To‘rtinchidan, korxonalarning tugatilayotganligi borasida matbuotda e’lon berilgandan so‘ng bir oy kutilishi belgilab qo‘yilgan.
YAkka tartibdagi tadbirkorlarga kelsak, bunday maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni bankrot deb e’lon qilish jarayoni 2018 yilda joriy etilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi muhokama uchun O‘zbekiston Respublkasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Hozirda O‘zbekiston qonunchiligi faqat yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik jarayonini tartibga soladi va nazorat qiladi. Qonun loyihasiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyatini yuritgan shaxslar kreditorlar talablarini qondiradigan ahvolda bo‘lmasa, tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda bankrotlik e’lon qilishi mumkin.
Ushbu me’yor realizatsiyasi Fuqarolik kodeksining hamda «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunning qator o‘rinlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini taqozo etadi.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, 1 iyul holatiga ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan 158 ming fuqaroning soliq bo‘yicha qarzdorligi 105,9 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Amaliyotda bunday soliq qarzdorligini undirish imkoniyati yo‘q, lekin buni imkonsiz holat deb baholamaslik lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 354-moddasiga asosan, yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi to‘lash muddatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega, kechiktirilgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng o‘n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to‘lanadi (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar bundan mustasno).
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-sonli farmoniga asosan, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari (chakana savdo tashkilotlaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun ob’ektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan ob’ektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda yagona soliq to‘lovi va yagona ijtimoiy to‘lovlarni ushbu to‘lovlarning tasdiqlangan eng kam miqdorlarini hisobga olmagan holda to‘laydilar.
SHu bilan birga, Soliq kodeksining 311 va 375-moddalariga asosan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badallarini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5116-son Farmoniga asosan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq sohasidagi imtiyozlar hamda preferensiyalarni tushuntirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» binosida va mamlakatning barcha hududlarida doimiy ravishda tasdiqlangan grafik asosida ko‘rgazmali seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yilning 1 avgust holatiga Respublika bo‘yicha jami 7 mingdan ortiq seminar va davra suhbatlari o‘tkazilib, unda 323 mingdan ortiq soliq to‘lovchilarning qatnashishdi.
Ushbu seminarlar va davra suhbatlarida soliq to‘lovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda, muammolarini hal qilishmoqda. Barcha olingan savol va javoblar markaziy va mahalliy nashrlarda bosilmoqda, “Soliq Info” gazetasi sahifalarida to‘liq e’lon qilinmoqda.
2017 yilning 7 oyi davomida ommaviy axborot vositalari orqali jami 6 828 marotaba chiqishlar tashkil etilgan.
SHuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga 1 438 ta material joylashtirilgan hamda foydalanuvchilar tomonidan 14 milliondan ortiq tashrif amalga oshirilgan.
Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan www.soliq.uz rasmiy veb-sayti “Soliq info” gazetasida “Soliq xizmati xabarlari” nomli maxsus rukn tashkil etilib, soliq qonunchiligidagi eng so‘nggi yangiliklar, imtiyoz va preferensiyalar, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga oid materiallar kunlik yoritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
SHuningdek, ushbu ma’lumotlar markaziy matbuot nashrlari hamda internet-nashrlarda e’lon qilib borilmoqda.
SHuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lov muddatlari haqidagi xabarni soliq to‘lovchilarning mobil telefon raqamlari va elektron manzillariga avtomatik yuborish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliq to‘lovchilarning internet tarmog‘idagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga “SMS-ogohlantirish”lar berib borilmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bir qator ijtimoiy roliklar tayyorlangan bo‘lib, ular doimiy ravishda respublika telekanallarida namoyish qilinmoqda. Bu videoroliklar soliq to‘lovchilarning o‘z huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarini shakllantirish, umuman, soliq madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Soliq to‘lovchilarni yoshlikdan tarbiyalash maqsadida respublikamizning barcha ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga maxsus soliq soatlari kiritildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda o‘quv rejasi ishlab chiqilib, 1–4-sinf o‘quvchilari uchun “Iqtisodiyot va soliqlar alifbesi”, 5–7-sinflar uchun “Iqtisodiyot va soliq darslari” va 8–9-sinflar uchun “Soliqqa tortish asoslari” darsliklari nashr qilingan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining “Tadbirkorlik va biznes asoslari” qo‘llanmasiga mamlakatdagi tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maxsus bob kiritilgan. Noiqtisodiyot yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlari uchun “Soliqlar va soliqqa tortish” darsligi tayyorlandi.
SHuningdek, 2009 yildan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har yili “Soliq bilimlari – bolalarga!” ijodiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovning birinchi bosqichi tuman darajasida, ikkinchi bosqichi viloyat darajasida, uchinchi bosqichi esa respublika miqyosida o‘tkaziladi. Ko‘rik-tanlovga 10 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari va kasb-hunar kollejlarining 1,5 ming nafar o‘quvchilari jalb qilinmoqda.
Bundan tashqari, 2016 yildan boshlab har yili oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Soliq bilimdonlari” respublika tanlovini o‘tkazish joriy etildi.
O‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan davlat soliq xizmati organlari xodimlarining uchrashuvlari tashkil etilib, mamlakatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, berilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning afzalliklari xususida yorqin misollar asosida batafsil maolumotlar berish bo‘lajak tadbirkorlarning o‘z bizneslarini boshlashida amaliy yordam vazifasini o‘tamoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2016 yildan boshlab Davlat soliq xizmati organlarining yangi «Elektron soliq xizmatlari» portali ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Bugungi kunda mazkur portal orqali 35 turdagi elektron xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Jumladan, “YUridik shaxslar soliq imtiyozlari” va “Jismoniy shaxslarning imtiyozlar ma’lumotnomasi” axborot xizmatlari orqali yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan amaldagi mavjud imtiyozlar, uni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar va ularning muddatlari to‘g‘risida ma’lumot olish yoki jismoniy shaxslarning egaligida mavjud bo‘lgan mol-mulk va er uchastkalari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.
SHuningdek, soliq to‘lovchilarning soliq solish masalalariga oid ko‘p uchraydigan savollariga javoblar taqdim etish, ularning davlat soliq xizmati organlariga bevosita murojaatlarini qisqartirish, vaqtini tejash hamda soliq solish qonunchiligi borasidagi huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Ko‘p uchraydigan savollar” hamda “Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari” kabi xizmatlar ham ko‘rsatib kelinmoqda.
Bundan tashqari, soliqqa oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish uchun “Me’yoriy-huquqiy hujjatlar” xizmati, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida biznesni boshlashdan avval soliq qonunchiligi bilan tanishib olish imkoni beruvchi “O‘z biznesingni yarat” kabi xizmat turlari ham soliq to‘lovchilarga ko‘rsatib kelinmoqda.
Bu yo‘nalishda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan:
yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yishda ular bilan profilaktik suhbat olib borilib, ularni soliq majburiyatlari bilan tanishtirish;
har oyda kamida ikki marta tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali etkazish;
mahallalarda fuqarolar o‘rtasida soliq majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan har kuni tushuntirish o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari hisoblanadi.22 Xuloa qilinganda har bir rivojlangan dalat soliq siyosatini to‘g‘ri tashkil qilsa davlatni yqtisodiy o‘sishi yuqori bo‘ladi.