Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»



Download 17,43 Mb.
bet24/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Islom mintaqa madaniyatining shakllanishi osonlik bilan bo’lgani yo’q, buning uchun ba’zi siyosiy masalalar to’g`ri hal bo’lmog`i zarur edi. Payg`ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida «umma» g`oyasi g`oliblikni qo’lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko’tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Umar (raziallohu anhuma) davrlarida nihoyasiga yetdi. YAgona arab davlati shakllandi. Islom qo’shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642 yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III Nahovand yaqinidagi jangda yengilib, Xurosonga qochdi. 674 yilda arab qo’shini birinchi marta Amudaryoni kechib o’tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705-715) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg`ol qilindi. Agar tarixiy voqelikni to’g`ri idrok etadigan bo’lsak, bu davrga kelib qadim Turon o’lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko’rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo’lini tutardi. Baribir bosqinchilikka qarshi milliy-ozodlik kurashi to’xtamadi, Islom dini ham dastavval mahalliy xalq ongiga juda qiyinchilik bilan singib bordi. Ammo ilg`or tavhid e’tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g`olib kelishi tabiiy edi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e’tiqod asosida ittifoqlashuv yo’lini tutishga moyil bo’lib borardilar. Faqat ummaviy xalifalardan aksariyati mahalliy Ajam xalqlarini arablar bilan teng ko’rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon keltirishlariga ma’naviy jihatdan to’sqinlik qilardi. Bu orada Rasulullohning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari hazrati Ali (raziyallohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhu) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da’vogarlik boshlandi. Abbosiylar o’z maqsadlariga erishish uchun Xuroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. Abbosiy imom Ibrohim asli ajamlik bo’lgan Abu Muslimni qullikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ`ibot olib borishga jo’natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo’shin to’plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750 yilda Ummaviylar sulolasi yo’q qilinib, Abbosiylar xalifalik taxtiga o’tirdilar. Abu Muslim qo’zg`oloni g`alabasi mintaqa tarixida hal qiluvchi o’zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g`alabaga erishdilar.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish