Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Xorazm maʼmun akademiyasi



Download 17,43 Mb.
bet23/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

Xorazm maʼmun akademiyasi, Maʼmuniylar akademiyasi Xorazmda 10-asr oxiri-XI-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992-1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta bilimdon olimi boʻlgan. 1004 yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan. Shu tariqa 1004 yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif" (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan; AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. XVIII-XX asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi" nomi berilgan. X.Xorazm maʼmun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Jaʼdiy (X-asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo alMasihiy alJurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad anBeruniy, Abu Ali alHusayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030 y. v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy anNaysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015 y.v.e.), Abu Ali alHasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid alXorazmiy (10—11-asrlar) va boshqa X.M.a olimlari Yunoniston, Yaqin va Oʻrta Sharq, Hindiston ilmfan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy oʻrganib, uni yanada yuksak bosqichga koʻtarganlar. Akademiya aʼzolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qad. Xorazm badiiy sanʼati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sugorish madaniyati yutuklari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat kila boshlagan. Mas, Abu Nasr ibn Irok, astronomiyaga doyr ilmiy asarlari tufayli "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan. Abulxayr ibn Hammor mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur boʻlgani uchun "Buqroti soniy" ("Ikkinchi Gippokrat") laqabiga sazovor boʻlgan. Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, tibbiyotga oid. "Kitob asSaydana fittib" ("Tabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qitʼasi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 y. oldin aytib oʻtgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qad. xalklar (yunonlar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmiylar va boshqalar) ning yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urfodatlariga oid qimmatli maʼlumotlar toʻplangan. Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Xususan, uning "Tib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur boʻlgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullangan. Olimning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Bu yozishmalar savoljavob tarzida bulib, unda Beruniy va Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn Sino xorazmshoxlar vaziri Abul Husayn asSahliy bilan doʻstlashib, unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarini yozgan. Xorazm maʼmun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iklimi, sugʻorish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining tarixi, korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yoʻllarini tadqiq etishgan. Akademiya aʼzolaridan Abu Bakr alXorazmiy, tabib AbulFaraj ibn Hindu sheʼriyatda yuksak mahoratga erishganlar. Xorazm tarixi, dinlari, taqvimi, bayramlari, urfodatlari, yozuvi, milliy qadriyatlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib kelgan. Ularning oʻzlariga xos shiori: "Ilm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin", — deya atalgan edi. X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlariga ilmda qatʼiylik xos boʻlgan. Aristotel yoʻl qoʻygan koʻp xatolar tekshirishlar davomida tuzatilgan, qutbdagi davomiy tun va kunlar masalasi osonlik bilan falakiyot fani nuqtai nazaridan tushuntirilib, yechilgan. Beruniy qayd etishicha, qadimda Xorazm astronomlari yulduzlar joylashish tartibini arablardan koʻra yaxshiroq bilishgan. Bag`dodda tashkil qilingan akademiya to`g`risida yuqorida aytib o`tgan edik. Nemis fan tarixchisi X.Zuter o`zining matematika va astronomiya tarixiga bag`ishlangan asarida IX-X asrlarda Bag`doddagi “Bayt ul-Hikma”da faoliyat olib borgan 500 dan ortiq olimlarning ro`yxatini keltiradi. Chex olimi Yu.Rushkaning tadqiqoticha, bu olimlarning aksariyati Xorazm, Farg`ona, Shosh va xurosonlik bo`lgan. Bu “aksariyat”ning ham deyarli uchdan ikki kismini xorazmliklar tashkil qilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, mashhur arab geografi Ibn Xavkal o`zining “Yo`llar va mamlakatlar” nomli X asr birinchi choragida yozilgan asarida Xorazm mintaqasiga ta'rif berayotib, Xorazm aholisining ilmga chanqoqligi va zukkoligi haqida ham aytib o`tadi va “Hozir Bag`dodda xorazmlik shogirdi bo`lmagan birorta qozi, faqix yoki ilm-ma'rifatga aloqador shaxs yo`q”, - deb yozadi. Shubhasiz, al-Ma'mun “Bayt ul-Hikma”sining shuhrati tez orada xalifalikning barcha yerlariga yetadi. IX asr oxiri X asr boshlarida xalifalikdan mustaqillikka erishgan hududlarning hukmdorlari yo an'ana sifatida, yoki al-Ma'munga taqlid qilib, o`z saroylarida ma'rifat ahlini to`plashga urinadilar. Lekin bu urinishlarning ko`pi muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqadi. Faqat ba'zi hollarda feodal saroylarida shoirlar va muarrixlar to`planib, ular asosan maddohlik bilan mashg`ul bo`lganlar. Bu borada Xorazmning hukmronlari – Xorazmshohlar alohida o`rin tutadi. Xorazmda, uning qadimiy poytaxti Katda (hozirgi Beruniy) 305 yildan to 995 yilgacha afrigiylar hukm suradi. Lekin 712 yildan boshlab Xorazmning ikkinchi qadimgi shahri Gurganch (Ko`hna Urganch) arablar tomonidan qo`yilgan amirning qarorgohi vazifasini bajaradi. Bu amirlar alohida Iroqiylar sulolasini tashkil qildi. Ikkala sulola ham Xorazmshohlarning qadimgi odati bo`yicha o`z saroylarida maslahatgo`y sifatida islomgacha zardushtiylik koxinlarini, islom davrida esa obro`li olimlarni saqlab turardilar. 995 yili Gurganch amiri Ma'mun I ibn Muhammad ibn Iroq Afrigiylar sulolasiga barham beradi va poytaxtni Gurganchga ko`chirib, o`zini Xorazmshoh deb e'lon qiladi. Aftidan, bu sulola almashinishi Xorazmdagi siyosiy barqarorlikka putur yetkazgan ko`rinadi, chunki ba'zi olimlar, jumladan Iroqiylarga xayrixoh bo`lgan Beruniy ham Xorazmni tark etishga majbur bo`ladilar. 998 yili Ma'mun I vafot etib, Ali ibn Ma'mun taxtga o`tirganidan keyin Xorazmdagi siyosiy ahvol barqarorlashadi. To`la ishonish mumkinki, uning otasiyoq Gurganchga Xorazmning barcha ilmiy salohiyatini mujassamlashtirishga uringan. Lekin uning vafoti bunga imkon bermadi. Bu ishni uning o`g`li Ali ibn Ma'mun sharaf bilan bajardi. Ali ibn Ma'mun ana shunday og`ir siyosiy muhitda dono va zukko maslahatchilarga muxtoj edi. Uning baxtiga tog`asi Abu Nasr ibn Iroq o`z davrining o`ta bilimdon olim edi. U tirikligidayoq “o`z davrining Ptolemeyi” degan laqabni olgandi. Undan tashqari Abu Nasr, Beruniyni o`z xonadonida tarbiyalab, yetishtirgan. Ana shu ikki siymo tufayli Iroqiylar saroyida ilm ahli uchun ideal sharoit yaratiladi. Bu ikki shaxs yaqin va o`rta sharqdagi ko`plab olimlar bilan shaxsiy yozishmada edilar. Buning ustiga X asr oxiriga kelib Somoniylar sulolasiga barham beriladi. Ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan 1004 yildan boshlab Nishopur, Balx va Buxorodan va hatto arab Iroqidan ham olimlar Gurganchga kela boshladilar. Shu tariqa Gurganchda “Dorul hikma va maorif” nomini olgan ilmiy muassasa to`la shakllanadi. Bu ilmiy muassasada xuddi Bag`doddagi “Bayt ul-Hikma”dagi kabi ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib boriladi. Beruniy keltirgan ma'lumotlarga ko`ra, bu muassasada suryon va yunon tillaridan ba'zi tarjimalar ham bajarilgan. Ali ibn Ma'mun vafotidan keyin (1009) uning ukasi Ma'mun ibn Ma'mun xorazmshohlar taxtini egallaydi. U Beruniyni saroyga yaqinlashtiradi va o`ziga eng yaqin maslahatchi qilib oladi. Ma'mun akademiyasi faoliyati uchun yanada kattaroq imkoniyatlar ochiladi. XVIII asrda frantsuz entsiklopedistlari xalifa al-Ma'mun haqidagi maqolalarida uning faoliyatini va Bag`doddagi “Bayt ul-Hikma”ning faoliyatini har tomonlama sinchkovlik bilan tahlil qilib, uning faoliyatini Afinadagi Platon Akademiyasiga juda o`xshashligini e'tirof etganlar va “Bayt ul-Hikma”ni “Al-Ma'mun akademiyasi” deb ataganlar. XX asrda Abu Rayhon Beruniy ijodini o`rganish munosabati bilan Abul Abbos Ma'mun II atrofidagi ilmiy muassasa ham har tomonlama o`rganildi va bu muassasa ko`p tarafdan Bag`doddagi “Bayt ul-Hikma”ga o`xshashligi va u ham o`z davrining akademiyasi ekanligi isbotlandi va unga “Ma'mun akademiyasi” nomi berildi. Ko`pchilik olimlarning fikriga ko`ra, uning faoliyat ko`rsata boshlagan davri, ya'ni olimlar to`la yig`ilib, ilmiy izlanishlar olib borilgan davri 1004 yilga to`g`ri keladi. Ko`hna Urganchdagi “Majlisi ulamo” shunchaki tashkil qilingan ilm dargohi bo`libgina qolmasdan, balki barcha ilmlar bilan shug`ullanuvchi akademiyalardan biri hisoblanadi. Ma'mun Akademiyasi 1004 yillarda tashkil qilingan. Bunga asos sifatida Abu Rayhon Beruniyni, Abu Ali ibn Sinoni bu dargohga kelgan yillardan hisoblab chiqarsa bo`ladi. Ma'mun Akademiyasida ilmlarning turli sohalari bo`yicha shug`ullanishgan, jumladan, riyoziyot, handasa, ilmu-nujum, metereologiya, tibbiyot, geodeziya, geologiya, dehqonchili va h.k.lar. Markaziy Osiyoda ilm-fan, madaniyat rivojida X asr oxiri XI asr boshida faoliyat ko`rsatgan Xorazmdagi Akademiya muhim rol o`ynadi. Barcha darbadar yurgan olimlarni bir joyga to`plab, ularni ilm bilan shug`ullanishga chorladi. O`zbekistonning ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o`rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qo`llab quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirish, qadimda fan, ma'rifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan bo`lmish Xorazm Ma'mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida: Xorazmshoh Maʼmun ibn Maʼmun (Maʼmun II) saroyidagi olimlar shuhrati oʻz davrida uzok, ulkalarga tarkalgan. Bu esa Mahmud Gʻaznaviyning gʻashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017 yilning bahorida Maʼmun II uldirilgan va usha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud Gʻaznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirgʻin va talontorojliklar natijasida X.Xorazm maʼmun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning kupchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoni (1997 y. 11 noyabr) Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda isteʼdodli va fidoyi olimlarni qoʻllabquvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam buldi.
VIIasr o’rtalariga kelib hokimyat Ummaviylardan Abbosiylar qo’liga o’tdi. SHu sulolaning ma’rifatparvar halifalari davrida ilm fan ansha ravnaq topdi. 762-yilda poytaxt Iroqning Bog’dod shahriga ko’shirildi. Bog’dod o’sha davrning eng madaniyati yuksalgan shaharlrdan biri edi. Abbosiylar hukumronligi davrida mamlakat iqtisodiy va madaniy yuksalishga yuz burdi. Savdo hunarmandshilik bilan bir qatorda, qishlaq xo’jaligi , irrigatsiya soxasi avvalgiga qaraganda ansha jonlandi. Ishlab shiqarishning rivojlanishi evaziga shahar hayoti farovonlashdi. Xalifalikning Damashq , Bog’dod, Basra, Qohira, ray, Isfaxon, Nishopur, Gurganj, Kot,Buxoro, Samarqand, Balx, Marv, Xo’jand va boshqa shaharlarida iqtisodiy va madaniy xayot tyez yuksala bordi. Halifalikning tashqi aloqalari ham kyengayib, karvon va dyengiz savdosi rivoj topdi. O’rta yer dyengizi, kora va Qizil dyengizlarda erkin suzib, Xitoy, Hindiston, Indonyeziya, Isponiya, Frantsiya, Hozor, Bulg’or, Rusiya davlatlari bilan savdo sotiq qilishga erishdilar. Xalifalikning madaniy yuksalishida ma’rifatparvar xukumdorlardan al Mansur (754-775), Xorun ar Rashid (786-809) al Ma’mun (813-833) va boshqalarning alohida hizmatlari bor. Arab halifaligida madaniyatning bu yuksalish davri « Islom renissansi (Islom uyg’onishi)» davri nomi bilan ataladi. Xullas madaniy hayot bu davrga kyelib o’zining eng yuqori bosqishiga ko’tarildi.


Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish