Navoiy davlat pedagigika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Крахмал элементлар Целлюлоза элементлар



Download 1,46 Mb.
bet39/62
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#96318
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
kimyo faniga kirish

Крахмал элементлар Целлюлоза элементлар




KraxmaPo^fflMPimoshka, don MBffl№mmhqalar) da yig’ilgan. Texnikada kartoshkadan olinadi. Oq kukun modda. Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega emas. Kraxmal gidrolizlanganda eriydigan kraxmal dekstrinlar mal’toza hosil bo’ladi. Katalizator sifatida solood fermenti ishlatilsa maltoza, sulfat kislota ishlatilsa glyukozaga gidrolizlanadi.

Kraxmal ikkita polisaxarid - amiloza (20 - 30%) va amilopektin (70 - 80%) dan tashkil topgan.

Amiloza 1,4-bog’ bilan bog’langan bir necha yuz glyukoza qoldig’idan tashkil topgan va tarmoqlangan emas:




CH OH

CH OH
CHOH


О H

N


H

О H

N


H

О H

N


H

H

H

H

H

OH

H

OH

H

OH

O

O

OH

HO


H OH L H OH J n H OH

Amilopektin yuksak darajada tarmoqlangan molekula bo’lib, 20 dan 25 tacha a-1,4-bog’ bilan bog’langan glyukoza qoldig’idan tashkil topgan, ayrim zanjirlari a- 1,6-bog’lar bilan bog’langan.

Amilopektin molekulasining tuzilishi.

ch2oh


О H

н M

OH H

OH

H



H




CH
ch2oh


О H

н N

OH H

О H

н N

OH H

H

о—

H

O

O




H

H

OH

OH



Kraxmal oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. yelimlar tayyorlashda, glyukoza olishda ishlatiladi.


choh
Sellyuloza. Sellyuloza tabiatda keng tarqalgan. O’simlik to’qimalari sellyulozadan tashkil topgan. Paxta, filtr qog’oz tarkibida 96% gacha sellyuloza bo’ladi. Yog’ochning asosiy qismini sellyuloza va lignin tashkil etadi:

choh


O

н

О H

N


H

н

н

H

OH

н

OH

'O.

O

-o-

H


H OH H OH

Sellyuloza gidrolizlanganda oraliq mahsulot orqali glyukoza hosil bo’ladi.

Sellyuloza Shveyser reaktivi (mis oksidining ammiakdagi eritmasi)da, rux xloridning to’yinmagan eritmasida, konsentrlangan sulfat kislotada eriydi.

Sellyulozadagi bir, ikki yoki uch gidroksil guruhini turli funksional guruhlarga almashtirib uning efirlarini, nitrotsellyuloza, atsetat sellyuloza va sellyuloza ksantogenatini hosil qilish mumkin:


"O
[CfiH702(0H)3]n + 3nC2H,0H [CfiH702(0C2H,)3]n + 3nH20





+3 nHONO


тринитроцеллюлоза




[C6H904(0Na)]n + nCS2


SNa






Tirnitrotsellyuloza tutunsiz porox tayyorlashda, dinitro- va nitro sellyulozalar (koloksilin) esa nitrolaklar tayyorlashda, koloksilin bilan kanfora aralashmasi (1/3 nisbatda) selluloid deb atalib, kinolentalar, qo’g’irchoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Shuning uchun sellyuloza xalq xo’jaligida katta ahamiyatga egadir.

Nazorat savollari

  1. Karbonsuvlarning tirik organizmlar hayotiy faoliyatidagi roli nimalardan iborat?

  2. Ketoza va aldozalarni qaysi reaksiyalar yordamida farqlash mumkin?

  3. Karbonsuvlarni D- va L- qatorlari bir-biridan nimalar bilan farqlanadi?

  4. Fruktozaning piranoza holidagi kimyoviy formulasini yozing.

  5. Disaharidlar kimyoviy xossalariga qarab qanday sinflarga bo’linadi? Misollar keltiring.

  6. Polisaharidlar tarkibiga qarab qanday sinflarga bo’linadi?

LABORATORIYA MASHG’ULOTI UCHUN MAVZULAR

Mavzu: Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik

qoidalari

Mashg'ulotning birinchi kunidanoq har bir talaba kimyo laboratoriyasida ishlashning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishlari zarur va laboratoriyadagi texnika xavfsizligi jurnalida bu narsa qayd qilinishi lozim.

Har bir talaba, pala-partish ishlash, e'tiborsizlik, asboblarni, moddalarning xossalarini va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik baxtsiz hodisalarga sabab bo'lishi mumkinligini chuqur anglab olishi lozim.

Har bir ishni bajarishdan oldin, ishni bajarilish tafsiloti bilan yaxshilab tanishib olish va o'qituvchidan ayni shu ishni bajarishning texnika xavfsizligiga oid ko'rsatma olishi lozim.

Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur:

  1. Zaharli va qo'lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mo’rili shkafda o'tkazing.

  2. Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo'lsa, ehtiyot bo'lib, havoni qo'lingiz bilan idish og'zidan o'zingiz tomon yelpib, ma'lum masofada hidlang.

  3. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga quymay, kislotani suvga jildiratib, aralashtirib quyish kerak.

  4. Reaktivlami quyishda ulami o'zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hech vaqt idishning tepasiga engashmang.

  5. Suyuqliklarni qizdirayotganda probirka og'zini o'zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga teskari qaratib tuting.

  6. Suyuqliklarni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin.

  7. Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa, kislota va ishqorlarning) yuzga, qo'l va ust boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. Yuzingizga yoki qo'lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol yuvib tashlang. Kuchli kislota sachrasa, avval ko'p miqdordagi suv bilan, so'ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving. Teriga ishqor sachraganda uni suv bilan toki teridagi silliqlik yo'qolguncha yuvish kerak.

  8. Oson o't oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o'tdan uzoqroqda va imkoni boricha mo’rili shkafda o'tkazish lozim.

  9. Benzin, spirt, efir o't olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o'chiring. Issiq asbob yoki idish stoldagi maxsus "taglik" ustiga qo'yilishi lozim.

  10. Biror yeringiz gaz gorelkasi alangasidan yoki qizdirilgan narsalardan kuyib qolsa, kuygan joyingizga kaliy permanganatning kuchli eritmasi bilan kuygan joy to'q qo'ng'ir rangga kelguncha ho'llanadi yoki kuyganda ishlatiladigan suyuqlik (aptechkadan olinadi) bilan ho'llangan paxta kuygan joyga qo’yiladi.

  11. Zaharlanib qolganda va qattiq kuyganda darhol shifokorga murajaat qiling.

  12. Mashg'ulot dasturida ko'rsatilmagan tajribalarni o'tkazish qat'iyan ta'qiqlanadi.

  13. Laboratoriyadan ketayotganingizda o'z ish joyingizni tartibga keltiring, gaz gorelkalarini, vodoprovod jo'mraklarining ochiq-yopiqligini, elektr asboblarining o'chirilganligini tekshirib ko'ring.

Laboratoriyada birinchi yordam ko'rsatish choralari

  1. Agar teriga (qo'l, yuz va boshqa joylarga) konsentrlangan kislota (sulfat, nitrat, xlorid va boshqalar) tekkanda, tezlik bilan 3-5 minut davomida kuygan joyni kuchli suv oqimi bilan yuviladi. Keyin taninning 3% li yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho'llangan paxta boylami qo’yiladi.

  2. Teri ishqor eritmasi bilan kuyganda, kuygan joy suv bilan to silliqlik yo'qolguncha yuviladi, keyin taninning 3% li spirtli eritmasining yoki kaliy permanganat eritmasi bilan ho'llangan paxta boylami qo’yiladi. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham kuchli kuyganda, birinchi yordamdan keyin tezlik bilan shifokorga murojaat qiling.

  3. Ko'zga kislota yoki ishqor sachrasa, tezlik bilan uy temperaturasidagi ko'p miqdorli suv bilan yuviladi va darhol shifokorga murojaat qilinadi.

  4. Agar teri issiq narsalar (shisha, metall va boshqalar)dan kuysa, avval taninning 3% li spirli eritmasi yoki kaliy pemanganat eritmasi bilan ho'llangan paxta boylami qo'yiladi, keyin yog'li surtma moy (kuyishga qarshi maz) boylami qo'yiladi.

  5. Xlor, brom, vodorod sulfid, uglerod (IV),uglerod (II) oksidi bilan zaharlanganda tezlik bilan shifokorga murojaat qilinadi.

  6. Fosfor ta'siridan kuygan joyga mis sulfatning 2 % li eritmasi bilan ho'llangan bog'lam qo'yiladi.

  7. Mishyak va simob birikmalari hamda ularning tuzlari bilan zaharlanganda tezlik bilan shifokorga murojaat qilinadi.

  8. O'qituvchining ruxsatisiz biror moddaning mazasini tatib ko'rish yoki hidlash, shuningdek kimyoviy idishlardan suv ichish ta'qiqlanadi. Laboratoriyada ishlatiladigan hamma moddalar oz yoki ko'p darajada zaharli ekanligini talabalar esdan chiqarmasliklari lozim.

  9. Ishni bajarishda biror tushunmovchilik tug'ilsa ishni to'xtatish va o'qituvchi yoki laborantga murojaat qilib, tushunib olgandan keyin davom ettirish lozim.

  10. Simob metali va uni bug'i kuchli ta'sir qiluvchi zahardir. Shuning uchun simobli asboblar, simobli termometrlar singanda to’kilganligi haqida o'qituvchiga va laborantga albatta xabar berish shart.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

  1. Kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?

  2. Zaharli moddalar bilan ishlaganda qanday ehtiyot choralarini qo’llash kerak?

  3. Gazlar bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam qanday ko’rsatiladi?

  4. Nima uchun ishqorlar bilan zaharlanganda kaliy permanganatning eritmasidan foydalaniladi?

Mavzu: Kimyoviy ekvivalentni aniqlash.

Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya

Darsning maqsadi: Talabalarga metal ekvivalentini vodorodni siqib chiqarish usuli bilan aniqlash haqida ma’lumot berish.

Kerakli asbob va reaktivlar: Byuretka, kolba, shisha naylar o’tkazilgan probkalar,voronka, tarozi, suyultirilgan sulfat kislota.

  1. tajriba.Metall ekvivalentini vodorodni siqib chiqarish usuli bilan aniqlash Ishning borishi:

32-rasmda ko'rsatilgandek asbobni yig'ing. Byuretkani (1) rezina nay bilan ulang, voronka (2) orqali suv to'ldiring. Byuretka va probirka (3) shisha naylar o'tkaziladigan probirkalar bilan yaxshilab berkitiladi. Tajriba boshlashdan oldin asbobning germetikligini tekshirib ko'ring. Buning uchun voronka 10-15 sm. ko'tarilib, mahkamlab qo'yiladi, keyin 3-5 minut davomida byuretkadagi suv sathini holati kuzatiladi. Shu vaqt ichida suv sathi o'zgarmasa, asbob yaxshi yig'ilgan bo'ladi, ishni boshlash mumkin. Tarozida taxminan 0,03 grammga yaqin magniy bo'lagidan yoki kukunidan tortib oling. Probirkadagi probkani chiqarib oling, voronkani yuqoriga yoki pastga surib, byuretkadagi suv sathini nolga yoki undan pastroqda to'xtating. Suyultirilgan sulfat kislotadan 5-6 ml. o'lchab oling va uni kichkina voronka orqali probirkaga quying (nima uchun?).

Probirkaning devoriga kislota tegmaydigan qilib magniy lentasi yopishtirish. Probirkani probka bilan mahkam berkiting, bunda magniy lentasi kislotaga tegmasin. So'ngra voronkani yuqoriga va pastga surib byurekadagi va voronkadagi suv sathilarini tenglashtiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv sathini pastki mensk bo'yicha 0,1 ml. aniqlik bilan hisoblab va yozib qo'ying. Probirkani silkitib metallni kislotaga tushiring. Nima sodir bo'ladi? Metallning hammasi erib bo'lgach, probirkani uy temperaturasigacha sovutib byuretkalardagi suvning sathini yozib qo'ying. Tajriba vaqtida uy temperaturasini (t) va barometrdagi bosimni(P) yozib qo'ying. Kuzatilgan hodisalami yozish tartibi:

1. magniy og'iriigi - В gr

  1. temperatura - 1, С

  2. bosim -P, mm.sim.ust

  3. byuretkadagi suvning reaksiyagacha bo'lgan sathi -a1

  4. byuretkadagi suvning reaksiyadan keyingi sathi -a2

Tajriba natijalarini ishlab chiqish:

  1. t - temperaturada va P-bosimda magniy siqib chiqargan vodorodning hajmini hisoblang

  2. topilgan hajmni quyidagi formula bo'yicha normal sharoitga keltirish.

Vo V(P - h) 273 760T

Bu yerda T=t+273 -absolyut temperatura:

h- shu temperaturadagi suv bug'ining bosimi (ilovadagi jadvalga qarang)

  1. Normal sharoitda bir mol vodorod 22,4 l kelishini bilgan holda, siqib chiqarilgan vodorodning massasi (D)ni hisoblab topiladi.

  2. E= V/D formula bo'yicha (V-magniyning massasi, D-ajralib chiqqan hajmdagi vodorodning massasi) ekvivalent hisoblanadi.

  3. Magniyni topilgan ekvivalentini uning nazariy ekvivalenti bilan solishtirib necha % xato qilinganligini quyidagi formula orqali topiladi.

- - - xato (%) = 100%

-naz

Elementlar bir-biri bilan o'zlarining ekvivalentiga proporsional miqdorda birikadi. Shu qoidadan foydalanib, metall ekvivalentini bevosita aniqlash mumkin. Masalan, magniy metali ekvivalentini bevosita aniqlashda ma’lum miqdor metall olib, uni oksidga aylantiriladi. So'ngra hosil bo'lgan oksiddagi metall bilan kislorod miqdorini aniqlab metallning ekvivalenti hisoblab topiladi.

  1. tajriba.Metall ekvivalentini bevosita aniqlash. Tajriba quyidagicha olib boriladi:

Tarozida 0,2 g magniy kukuni tortib olinadi va uni shu tarozida tortib qo'yilgan chinni tigelga solinadi. Undan so'ng magniyni mo’rili shkafda nitrat kislota eritmasida eritiladi. 0,2 g

magniyni to'la eritish uchun 2 n. li nitrat kislota eritmasidan qancha kerakligini hisoblang. Kislota eritmasini tigelga oz-ozdan magniy to'liq eriguncha quying. Hosil bo'lgan magniy nitrat eritmasini ehtiyotlik bilan bug'lating. So'ngra tigelda qolgan qattiq moddani ochiq alangada cho'g'languncha qizdiring (mo’rili shkafda). Nima uchun? Modda bilan birga cho'g'langan tigelni alangadan oling va eksikatorda sovuting.Sodir bo'lgan reaksiyalarning tenglamalarini ish daftariga yozib qo'ying.

Tigel sovutilgandan keyin uni (ichidagi moddasi bilan birga) texno-kimyoviy tarozida torting. So'ngra tigeldagi modda ikkinchi marta cho'g' holigacha qizdiriladi va eksikatorda sovutilgandan keyin yana tortiladi. Bu jarayon so'nggi ikkita tortish natijasi bir xil bo'lguncha (ya'ni magniy nitrat batamom parchalaguncha) takrorlanaveradi.

Topilgan natijalar asosida magniyning ekvivalenti hisoblab chiqariladi.

Tajriba natijalarini hisoblash

Chinni tigelning og'irligi (a);

Magniy kukunining og'irligi (v);

Chinni tigelning magniy oksid bilan og'irligi (s)

Hosil qilingan magniy oksidni og'irligi (s-a)

Magniy bilan birikkan kislorodning og’irligi (s-a)-v Magniy ekvivalenti.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

  1. Kimyoviy ekvivalentni aniqlash usullari haqida ma’lumot bering.

  2. Metall ekvivalentini aniqlashda qanday holatda asbob yaxshi yig’ilgan hisoblanadi?

  3. Byuretkadagi suv sathi pastki mensk bo’yicha necha ml aniqlik bilan hisoblanadi?

  4. Metall ekvivalentini bevosita aniqlash usulini tushuntiring.

Mavzu: Kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar

Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya

Ishning maqsadi: kimyoviy reaksiyalarni turli tezlikda borishi uchun kerak bo’ladigan shart-sharoitlar ta’sirini o’rganish.

  1. tajriba. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyaning bog’liqligi Kerakli reaktiv va jihozlar; Na2S203 eritmasi, suyultirilgan sulfat kislota; probirkalar, probirka shtativi, pipetka, tomizgich, sekundomer.

Ishning borishi:

  1. Uchta probirkaga Na2S203 eritmasidan quying: birinchisiga 5ml, ikkinchisiga 10 ml, uchinchisiga 15 ml. Birinchi probirkaga 10 ml, ikkinchisiga 5 ml suv quying. (Yuqoridagi sonlarni tomchida olsa ham bo'ladi.) Uchta boshqa probirkaga suyultirilgan sulfat kislotadan 5 ml (5 tomchi) dan quying. Na2S203 li har qaysi probirkaga H2S04 eritmasidan 5 ml (5 tomchi) dan quyib chayqating va kislota quyilgandan keyin necha sekundda loyqalanish hosil bo'lganini kuzating va belgilab yozib oling. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing.

Probirka

raqami

Na2S2O3 ning ml miqdori

H2O ning ml miqdori

H2SO4 ning ml miqdori

t- loyqa hosil bo'lish vaqti, sek. hisobida

V= 100/t

1

15

0

5







2

10

5

5







3

5

10

5








Reaksiya tezligi v =100/t ordinata o'qiga, eritmaning konsentratsiyasi С ni absissa o'qiga qo'yib, olingan natijalarni grafik usulda ifodalang. Reaksiya tenglamasi qisqartirilgan holda quyidagicha bo'ladi:

S2032 +2H+ = S + S02+H20

Qilingan tajribaga asoslanib, reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog'liqligi haqida xulosa chiqaring.

  1. tajriba. Reaksiya tezligining temperaturaga bog’liqligi.

Ikkita probirka olib,1-siga 1ml Na2S203,2-siga H2SO4 eritmasidan quyib,har ikkala probirkani vodoprovod suvi solingan stakanga tushiramiz.Suvning haroratini termometr yordamida o’lchab,probirkani 5-7 minut davomida suvda (probirkadagi eritmalar harorati stakandagi suvniki bilan bir xil bo’lguncha) tutib turamiz.So’ngra probirkalarni suvli stakandan olib, aralashtiramiz va necha sekunddan so’ng oq loyqa hosil bo’lishini yozib olamiz.Xuddi shunday boshqa yana ikkita probirka olib,yuqorida keltirilgan hajmda H2SO4 va Na2S203 eritmalaridan quyib,temperaturani avvalgisidan 10° C ga ko’taramiz.Probirkalarni yana suvli stakanda 5-7 minut davomida ushlab turib, ularni aralashtiramiz va loyqa hosil bo’lish vaqtini qayd etamiz.Uchinchi marta temperaturani yana 100 С oshirib,tajribani takrorlaymiz

  1. tajriba. Reaksiya tezligining qattiq moddaning yuzasiga bog'liqligi Kerakli reaktiv va jihozlar; bo’r bo’laklari, 2 n sirka kislota eritmasi; probirkalar, probirka shtativi, pipetka, tomizgich, havoncha, sekundomer.

Ishning borishi. Ikkita probirka olib, birinchi probirkaga 1 g bo'r bo'lagini ezmasdan, ikkinchi probirkaga esa 1 g bo'rni hovonchada ezib kukun holiga keltirib, soling. Ikkala probirkaga bir xil miqdorda 2 n li sirka kislota eritmasidan quying. Ikkinchi probirkada ko'pik hosil bo’lib, probirka tashqarisiga to'kilishining sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

  1. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyaning bog’liqligini izohlang.

  2. Reaksiya tezligining temperaturaga bog’liqligini tushuntiring.

  3. Oksidlanish darajasi +4 bo‘lgan elementning xlorli birikmasi tarkibida 92,21 % xlor bor. Bu qaysi element?

  4. 0,7 g ikki valentli metall kislota bilan ta’sirlashganda 0,28 l vodorod ajralib chiqqan bo’lsa, qaysi metall kislota bilan ta’sirlashgan?

Mavzu: Eritmalar konsentrasiyalarini ifodalash usullariga oid tajribalar.

Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya

Darsning maqsadi: Talabalarda har xil foizli eritmalar tayyorlash,konsentrlangan eritmalardan suyultirilgan eritmalar tayyorlash,kolloid eritmalar tayyorlash yuzasidan tushuncha hosil qilish.

Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, areometr, elektron tarozi,chinni kosacha, eksikator, kristalizator, spirt lampa,eritma tayyorlanishi kerak bo’lgan moddalar, natriy xlorid,NaOH, kislota namunalari.natriy tiosulfat, silikat kislota,temir (III) xlorid.

Ishning borishi:

  1. tajriba. Tuzlarning har xil foiz konsentrasiyali eritmalarini tayyorlash. O qituvchi sizga qaysi tuzdan necha foizli eritma tayyorlash kerakligi haqida topshiriq bergandan so'ng,ishni quyidagi tartibda bajaring.

  1. Tuzning massasini hisoblang va uni tarozida 0,01 g gacha aniqlikda tortib oling.

2.Suv massasini uning hajmiga teng mH^O = VH^O deb hisoblab,kerakli miqdor suvni o'lchov

silindrida o'lchab oling, uni tuz solingan stakan yoki kolbaga soling.

3.Stakandagi tuz to'liq erib ketguncha eritmani uchi rezinali shisha tayoqcha bilan aralashtiring. (eritish jarayonida eritmaning qizishi yoki sovishi kuzatilsa, eritmani xona temperaturasiga kelguncha kuting).

  1. Eritmani quruq o'lchov silindriga quyib, areometr bilan zichligini o'lchang. O'lchangan zichlikka mos keladigan eritmaning foiz konsentrasiyasini aniqlang.

  2. Tayyorlangan eritmaning molyarligini, normalligini va molyalligini hisoblang. Eritmani keyingi tajriba uchun saqlab quying.

  1. tajriba. Tayyorlangan foiz konsentrasiyali eritmadan normal konsentrasiyali eritma tayyorlash. Oldingi tajribada tayyorlagan foiz konsentrasiyali eritmadan necha millilitr va necha normalli eritma tayyorlash kerakligini o'qituvchidan so'rab oling. Foiz konsentrasiyali eritmaning normalligini m, hajmini v1 va undan tayyorlash kerak bo'lgan eritma normalligini n2 hajmini v2 bilan belgilab, v1 n = v2n2 formuladan v1 ni hisoblab toping. Hisoblangan hajmga (v1ga) muvofiq keladigan eritmani o'lchov silindrida yoki pipetkada o'lchab oling va uni o'lchov kolbasiga quying. Kolbadagi eritma ustiga kolbaning bo'g'zidagi belgisigacha distillangan suv qo'shib,tayyorlanishi lozim bo'lgan eritma hosil qiling.

Konsentrlangan eritmalardan suyultirilgan eritmalar tayyorlash.

1-tajriba.250 ml 6% li osh tuzi eritmasini tayyorlash.

a) Areometr yordamida tayyorlangan osh tuzi eritmasini solishtirma og'irligini aniqlab, jadvaldan shunga mos kelgan uning foiz tarkibini aniqlang.

b) 250 ml 6% li osh tuzi eritmasini tayyorlashga kerak bo'lgan tuz miqdorini hisoblang. v) Ilgari tayyorlangan konsentrlangan eritmadan va suvdan necha ml olish kerakligini hisoblang. Quruq tuzli chinni kosacha quritgich shkafdan olinib, eksikatorda sovitiladi va tortiladi. Berilgan tajribadan kosachadagi eritma va quruq tuz miqdorini aniqlang.

Natijalarni ishlab chiqish

  1. bug'latish uchun olingan eritmaning og'irligini

  2. eritmada bo'lgan quruq tuzning og'irligini v) eritmada bo'lgan suvning og'irligini

g) belgilangan temperaturada kaliy nitratning 100 g suvdagi va 100 g eritmadagi eruvchanligini aniqlang.

  1. tajriba. 10 ml konsentrlangan H2SO4 ni 100 ml suvda eritib, areometr yordamida zichligini va foiz konsentrasiyasini aniqlang va 0,1m, 0,1n , 100 ml eritma tayyorlash uchun tayyorlangan eritmadan necha ml olishni hisoblab chiqing.

  2. tajriba. 0,5 l distillangan suv olib,unga konsentrlangan H2SO4 dan 10 ml tomchilatib qo'shib, aralashtiring. Hosil bo'lgan eritmani areometr yordamida zichligini va shu zichlik asosida foiz konsentrasiyasini, normalligini va molyarligini hisoblab chiqing.

  3. tajriba. 1 litr suvda 20 g K2&2O7 tuzini eriting. Areometr yordamida eritmaning zichligini aniqlab, jadvaldan foiz konsentrasiyasini topib shu eritmaning molyarligini va normalligini hisoblang.

  4. tajriba. 0,5 l suvda 10 g NaOH ni asta-sekin shisha tayoqcha yordamida eriting. Areometr yordamida hosil bo'lgan eritmaning zichligini, uning asosida shu eritmaning foiz konsentrasiyasini, normalligini va molyarligini hisoblab toping.

Mavzu: Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalariga oid tajribalar.

Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya

Darsning maqsadi: Talabalarga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, oksidlanish darajasi, oksidlovchi va qaytaruvchilar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari haqida ma’lumot berish.

Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, chinni kosacha, kristalizator, shtativ, spirt lampa, KMnO4, Na2SO3,H2SO4, NaOH, K2&2O7, KNO2, KJ, H2O2

  1. tajriba. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga muhitning ta’siri.

Ishning borishi: Uchta probirkaga 2-3 ml dan 0,1 n li KMnO4 va 0,1 n li Na2SO3 eritmalaridan quying. Probirkalardan biriga 2-3 ml 2 n li H2SO4, ikkinchisiga 2-3 ml distillangan suv, uchinchisiga esa 2-3 ml ishqorning konsentrlangan eritmasidan qo'shing va ishqoriy muhitlarda probirkalardagi eritmalar rangini o'zgarishini kuzating va har qaysi muhitdagi eritma uchun tegishli reaksiya tenglamalarii tuzing. Oksidlovchi bilan qaytaruvchini ko'rsating.

Qaysi muhitda KMnO4 ning oksidlash xossasi kuchliroq namoyon bo'ladi.

  1. tajriba.Kaliy nitrit KNO2 ning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari.

  1. Probirkaga 1-2 ml 0,5 n li K2&2O7 eritmasidan quying va uning ustiga 2-3 ml H2SO4 bilan 2-3 ml 0,5 n li KNO2 eritmalaridan qo'shing. Probirkani sekin qizdiring va eritma rangini o'zgarishini kuzating.

To'q- sariq rangli Cr6+ ionining yashil tusli Cr3+ ioniga aylanishini e’tiborga olib, reaksiyaning molekulyar va ion elektron tenglamalarini tuzing. Tenglamani tenglashtiring va oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko'rsating.

  1. Probirkaga 1-2 ml KNO2 eritmasidan quying va uning ustiga 2-3 ml H2SO4 bilan 2-3 ml KJ eritmalaridan qo'shing. Probirkadagi eritma rangining qizil-qo'ng'ir tusga aylanishi unda J2 molekulalari hosil bo'lishini bildiradi. Probirkaning orqasiga bir varaq oq qog'oz qo'yib, eritmadan ajralayotgan gaz rangining probirkadan chiqish oldida o'zgarishini ko'ring. Bu qanday gaz? Reaksiya tenglamasini yozing va tenglashtiring. Bu reaksiyada KNO2 oksidlovchimi yoki qaytaruvchi?

Nima uchun KNO2 ham oksidlovchi ham qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladi?

  1. tajriba. Molekulalar ichida sodir bo'ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.

Asbestlangan to'r ustiga (NH4)2Cr2O7 tuzi kristalidan 1-2 g qo'yib, uni to reaksiya boshlanguncha qizdiring. Reaksiya natijasida xrom (III) oksid, azot va suv bug'lari hosil bo'lishini nazarda tutib, reaksiya tenglamasini yozing. Oksidlovchi bilan qaytaruvchilarni ko'rsating.

  1. tajriba. O'z-o'zidan oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi. Probirkaga 2-3 ml 3% li H2O2 eritmasidan quying va unga katalizator sifatida MnO2 kristalidan ozgina soling. Probirkaga tezlik bilan cho'g'langan cho'pni tushiring, nima kuzatiladi?

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini yozing.

K2&2O7+H2S +H2SO4—— Cr2(SO4)3+

FeS +HNO3

NaJ +MnO2 +H2SO4

  1. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksyalarning tenglamalarini ion-elektron usulida tenglashtiring.

NaBr +NaBrO3 +H2SO4

AI +NaOH +H2O—

Bi (OH)3+K2SnO2 Bi

Mavzu: Vodorodga oid tajribalar

Ajratilgan soat: 2 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya

Darsning maqsadi: Talabalarga vodorodning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari haqida ma’lumot berish.

Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, chinni kosacha, kristalizator, shtativ, spirt lampa, distillangan suv, fenolftalein eritmasi, alyuminiy metali, o’yuvchi natriy, rux bo’lakchasi, KMnO4,H2SO4, NaOH, mis (II) oksid,

Eslatma: Tajriba vaqtida asbobdan chiqayotgan vodorodning tozaligini tekshirmay turib,unga gugurt chaqish mumkin emas, aks holda asbob ichida portlash bo'lib, asbobni parchalab yuborishi mumkin.

Ishning borishi:

  1. tajriba. Vodorodning olinishi va yonishi.

:a) Probirkaga 3-5 dona rux bo'lakchasidan solib, ustiga 4-5 ml 20% li sulfat kislota eritmasidan quying. Probirkani shisha nay o'rnatilgan probka bilan berkiting va uni shtativga o'rnating. Reaksiya davomida ajralib chiqayotgan vodorodni shisha nay to'nkarilgan probirkaga yig'ing. Bir-

161

ikki minutdan so'ng asbobdagi havoning siqib chiqarilganligini (so'ngra vodorodning tozaligini) tekshirib ko'ring. Buning uchun probirka ni shisha naydan olib, to'nkarilgan holatda gaz gorelkasi yoki spirt lampa alangasi ustiga tuting. Probirkaga yig'ilgan vodorod toza bo'lsa osoyishtalik bilan, deyarli ovoz chiqarmay ( "paa" etib) yonadi, vodorodga havo aralashgan bo'lsa aralashma asta portlaydi va kuchli hushtak ("viiz") ovozi chiqadi.

Bunday hollarda vodorodni yana qayta probirkaga yig'ib, uning tozaligini qayta sinab ko'ring. Tekshirishni to vodorod portlamay ohista yonishigacha takrorlang.

Ajralib chiqayotgan vodorodning tozaligiga ishonch hosil qilgach, uni shisha nay uchida yondiring va ustiga quruq shisha voronka (yoki stakan) to'nkaring.

Bunda voronka devorlarida nima hosil bo'ladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

  1. Probirkaga ozgina alyuminiy qirindisidan solib, ustiga 20% li o'yuvchi natriy ertimasidan

  1. ml quying. Bunda reaksiya sekin borsa, probirkani bir oz qizdiring. Qanday gaz ajralishini aniqlang va reaksiya tenglamasini yozing.

  1. tajriba. Vodorodning qaytaruvchi xossasi. Probirkaga ozroq mis( II)-oksid soling va unga probirkadan 1- tajribada ko'rsatilgan usul bilan vodorod hosil qiling.( tozaligini sinang).Probirkani qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. tajriba. Suvga metall ta’sir ettirish bilan vodorod hosil qilish. Fenolftalein tomizilgan idishdagi suvga bir kichik bo'lak natriy metali tashlang. Bo'layotgan hodisani kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.


  3. Download 1,46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish