HAR XIL BURG‘ILASH USULLARINING QO‘LLANISH SOHASI
Aylanma burg‘ilash usuli. Aylanma burg‘ilashda burg‘i kalla-gi aylanma harakati natijasida kesish yuzaga keladi, bularga parma va dastgohlar kiradi. Bu uskunalar elektr, pnevmatik va gidravlik yu-ritkichlar bilan harakatga keladi. Shulardan eng ko‘p tarqalgan dast gohlar elektr yuritkichli turidir.
Elektr energiyasi pnevmatik energiyaga nisbatan 15–20 marta ar-zon. Lekin ko‘mir va gazlarni to‘satdan itqitib chiqaradigan ko‘mir qatlamlari mavjud bo‘lgan shaxtalarda pnevmatik yuritkichlar qo‘lla-nish zarurligi o‘z isbotini topgan.
Juda xavfli joylarda, masalan, neft qatlamini yer osti usuli da chiqarib olishda chuqur skvajina burg‘ilash zarurati yuzaga kel-ganida gidravlik yuritkichli dastgohlar qo‘llaniladi. Bunday dast gohga suv yuqori bosim bilan quvur orqali nasos yordamida uzatiladi. Bunday nasoslar xavfsizlik qoidasida belgilangan joylargagina o‘rna-tiladi.
Aylanmali-zarbali burg‘ilash usuli. Bunday burg‘ilashda jinslarni parchalovchi asbobi aylanma-zarbali ta’sir etadigan dast gohlar keyingi 20 yil davomida paydo bo‘ldi va takomillashdi. Dast-goh o‘q yo‘nalishi bo‘yicha yuqori kuchlanish hosil qilish zarurati vujudga kelganligi sababli yaratilgan bo‘lib, og‘irligi katta va narxi yuqoridir. Bunday dastgoh bilan burg‘ilash g‘ildirakli yoki o‘rmalov-chi qurilmada amalga oshiriladi. Bunda dastgohda skvajina diamet ri 40–63 mm, chuqurligi 4 m bo‘lgan shpurlar burg‘ilanadi. Burg‘ila nadigan shpurlar chuqurligi burg‘i uzatuvchining uzunligiga qarab belgilanadi, chunki burg‘ilash ishi butun shtanga bilangina bajariladi.
Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi dastgoh-mashi-na mahkamlik koeffitsiyenti f = 6 – 12 bo‘lgan jinslarni burg‘ilashda maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zarbali-aylanma burg‘ilash usuli. Bunday burg‘ilashda tog‘ jinslarini yemirib ushatuvchi asbobning zarbalab aylanma haraka tidan shpur yoki skvajina tubidagi jinslar uvalanadi.
Yer osti sharoitida rudalarni chuqur skvajina usuli bilan qo‘po-rib olishda chuqurligi 50 m gacha, diametri 85–160 mm bo‘lgan skva jinalar burg‘ilanadi. Bunday skvajinalarni burg‘ilovchi dastgohning botiruvchi-pnevmozarba beruvchi asbobi bilan burg‘ilanadi. Dast goh aylanma harakatlanuvchi mexanizm va pnevmozarbalovchi as-bobdan iborat bo‘lib, skvajinaga shtanga vositasida uzatiladi. Zarba- lab burg‘ilash katta zarbali kuchlanish talab qilmasligi sababli, bunday dastgohlarning og‘irligi ham katta emas. Dactgohning tayyorlanishi oddiy, ishlatishga qulay. Bular diametri 85–125 mm bo‘lgan skvaji-nalarni burg‘ilashda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |