Talabalarga tayyorgarlik uchun yordamchi materiallar:
Islom mintaqa madaniyati davrida milliy ma’naviyatimiz takomili
Milliy ma’naviyatimiz rivojining tarixiy bosqichlari
|
Tarixiy davr
|
Shaxs va millat ma’naviyatining takomil bosqichlari yoki ma’rifat yo’llari
|
I Sunna
|
VIII-IX asrlar
|
Ibrat
|
II Islom ma’rifatchiligi
|
X-XI asrlar
|
Ilm
|
III Tasavvuf tariqatlari yohud Irfon
|
XII-XIII asrlar
|
Riyozat
|
IV “Majoz Tariqi”
|
XIV-XV asrlar
|
Mehr
|
Uning qarashlari XIII-XVI asrlarda yevropada «averroizm» nomi bilan34 katta bir falsafiy an’ana hosil qildi. Ibn Ro’shdning Aristotel asarlariga yozgan sharhlari Fransiya, Italiya va boshqa yevropa davlatlarining yirik universitetlarida o’qitildi. Arab tilidagi falsafiy meros Siger Brabantskiy (1235-1282), Piko della Mirandola (1463-1494), Petro Pomponatssi (1462-1525), Jordano Bruno(1548-1600) kabi O’rta asrlar va Uyg`onish davrining yirik faylasuflariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Siger Brabantskiy Ibn Ro’shd g`oyalarini yevropaning o’sha davr o’ziga xos ma’naviy muhitiga tadbiq etib, «ikki haqiqat nazariyasi»ni ishlab chiqdi. SHu bilan birga arab falsafasi ta’sirida qadim YUnon-Rim merosi bilan bevosita tanishishga intilish kuchaydi. Bu harakat diniy va falsafiy qarashlarning o’zaro jiddiy to’qnashuviga olib keldi va natijada «averroizm» namoyandalari xristian cherkovi (Rim papasi) tomonidan qattiq ta’qibga duchor bo’ldi. Siger Brabantskiy o’ldirildi. Jordano Bruno o’tda kuydirildi. Ammo yangi kuchlar quvvat kasb etib bordi. Neoplatonizmning arab-islom madaniyatidagi talqini ta’sirida xristian diniy qarashlarida yangicha yondoshuvlar shakllanib, XV asrda Reformatsiya zarurati paydo bo’ldi. Katolik va pravoslav mazhablari qatoriga protestantizmning turli oqimlari (kalvinizm, lyuteranlik, anglikan cherkovi va boshqalar) qo’shildi. Badiiy va falsafiy tafakkur mustaqil rivoj olib, Renessans yoki yevropa Uyg`onishi vujudga keldi. XVII asrdan adabiyotda klassitsizm yo’nalishi, XVIII asrdan esa yevropa ma’rifatchiligi shakllandi. Niderlandiya va Buyuk Britaniya burjua inqiloblari yevropadagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni tubdan o’zgartirib yubordi. Amerika kashf etildi. SHarqqa yurish boshlandi.
XIX-XX asrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan yevropa mintaqasi boshqalardan uzil-kesil ilgarilab ketdi va natijada «jahon fani», «umuminsoniy qadriyatlar» deganda birinchi navbatda yevropa madaniyati unsurlari tasavvur etila boshlandi. YAngi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko’p jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog`liq. Bu davrda yevropa xalqlari (inglizlar, nemislar, fransuzlar va h.k.) mintaqa miqyosidagi o’zaro madaniy axborot almashinuv doirasidan chiqib, o’zga mintaqalarda yaralgan boyliklarni o’zlashtira boshladilar. SHarqshunoslik keng rivoj oldi. Turli fan sohalari sharqshunoslarning yutuqlaridan ijodiy foydalana boshladilar. Islom mintaqasida esa XVI asrdan boshlab madaniy-ma’naviy yaxlitlikka rahna soluvchi jarayonlar yuz bera boshladi.
Yangi davr yevropa ma’naviy muhitiga xos qarama-qarshiliklar kurashi keyin ham davom etdi. XVIII asr fransuz ma’rifatchiligi zaminida shakllangan ateizm yo’nalishi Gelvetsiy (1715-1771), Golbax(1723-1789), Didro(1713-1784) qarashlaridan nemis mumtoz falsafasiga o’tib, Feyerbax (1804-1872) orqali Karl Marks va F. Engelsning murosasiz sinfiy kurash targ`ibiga qaratilgan kommunistik utopiyaga olib keldi.
Islom mintaqa ma’naviyatida bunday ziddiyatli holat yuz bergan emas. Alisher Navoiy va Mirzo Bedil talqinlaridagi Tavhid ta’limoti ma’rifatchilik va irfon bosqichlarida ba’zan ko’zga tashlanadigan ziddiyatli o’rinlarni yengib o’tib, Oliy uyg`unlikka erisha bildi. Islom mintaqa ma’naviyatida «ikki haqiqat» tazodi emas, «ayni haqiqatdir majoz»,»al-majozu qantaratul haqiqa» (majoz haqiqatning ko’prigidir), degan jumlalarda o’z yorqin aksini topgan uyg`unlik, «qarama-qarshiliklar kurashi» emas, «birligi» ko’proq ustunlikni saqladi. Ammo bu mulohazalarni mutlaq haqiqat ma’nosida tushunish noo’rin bo’lardi. YAngi davrning o’ziga xosligi shundaki, ichki ziddiyatlar ba’zan juda keskin yuzaga qalqib chiqa boshladi.
XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilining ikki bosqichi.
XVI-XX asrlar milliy ma’naviyatimiz takomilini ikki katta bosqichga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi - XVI-XVII asrlarni qamrab oladi. Bu bosqichda yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy o’lkalar keng xalq ommasining ma’naviy saviyasi oshib bordi. Bu davrda mintaqa siyosiy hayotida tanazzul va parchalanish jarayoni kundan-kunga, yildan yilga kuchaydi. Shu bilan bir paytda mintaqa xalqlari o’tgan davrda erishilgan yuksak ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar. Shu sabablarga ko’ra bu jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: |