Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


Mavzu: Mustaqil O'zbekistonda ma'naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi va buning sabablari



Download 17,43 Mb.
bet72/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

15 Mavzu: Mustaqil O'zbekistonda ma'naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi va buning sabablari.
Reja:
1.Mustaqillik mas’uliyati. Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi.
2.O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma’naviyat masalalariga alohida e’tibori.
3. Uchinchi Renessans davrini amalga oshirish Sh. Mirziyoyev asarlarida ishlab chiqilgan Yangi O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlantirish konsepsiyasi va uning tadrijiy xarakteri.


Tayanch konspekt: Mustaqillik mas’uliyati. Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma’naviyat masalalariga alohida e’tibori. Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati. O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati. Buyuk ajdodlarimiz, xalqimizning suyukli farzandlari xotiralarini yodlash – yosh avlodni milliy g’urur va milliy iftixor ruhida tarbiyalashning ta’sirchan vositasi. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Uchinchi Renessans, Sh. Mirziyoyev asarlarida ishlab chiqilgan Yangi O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlantirish konsepsiyasi va uning tadrijiy xarakteri.
Agar Chor Rossiyasi bizning ma’naviyatimizni turg`unlikda, qoloqlikda tutishga uringan bo’lsa, bolshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o’z milliy ma’naviyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» «sovet madaniyati» to’liq munofiqlik zaminiga qurildi. Dinni, xalqning ming yillik e’tiqodini rad etdilar, o’rniga «shaxsga sig`inish» balosi ro’baro’ bo’ldi. «Paxta mustaqilligi uchun» kurash Turkiston xalqlarini iqtisodiy qaramlik va nochorlik, o’lka tabiatining vayron bo’lishi, suv, havo va tuproqning zaharlanishiga olib keldi. «Xalqlar do’stligi», «internatsionalizm» bayrog`lari ostida butun-butun millatlar ona yurtidan badarg`a qilindi, milliy o’lkalar aholisi tarkibini ruslashtirish siyosati qattiqqo’llik va izchillik bilan amalga oshirildi. Bugun ham o’sha qardosh xalqlar orasiga nifoq solish maqsadida sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan holat Markaziy Osiyo xalqlarining yaqinlashuvi yo’lida qiyinchiliklar tug`dirmoqda. Qozog`iston va Qirg`izistonning qator markaziy shaharlarida mahalliy aholi miqdori kamchilikni tashkil etishi natijasida yurt egalari o’z vatanlarida hayron. Ittifoq davrida respublikalardagi barcha hal qiluvchi mansablarda mahalliy bo’lmagan millat namoyandalari hukm surar va siyosatni Moskva ko’rsatmasiga binoan olib borar edilar. Mahalliy xalq vakillaridan «xo’ja ko’rsin»ga tayinlab qo’yilgan rahbar shaxslar barchasi har qadamda, har so’zda o’zlarining Moskva siyosatiga vafodor va sodiq ekanliklarini isbotlab turishlari yozilmagan qonun edi. Bu munofiqona yo’nalishdan bir bahya chekinganlarga shafqat bo’lmasdi. Madaniyat, mafkura sohasida faqat uzoqdagi «markaz»ga ta’zim, tagi puch kommunizm g`oyasiga dalil-isbotsiz, shubha- gumonsiz sajda qilish, yolg`on «sotsializm»ga munofiqona madhu sano asosiy hukmron yo’nalish qilib belgilangan edi. To’g`ri, milliy ziyolilarimiz ajdodlarimiz merosini o’rganishga ancha-muncha harakat qilishdi. Ammo bu sohada ham yolg`on aralashtirmay so’z aytish mumkin emas edi. O’tmish ajdodlarimiz merosini o’rganish asosan o’tmishimizni qoralash, o’tmishdagi tariximiz «illatlarini» fosh etish maqsadlariga xizmat qildirilardi. Shunda ham miqdoriy nisbatlarga e’tibor bersak, necha ming yillik islomgacha ma’naviyatimiz tarixini o’rganuvchi mutaxassislar 70- 80-yillargacha o’lkamizda deyarli mavjud bo’lmagan, 1200 yillik islom davrini o’rganuvchilar bir necha o’n kishidan oshmas edi, ammo 70 yillik «sovetlar» davrining har soniyasini turli jihatlardan madhu sano etish uchun tarix, falsafa, adabiyot va boshqa ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlarda minglab oliy ma’lumotli mutaxassislarni o’z ichiga olgan mahobatli «mafkuraviy qo’shin» safarbar etilgan edi. Qanchadan-qancha iqtidor egalari o’z umrlarini behuda ovoragarchilikka sarf etganlari bugunga kelib ma’lum bo’lib turibdi. Achchiq haqiqatdan ko’z yummasligimiz kerak - bugun yuzlab fan doktorlari, minglab fan nomzodlari yana o’sha sovet davrida rus tilida asosan rus olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlarga tayanib, yevropa olimlarining rus tilida bosilib chiqqan nazariy mulohazalariga asoslanib ish yuritishlariga to’g`ri kelmoqda. Sababi, ular rus tilidan boshqa tilni, rus yozuvidan boshqa yozuvni o’rganmaganlar, marksizm-leninizmdan o’zga ta’limotni jiddiy o’zlashtirish imkonlari bo’lmagan. Ularning ko’plari hatto o’z ona tillarida o’z fikrlarini ilmiy uslubda bayon qilishga qiynaladilar. Bu qaramlik davridan qolgan ko’rgulik emasmi? Biz aslo birovni ayblamoqchi emasmiz. Ammo ijtimoiy fanlarimizning bugungi ahvoli, ma’naviyatimizdagi sovet totalitar mafkura hukmronligi yuzaga keltirgan vaziyat «chernobil» hodisasini eslatadi, shu darajada falokatlidir. Ko’pchilik ziyolilarimiz ongi o’zlari ham yaxshi tasavvur etmagan miqyosda munofiqona sovet mafkurasi bilan zaharlangan, jahon madaniyati, o’tmish milliy ma’naviy merosimiz bilan «sovet» filtrisiz bevosita tanishish imkoniyatidan til bilmaslik, yozuv bilmaslik orqasida mahrum etilgan edi. Mana endi mustaqillik tufayli bu sohada keskin jonlanish, faol intilish yuzaga kelmokda, yoshlar turk tili, ingliz tili, boshqa tillar orqali jahon faniga kirib borishga urinishmokda. Ammo ular ko’pchiligi hali yosh, vaqt esa kam, mustaqil ilmiy metodologiya hanuz ishlab chiqilmagan. Ochiq tan olish kerak, bugun aniq fanlar, tabiiy-iqtisodiy bilimlar sohasida ham muammolar ko’p, ammo ma’naviyat, milliy mafkura sohasida ahvol o’ta murakkab. XX asr milliy ma’naviyatimiz ulkan yutuqlarga erishdi, bu sohada, ayniqsa, 20-30 yillar milliy ziyolilarimizning jonbozligini aslo unutmasligimiz kerak. O’sha davrda yetishgan rus ziyolilari ham bizning tariximiz, adabiyotimizni o’rganishga katta hissa qo’shdilar, buni ham inkor etish noinsoflik bo’ladi. U davrda hanuz sovet totalitar mafkura mexanizmi puxta sozlanib ulgurmagan, «yorqin kelajakka» umid bilan intiluvchi xayolparastlar mafkura sohasida ancha-muncha mavqega ega edilar. O’sha davrda ham milliy ma’naviyat uchun ochiqcha kurash xavfli edi, ammo hanuz «teshik-tuynuklar» to’liq berkitilmagan, hur fikrni «yangi mafkura»ga biroz moslab o’tkazsa bo’lardi. 30-yillarning o’rtalariga borib, milliy ma’naviyatimizni to’liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib, bukib tashlandi. Yozuvimiz uch marta qayta o’zgartirildi. Diniy e’tiqodning eng zaif uchqunlarigacha ayovsiz qatag`on qilindi. «Millatchilik» tamg`asi eng dahshatli ayblov bo’lib, «xalq dushmani» statusini oldi. Hozir haqli savol tug`iladiki, qaysi millat manfaatini o’ylaganlar qaysi xalqning dushmani sifatida jazo oldilar
Ma'naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma'naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma'naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o’ta iste'dodli bo’lishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Albatta, iste'dod ham ma'naviyat nishonasi, ammo ta'rifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi ta'min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik ma'naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas'uliyat tuyg’usidir.
Sobiq “SSSR”ning xomashyo bazasi bo’lmish markaz manfaatlariga qat'iy bo’ysunuvchi yagona tizim zanjiriga qo’l-oyog’i, har bir hujayrasi bilan chambarchas bog’lab tashlangan respublikaning asli nochor iqtisodiy-ishlab chiqarish binosi, “SSSR” parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom Karimov bozor iqtisodiga o’tish yo’lidagi islohotlarni shunday murakkab sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Oradan 20 yil o’tib, mana endi mustaqil O’zbekiston davlati iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarni qo’lga kiritganligini butun jahon jamoatchiligi e'tirof etmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston jahon miqyosida o’ziga xos barqaror siyosiy mavqye kasb etib turipti. Jahonning eng ilg’or davlatchilik an'analarini o’zbekning milliy tabiati bilan, o’z qadim udumlari bilan uyg’unlashtira olgan Konstitutsiyamiz - mustaqil mamlakatning Asosiy qonuni - har bir sohada batafsil ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qo’llanib, mustahkamlanib bormoqda. Bozor iqtisodiga o’tish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini uyg’unlashtirish, ilg’or texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish borasida o’tgan yillar ichida ulug’ ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy uyg’unlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar o’z mustaqil yo’nalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini, demokratik tamoyillarni o’zlashtirib bormoqdalar. “Vatan manfaati, mustaqillik manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadigan, qalbida o’ti va erk tuyg’usi bor, g’ayratli, kuyunchak”, ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga javob bera oladigan yosh va talantli avlod borgan sari siyosat maydoniga keng faoliyat ko’rsatmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat o’zligini anglab bormoqda.
Ammo, baribir, xotirjamlikka o’rin yo’q. Chunki muammolar hanuz yetarli. Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy tarbiyasi borasida qiyinchiliklar ko’ngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo’lishi lozim bo’lgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan ko’nikmalarni yengib o’tish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti.
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal o’zgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub o’zgarishlar yuz berishi zarur. Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga o’tmoqdamiz. Siyosatda yakka partiya, yagona mafkura zo’ravonligiga barham berib, ko’p partiyaviylik, fikr va qarashlar xilma-xilligiga yo’l ochmoqdamiz. Lekin insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba'zan yangi qadriyatlarni ham eski o’lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, insonlar ongida tub o’zgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ma'naviyat va mafkuraga alohida e'tibor qaratilishining bosh sababi ham shunda.
Inson agar Haq yo’lida astoydil urinsa, ko’p ish qo’lidan keladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, g’aflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli - xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. Shunga qaramay, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o’z huquqi va mas'uliyati me'yorlarini muayyan o’lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu me'yorlarning asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma'naviy negizlarga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur'atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli o’lkalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo’ysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, ma'naviyatsiz, mustaqil o’y-fikrsiz “kommunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo’lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi. XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda hukmron mafkuraning chuqur tanazzuli sharoitida voqyean «manqurtlar saltanati» shakllantirilgan edi. Keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig’ilishida bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Ular yo’q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo’ysundirish asosan o’shalarga ishonib topshirilgan edi.
Allohga beadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to’liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg’a surgan marksistik mafkura bizning necha ming yillik ma'naviy merosimiz, milliy an'analarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona bo’lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zo’ravonlik yo’li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. Ammo, taassuf bilan qayd etish lozimki, totalitar tuzumining urinishlari baribir muayyan “natija”larga erishdi. Chingiz Aytmatov juda yorqin ifodalab bergan “manqurtlik kasali” odamlarimiz ongida ancha-muncha tomir otib ulgurdi. 70 yillik istibdod mobaynida bolshevistik mafkuraning yakka hukmronligi, ayniqsa, 1937-1938 yil qatag’onlaridan keyingi avlodni o’z milliy qadriyatlaridan, ma'naviy merosidan jiddiy begonalashuviga sabab bo’ldi. Ana shu majburiy yuqtirilgan illat ba'zi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon bo’lmoqda.
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz,- deb yozgan edi Birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo’l emas, totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”.
Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma'naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik mas'uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turipti.

Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish