Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Islom mintaqa ma’naviyatining yevropa madaniyatiga ta’siri



Download 17,43 Mb.
bet26/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Islom mintaqa ma’naviyatining yevropa madaniyatiga ta’siri. XV-XVI asrlar jahon tarixida YAngi davrning boshlanishi hisoblanadi. SHu davrdan yevropa mintaqasida ma’naviy yangilanishlar pallasi boshlandi. Asli bu yangilanish islom mintaqa madaniyatining ta’siridan xoli emas edi. Islom mintaqa madaniyati Volgabo’yi, SHarqiy Turkiston va Indoneziyadan to SHimoliy Afrika va Ispaniyagacha yoyilganligi ma’lum. Ispaniyada arab xalifaligi to XIV asrgacha davom etdi. IX asrdan boshlab rivoj ola boshlagan arab-ispan musulmon madaniyati XI-XIV asrlarda yevropa madaniyatiga ayricha ta’sir ko’rsatdi. Ispaniya va SHimoliy Afrika hududlarida Ibn Tufayl (vafoti 1185y), Ibn Ro’shd (1126-1198) Ibn al-Arabiy (1165-1240), Ibn Xaldun (1332-1406) kabi islom olamining buyuk allomalari yetishib chikdiki, ularning ijodiy merosisiz mintaqa ma’naviyatini mukammal anglab bo’lmaydi.
XI asrdan boshlab Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Ibn Sino, G`azzoliy va boshqa ulug` islom mutafakkirlarining asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, xristian madaniyati rivojiga hissa qo’sha boshladi. SHu davrdan e’tiboran, yagona islom mintaqa ma’naviyati doirasida, ikki tamoyil shakllana borganligini bir qator hozirgi zamon sharqshunoslari qayd etadilar. Bu tamoyillarning birinchisi Abu Ali ibn Sino nomi bilan bog`liq bo’lib, Xuroson-Movarounnahr yoki sharqiy falsafa maktabi hisoblansa, ikkinchisi Ibn Ro’shd ijodida yorqin namoyon bo’luvchi g`arbiy falsafa maktabidir. Bu ikki tamoyil islom ma’naviyati doirasida o’zaro chambarchas bog`liq va qat’iy chegaralar bilan bir-biridan ajralgan emas. Ammo ularning keyingi ta’sir doirasi turlicha kechdi. Mavjud voqelik hamisha turli narsa va hodisalar, jihatlar va tamoyillardan iborat bo’lib, ular orasida o’zaro ziddiyat ham, uyg`unlik ham mavjud. Ibn Sino va G`azzoliylar ko’proq taraflarining o’zaro uyg`unligiga urg`u berishsa, Ibn Ro’shd oradagi farqlarga e’tibor qaratdi.
KALOM (arab.-ravon nutq, jumla, ran, soʻz) — islom ilohiyot ilmi. VIII-asrda arab xalifaligida paydo boʻlgan. Kalom islom diniy taʼlimotini asoslashga harakat qiladi. Kalom tarafdorlari muta-kallimlar deyiladi. Kalom ilohiyotchilari faylasuf boʻlmaganlar. Kalom umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat bilan xorijiylar, shialar, murjiʼiylar va b. diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, bahslar jarayonida paydo boʻldi va taraqqiy qildi. Siyosiy kurash diniy shiorlar ostida olib borilganligi sababli Alloh adolati (adl), mavjud voqelik Alloh tarafidan yaratilganmi va uni oʻzgartirish mumkinmi (qadar), kimni imonli yoki gunohkor deb hisoblab, jazolash kerak (imon) va h. k. dolzarb masalalar edi. Kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Jaʼd ibn Dirham (742-y. qatl etilgan) ijodida kuzatiladi. U uslubda doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson aqli ojizlik qilgan hollardagina Qurʼon oyatlarini ramziy-majoziy maʼnoda talqin qilish (taʼvil) mumkin, deb hisobladi. Jahm ibn Safvon (745-y. qatl etilgan), AbulHuzayl (841 yoki 849-y. v. e.) va Bishr ibn al-Muʼtamir (825-y. dan soʻng vafot etgan) uning gʻoyalarini rivojlantirdilar. Jahmning qarashlari muʼtaziliylarga yaqin boʻlgani bois, odatda, bu ikki taʼlimotni bir-biridan farklamaydilar. Kalom tarixida muʼtaziliylar maktabi taʼlimoti muhim oʻrin egallaydi. Ularning taʼlimoti al-Maʼmun (827—848) davrida «davlat taʼlimoti» darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, al-Mutavakkil (847—861) davrida taʼqibga uchradi. Maʼlum vaqtgacha sunniylikda muʼtaziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda gʻoyaviy qurol rolini oʻynashi mumkin boʻlgan aqrid tizimi mavjud emas edi va faqat Qurʼon hamda xadislarga havola qilish bilan cheklanilardi. Aynan muʼtaziliylar oʻzlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islom yoʻli shakllanishiga bevosita taʼsir koʻrsatdi. Bunday tizim X asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomni aqidaparastlar bilan murosaga keltirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan al-Ashʼariy (873- 935) va alMoturidiy (870—944) amalga oshirdi. Natijada Kalomning ashʼariya va moturidiylik maktabi vujudga keldi.
Al-Boqiloniy (1013-y. v. e.), al-Juvayniy (1085-y. v. e.), ash-Shahristoniy (1153-y. v. e.) va ar-Roziy (1209-y. v. e.)lar ashʼariya maktabining yirik namoyandalaridir. Ashʼariylar zohiran oʻzlarini muʼtaziliylarga qarshi qoʻyib, hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan boʻlsalarda, dunyoqarashi boʻyicha muʼtaziliylarning akl-idrokka asoslangan yoʻlini davom ettirdi. Kalomning ikkinchi yirik maktabi — moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy etdi. Ashʼariya maktabi, asosan, shofiʼiylar (q. Shofiʼishshk) orasida tarqalgan boʻlsa, moturidiylik hanafiylik doiralarida koʻplab tarafdorlarga ega boʻldi va, xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi. 13-a. dan Kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun taʼbiri bilan aytganda, Kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul boʻlib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286-y. v. e.), Isfahoniy (1349-y.v.e.), Hijriy (1355-y. v. e.), Taftazoniy (1390-y. v. e.), Jurjoniy (1413-y. v. e.)lar ijodida oʻz ifodasini topdi. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin al-Afgʻoniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida Kalom va, ayniqsa, muʼtaziliylar gʻoyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish