Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasdiqlayman»


O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A. Karimovning ma'naviyat masalalariga e'tibori



Download 17,43 Mb.
bet73/121
Sana28.04.2022
Hajmi17,43 Mb.
#587135
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
Bog'liq
manaviatshunoslik 2021 1 kurslar majmua

O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A. Karimovning ma'naviyat masalalariga e'tibori.
Inson ma'naviy dunyosi - nozik soha. Undagi vaziyatni osonlikcha, muayyan farmon yoki qaror qabul qilish bilan tuzatib bo’lmaydi. Uni o’nglash uchun yillar davomida muntazam va sabr-toqat bilan mafkuraviy, tarbiyaviy, ma'rifiy ish olib borish, amaliy chora-tadbirlar, hayotiy o’zgarishlar joriy etish taqozo qilinadi.
Milliy ma'naviyat millatning o’tmishi, buguni va kelajagini qamraydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O’tmish ajdodlarimiz merosi bugungi jahon darajasi bilan uyg’unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqye ahvolga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak siymosi shakllanadi.
Shu sababli ham birinchi Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri xalq ma'naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e'tibor qaratib kelmoqda.
Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e'lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma'naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.
1995 yil fevral oyida O’zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig’ilishida birinchi birinchi Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta ma'ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma'naviy takomili yo’nalishida ham yangicha yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan yechimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Unda, avvalo, 130 yillik mustamlaka asoratidan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchiligimizning betakror qiyofasi ochib berildi. Uning xalqimiz, millatimiz “tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining” samarasi, “o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining” natijasi ekanligi qayd etildi. “Sotsializm” g’oyalarining xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq aytildi. Prezident ma'ruzaning “Yuksak ma'naviyat - kelajak poydevori” deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-kishilarimizning mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga ishonchining orta borishidir”. Buning uchun har birimiz “bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab”, “buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy an'analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak”.
Umuman qayd etish joizki, O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning deyarli har bir nutqida ma'naviyat masalasiga e'tibor qaratiladi, har bir asarida ma'naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g’oyalar olg’a surilgan.
2008 yili “Ma'naviyat” nashriyotidan O’zbekistonning birinchi Prezidentining Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” nomli ma'naviyat masalalariga bag’ishlangan alohida risolasi bosilib chiqdi.

Kitob 4 bobdan iborat bo’lib, “Ma'naviyat - insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbaidir” deb nomlangan birinchi bobida “ma'naviyat” tushunchasi, ma'naviyatli va ma'naviyatsiz insonlar, ma'naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma'naviy va moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli tilda batafsil bayon qilingan. Kitobning ikkinchi bobi “Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish” deb atalgan va unda avvalo milliy g’oyaning ma'naviy hayotdagi o’rni, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma'naviy tiklanish va yuksalish jarayoni, tilimiz va dinimiz, milliy va diniy bayramlarimiz mavqyeining qayta tiklanishi, islohotlarning ma'naviy ahamiyati haqida so’z boradi. Uchinchi bobga “Ma'naviyatga tahdid - o’zimiz va kelajagimizga tahdid” deb nom qo’yilgan bo’lib, unda ma'naviyat va ma'naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib qolmay umumbashariy muammoga aylanayotgani tahlil etiladi. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma'naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi birinchi prezidentimiz I.Karimov “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlanagan oxirgi bobda. Prezidentning chuqur ishonchiga ko’ra ma'naviy tarbiyaning ibtidosi har bir inson qalbiga quloq tutish va ko’ngliga yo’l topishdan boshlanadi va bu sohada ziyolilarimizning o’rni va mas'uliyati o’ta muhimdir.
Mustaqillik tufayli bizning ma'naviy qadriyatlarimiz, o’tmish ajdodlarimiz qoldirgan meros, o’zining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, “progressiv-reaksion” atalmish zo’raki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qur'oni karim, hadisi shariflar birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin Rabg’uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin Marg’inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqa “sovet davrida” hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo’liga yetib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg’ularini uyg’otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning ulug’vor mujassamasi o’rnatilishi o’zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan o’chmas yog’du paydo qildi. XX asr boshlarida millatni ma'rifat, adolat, hurriyat sari yetaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib o’rin ola boshladi. “Bosmachi” deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari o’z qadrlariga loyiq baholandilar.
1991 yil Alisher Navoiy yili deb e'lon qilindi va o’sha yil to’kin kuzning birinchi oyida o’zbek milliy ma'naviyatining quyoshiga bag’ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o’tkazish belgilandi. She'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludlariga bag’ishlangan anjumanda Respublikamiz rahbari nutq so’zlab, yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomamizning o’rinlari juda katta ekanligini yana bir bor e'tirof etdi. “Mana, salkam bir yildirki, O’zbekistonimizda, O’rta Osiyoda barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to’ylari - qutlug’ ma'raka davom etmoqda. Bu to’y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug’laydigan bayramdir. Bu to’y xalqimiz, O’zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi. Alisher Navoiy yili deb e'lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlut keldi, unutilmas sana bo’lib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshirildi. O’zbekistonimiz davlat mustaqilligini e'lon qildi va o’z taqdirini endi o’zi hal qiladigan bo’lib qoldi”.
1994 yil bahorida “Ma'naviyat va ma'rifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida yana alohida Farmon bo’ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. 1999 yilga kelib, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashkil etildi.
1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Prezident Birinchi birinchi Prezident I.A.Karimov “Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” degan mavzuda nutq so’zlab, mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga ko’tarish, shu bilan o’sib kelayotgan avlodning kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish masalasini bayon qilib berdi.
O’zbekiston Prezidenti Birinchi birinchi Prezident I.A.Karimov ushbu nutqida va keyingi ma'ruzalarida yosh avlod tarbiyasining puxta o’ylangan va mukammal tizimini muhokamaga qo’ydi. Ushbu rejaning amalga joriy qilinishi, ayniqsa, 11 yillik umumiy majburiy ta'lim o’rniga 9 yillik umumiy o’rta ta'lim va 3 yillik kollej-litsey ta'limining yo’lga qo’yilishi balog’at yoshiga yetib endi mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarni bugungi kunimiz uchun zarur bo’lgan muayyan kasb-hunarni egallab, kelajakka qarab dadil qadam tashlashlari uchun real imkoniyat yaratib berdi.
1997 yil 27 avgust kuni qabul qilingan “Ta'lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan ta'lim turlari: maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim shaklida belgilandi. Oliy ta'lim 2 bosqichda: bakalavriat (4 yil) va magistratura (2 yil) sifatida belgilandiki, natijada oliy toifali mutaxassislarning ham ijtimoiy-iqtisodiy talablardan kelib chiqadigan darajalanishi vujudga keldi.
Mustaqillik yillarida o’tgan ulug’ shoir va adiblarimizning yubileylarini o’tkazish ham qutlug’ an'anaga aylanib bordi. 1993 yili atoqli shoir G’afur G’ulomning 90 yilligi va shoh-shoir va ulug’ adib Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi tantanalari o’tkazildi va Andijonda “Bog’i Bobur” barpo qilindi. 1994 yilda Sho’rolar zamonida faqat hukmdor bo’lgani tufayli nomi qoralangan ma'rifatparvar shoh va iste'dodli shoir Muhammad Rahimxon Feruzning 150 yillik yubileyi nishonlandi. 1997 yili noyabrda Abdulhamid Cho’lponning 100 yilligi, 1999 yili buyuk tasavvuf shoiri Pahlavon Mahmudning 750 yilligi va ulug’ shoir va tarjimon Ogahiyning 190 yilligi keng ko’lamda bayram qilindi. 2003 yili G’afur G’ulomning100 yilligi munosabati bilan shahar markazidagi shinam madaniyat va istirohat bog’i uning nomiga qo’yildi va shu bog’da unga ulug’vor haykal o’rnatildi. Bugungi kunda birgina Toshkent shahrining o’zida Bobur nomida, Mirzo Ulug’bek nomida, Abdulla Qodiriy nomida, bolalar shoiri Zafar Diyor nomida bog’lar barpo etilgan. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi.
1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik „Al-Jomi’ as-Sahih“ kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16-17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin
al-Marg‘inoniyning islom huquqiga bag‘ishlangan „Hidoya“ kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Za maxshariyning 920 yilligi, Abduholiq G‘ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992- yil 27- martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarini istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990- yil 2- iyundagi „Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida“ gi farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta'bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmog’i zarur.
Bizning o’tmish madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san'at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir.
Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy adriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi.



Download 17,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish