankidiy taxlil va shaxsiy mas’uliyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: -O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan isloxotlarning mazmun moxiyatini, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish; fukarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy va ma’naviy asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar ko‘yiladi.
- O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar,
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlari, fuqarolik jamiyatining shakllanish asoslari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslari, fuqaroviylik, fuqarollik jamiyati institutlari, saylov xuquqi erkinligi, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy sheriklik, davlat xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
- “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari Xalqimizga xizmat kilishi kerak”, “Xalq boy bulsa, davlat boy va kudratli bo‘ladi” kabi konseptual g‘oyalarning mazmun moxiyatini, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan asosiy yo‘nalishlar va vazifalarni bilishi vaulardan foydalana olishi;
- O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fukarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan isloxotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bera olish, mamlakatimiz erishayotgan yutuklar va ularning Xalqaro miqyosda e’tirof etilishini taxlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- jamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- zamonaviy jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni to‘g‘ri tavsiflash;
- turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy soxalarda kechayotgan hodisalarni holis qiyosiy taqqoslash;
zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob’ektiv tahlil qilish;
- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini O‘zbekistonda ta’minlanganligi, kafolatlanganligi va davlat tomonidan muhofaza etilishini o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |