Nazorat savollari.
1. Metal qoliplarda quyma olishni mohiyati.
2. Markazdan qochirma kuch ta’sirida quyma olish texnikasi.
3. Quymani qolipdan ajratish usullarini aytib bering.
4. Quymani tozalash usullari.
5. Quymada mavjud bo‘ladigan nuqsonlar turlarini aytib bering.
6. Quymalarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni yo‘qotish usullari.
7. Quymalarni texnik nazorat qilish usullari.
9-tajriba ishi
Metallar MIKROqattiqligini aniqlash usullari
Ishning maqsadi: metallarning mikroqattiqligini aniqlashning usullari bilan tanishish va amaliyotga tadbiq qilish; mikroqattiqlikdagi mikroskop PMT-3M tuzilishini va ishlashni o‘rganish; har xil namunalarning mikroqattiqligini sinash ishlarini olib boorish.
Jihoz: mikroqattiqlikdagi mikroskop PMT-3M, vintli mikrometrli okulyar MOV-1-16.
Nazariy qism
Metallning sirtiga shu metalldan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati shu metallning qattiqligi deb ataladi.
Metallarning qattiqligini bilish shu metallni kesib ishlovchilarga ayniqsa zarur, chunki metallni kesib ishlash rejimlari, asosan, uning qattiqligiga qarab belgilanadi. Texnikada metallarning qattiqligini aniqlashning bir necha usuli bor, lekin bu usullar ichida Brinel va Rokvell usullari keng tarqalgan.
Metall va qotishmalarning qattiqligini elastik qaytish usulida aniqlash.
Metall va qotishmalarni bu usul bilan sinashda ularning qattiqligi vertikal nay ichida ma'lum balandlikdan erkin tushuvchi urgichning namunaga urilib, so’ngra qaytish balandligiga qarab aniqlanadi. Metall va qotishmalarning qattiqligini elastik qaytish usulida aniqlash uchun ishlatiladigan priborlar skleroskop deb ataladi va ikki xil bo’ladi. Ulardan biri urgichi pnevmatik moslama yordami bilan ko’tariladigan pribor bo’lsa (1.1 rasm, a), ikkinchisi mexanikaviy moslama yordamida ko’tariladigan pribordir. Bunday priborlar 1.1 rasm, b da tasvirlangan.
Urgichning qaytish balandligi C tipidagi priborda darajalarga bo’lingan shisha naydan qarash yo’li bilan, D tipidagi pribor esa indikator strelkasining oqishiga qarab aniqlanadi. Indikatorning shkalasida 140 ta bo’linma bo’ladi.
1.1 rasm. Metallarning qattiqligini elastik qaytish usulida aniqlash asboblari:
a C tipidagi asbob; b D tipidagi asbob.
Bu priborlar urgichning sinalayotgan detalga urilib, so’ngra qaytgandagi balandligi shu detal materialining qattiqligini bildiradi. Detal materiali qancha qattiq bo’lsa, unga urilgan urilgich qaytganda shuncha baland ko’tariladi.
Bu priborlar ixcham bo’lgani uchun ulardan laboratoriyalardagina emas, balki laboratoriyalardan tashqarida, masalan, konstruksiyalarnnig o’zida, yirik detallarning qattiqligini aniqlashda va boshqalarda ham foydalanish mumkin. Skleroskopning afzalligi yana shundaki, sinash vaqtida detallar sirtida hech qanday iz qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |