Simob qaldirog‘ining metall simobi bilan etil spirt va azot kis-lotasining o‘zaro ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Simob qaldi-rog‘i kristallarining zichligi, uning tozaligiga bog‘liq holda 1,22 dan 1,25 g/sm3 gacha yetadi. U yaxshi zichlanadi. Presslash bosimi 30 mPa bo‘lganida uning zichligi – 3,5 g/sm3ga yetadi.
Sof simob qaldirog‘i amalda kam namlanadi (malogigrosko-pi-chen), u suvda kam eriydi. Harorati 12°C bo‘lgan 100 g suvda ati-gi 0,07 g eriydi, 100°C da esa 0,77 g simob qaldirog‘i eriydi. Kuch-li namlanganda u portlash xususiyatini yo‘qotadi, 10% namlikka ega bo‘lsa, yonadi, detonatsiyalanmaydi. Namlik miqdori 30% bo‘lsa, hat-to yonmaydi ham. Shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash uchun si-mob qaldirog‘i suv tagida saqlanadi. Simob qaldirog‘ining kimyoviy turg‘unligi amaliyotda qo‘llanish uchun yetarlidir. Simob qaldi-rog‘ining alangalanish harorati 170–180°C atrofidadir.
O‘t o‘tkazuvchi pilik uchqundan yoki elektr alangalatkichdan xa-tosiz yonadi.
Kukunsimon simob qaldirog‘i ozgina miqdordagi alangaga ham yonib, «puk-puk» degan ovoz chiqarib alanga beradi, lekin bu bilan u brizantli ta’sir etmaydi. 25–35 mPa bosim bilan presslangan simob qaldirog‘i brizantli portlovchi moddada, sinov qurilmasida portlash uyg‘otadi. Simob qaldirog‘ining asosiy kamchiliklaridan biri uning o‘ta presslanish xususiyatidir, shu sababli alanga ta’sirida ortiqcha presslangan simob qaldirog‘i detonatsiyalanmasdan yonib ketadi.
Simob qaldirog‘ining portlash harorati portlab ajralish tenglama-siga muvofiq 4450°C ga teng. 1 kg simob qaldirog‘i parchalanib ketsa, 311 l gazsimon mahsulot paydo bo‘ladi.
Portlash harorati – 1701 kJ/kg. Detonatsiyalanish tezligi 4,5–4,85 km/s.
Simob qaldirog‘i avvallari portlashni qo‘zg‘atuvchi portlovchi modda sifatida kapsul-detonatorlar va elektr detonatorlar tayyorlash-da keng qo‘llanilar edi, lekin keyingi vaqtda uning o‘rnini ko‘proq qo‘rg‘oshin azidi bilan almashtirilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiligidan tashqari, simob qaldirog‘i qo‘llanilishining cheklanganligining asosiy sababi, uni qo‘llaganda portlash natijasida o‘ta zaharli simob bug‘lari hosil bo‘lishidir.
Qo‘rg‘oshin azidi – suv bilan bostirib eritilgan natriy azidi va azotli qo‘rg‘oshin nitratning reaksiyaga kirishishi natijasida olinadi.
Pb(NO3)2 + 2NaN3 → Pb(N3)2 + 2NaNO3.
Qo‘rg‘oshin azidi o‘zining tarkibida na vodorod, na kislorod, na uglerod saqlaydi. Qo‘rg‘oshin azidining portlash reaksiyasi qo‘rg‘o shin molekulasiga va azot PbN6→Pb + 3N2 ga ajraladi. Bu portlash reaksiyasi ko‘p miqdorda issiqlik ajratadi.
Qo‘rg‘oshin azidi mayda kristalli oq rangdagi kukunsimon modda bo‘lib, kristallarining zichligi 4,73 g/sm3 ga teng. Portlashni qo‘zg‘atish xususiyatiga uning presslanishi sezilarli hech qanday ta’sir etmaydi. Qo‘rg‘oshin azidi faqat presslangan holatda qo‘llaniladi, sez-girligi, ayniqsa, presslangan holdagisi ancha past, simob qaldirog‘iga nisbatan uning alangalanish harorati 325–350°C ga teng.
Qo‘rg‘oshin azidining asosiy kamchiligi quyidagilar: uni tayyorlash jarayonida mexanik ta’sirga (zarba, ishqalanish va boshqalar) yuqori sezgirlikka ega bo‘lganligi uchun u o‘z-o‘zidan portlab ketishi ham mumkin. Kapsul-detonatorlar tayyorlashda mis yoki jezdan yasalgan gilzalarga qo‘rg‘oshin azidi bilan ishlab chiqarish taqiqlanadi, chunki shunday gilzada azitli mis oksidi hosil bo‘lishi mumkin. Uning mexa nik ta’sirga sezgirligi juda ham yuqori bo‘lganligi sababli portlab ketish xavfi yuzaga keladi. Aluminiy bilan qo‘rg‘oshin azidi bir-biriga ta’sir etmaydi. Amaliyotda qo‘rg‘oshin azidi temirga ham hech qanday ta’sir etmaydi, shuning uchun u po‘lat qalpoqchada (vtulkaga) presslanadi.
Qo‘rg‘oshin azidi portlab parchalanganda ajratadigan issiqlik 1600 kJ/kg ga teng. Portlash natijasida hosil bo‘ladigan gazlar hajmi 308 l/kg ni tashkil etadi. Portlash harorati 4300°C, detonatsiyalanish tezligi 5,3 km/s. Qo‘rg‘oshin azidi portlashni qo‘zg‘atuvchi portlovchi modda sifatida kapsul-detonatorlarda qo‘llaniladi.
Teneres (trinitrorezorsinat qo‘rg‘oshini) rezorsina asosida olinib, nitratsiyalanadi. So‘ng uni natriy karbonat bilan qayta ishlab trinit-rorezorsinat natriy olish uchun, uning suvdagi eritmasi trinitrorezor-sinat qo‘rg‘oshinini qo‘rg‘oshin nitrat eritmasi bilan bostirish uchun foydalaniladi. Teneres to‘q sariq rangda bo‘lib, kristallari kuchli elek-tr izolatsiyalanadi, zichligi 3,01 g/sm3. U fizikaviy-kimyoviy turg‘un, suvda kam eriydi, kam namlanadi (malogigroskopichen) metallar bi-lan o‘zaro ta’sirlashmaydi. Teneresning zarbaga sezgirligi simob qal dirog‘i va qo‘rg‘oshin azidiga nisbatan kamroq. U ishqalanishga sezgirligi bo‘yicha simob qaldirog‘i va qo‘rg‘oshin azidi oralig‘idagi o‘rtacha joyni egallaydi.
Teneresning birdaniga yonish harorati 270–280°C, uning port-lashni qo‘zg‘atish qobiliyati simob qaldirog‘i va qo‘rg‘oshin azidi-ga nisbatan past. Shuning uchun teneresni portlashni qo‘zg‘atuvchi portlovchi modda sifatida qo‘rg‘oshin azidi bilan birgalikda alanga uzatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Portlashda hosil bo‘lgan gazlar hajmi 448 l/kg, portlash issiqligi – 1756 kJ/kg, portlash harorati 3030°C, detonatsiyalanish tezligi 5,2 km/s.
Do'stlaringiz bilan baham: |