1. Transport vositalarini ekologikligi haqida tushuncha



Download 76 Kb.
bet1/3
Sana27.05.2022
Hajmi76 Kb.
#612063
  1   2   3
Bog'liq
Avtomobillarni atrof-muhitga, aholiga va ishlovchilarga me\'yoriy ta\'sirini ta\'minlash


Avtomobillarni atrof-muhitga, aholiga va ishlovchilarga me'yoriy ta'sirini ta'minlash

Reja:



1. Transport vositalarini ekologikligi haqida tushuncha.
2. Transport vositalarini aholiga, atrof-muhitga salbiy ta`siri.
3. Transport vositalarini texnik holatini ekologiyaga ta`siri.
4. benzinli dvigatellarda chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari.
Tayanch so`z va iboralar
Transport vositalarini ekologikligi. Transport vositalarini aholiga, atrof-muhitga salbiy ta`siri. Transport vositalarini texnik holatini ekologiyaga ta`siri. Benzinli dvigatellarda chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari. TXK va diagnostika ishlari sifatini chiqindi gazlar zaharliligiga ta`siri. Transport vositalarini ishlash tartibini chiqindi gazlar zaharliligiga ta`siri. Dvigatellarni konstruktiv parametrlarini chiqindi gazlar zaharliligiga ta`siri. Dizelli dvigatellarda chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish. Transport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta`sir etishga kurashish usullari.
Avtoshovqin. Transport vositalarini texnik holatini shovqin darajasiga ta`siri. Avtoshovqinga qarshi kurashish usullari. Transport vositalarini yuvishdan so`ng ishlatilgan suvlarni kirlanishini nazorat qilish.


Avtomobillarni atrof-muhitga zaharli ta`siri
19-asr oxirlari va 20-asr boshlarida yer yuzida sanoat va avtomobil transportining rivojlanishi natijasida atrof-muhitni himoyalash muammosi paydo bo`ldi. Agarda zavod va fabrikalar bir aniq joyda, ma`lum hududlarnigina ifloslantirsa, avtomobillar inson oyog`i yetgan joyning barchasiga ta`sir koprsatadi.
Har qanday yonilg`ini yoqqanda turli yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu chiqindilar inson salomatligiga va atrof-muhitga katta ta`sir koprsatadi. SHahardagi zavodlar, fabrikalar va avtotransport korxonalari atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Avtomobil transporti hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof-muhitni ko’proq ifloslantiruvchi manbaa hisoblanmoqda.
Avtomobil transportidan foydalanishda atrof-muhitni zararlantiruvchi 3 xil manbani koprish mumkin: chiqindi gazlar, karter gazlari va yonilg`i bug`lanishi natijasida hosil bo`ladigan zararli moddalar (yonilg`i bakidan, karbyuratordan va hokazo).
CHiqindi gazlar atrof-muhitga avtomobilning ishlashi natijasida chiqargan zaharli moddalaming 65-70 % ini, karter gazlari esa 20 % ini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtdagi hal qilinishi kerak bo`lgan eng katta muammo avtomobilni ishlatishdan chiqadigan zaharli chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir.
Avtomobil dvigatelida yonilg`i yonishidan hosil bo`ladigan gazda 200 dan ortiq zaharli chiqindilar borligi aniqlangan. Bulardan eng zaharlilariga uglerod oksidi - CO, yonmay qolgan uglevodorodlar - N, azot oksidlari - NOx kiradi.
Bu chiqindilarga ko’pgina mamlakatlar tomonidan ruxsat etish me`yorlari joriy qilingan. MDH mamlakatlarida yonilg`ining yonishidan chiqadigan chiqindilarni me`yorlash BMTning Yevro’a iqtisodiy komissiyasi (EEKOON) tomonidan chiqarilgan koprsatmaga asosan 1970 yili joriy qilingan.
CHiqindi gazlar ichida zararsiz kislorod, karbonat angidrid, azot, oltingugurt kabi mahsulotlar ham mavjud. Ammo azot yuqori haroratda va bosim ostida juda katta zaharli kuchga ega bo`lgan azot oksidlarini hosil qiladi. CHiqindi gazlarning tarkibidagi zaharli mahsulotlar ko’pgina sabablarga ko’ra hamma vaqt ham bir xil hajmda bo`lmaydi. Bu dvigatellar turiga, ishlash rejimiga, sozlanganlik darajasiga, dvigatelga koprsatilgan texnik xizmatning va yonilg`ining sifatiga bog`liq bo`ladi.
Dizel dvigateli karbyuratorli dvigatelga qaraganda kamroq zararli bo`ladi.
Dizel dvigatellarining ishlash jarayonida CO, NOx va N kabi zararli gazlar kamroq ajralib chiqadi, ammo tarkibida zararli benzo’iren bo`lgan qurumrung hajmi ko’proq bo`ladi. Karbyuratorli dvigatellar ishlaganda qo`rgoshin birikmasi va dizel dvigatellar ishlaganda bariy birikmasi ajralib chiqadi. Bu birikmalar quyidagicha hosil bo`ladi:

  • benzinlarning antidetonatsion xossasini oshirish uchun etil s’irti qo`shish natijasida (etil s’irti tarkibida qo`rg`oshin mavjud);

  • dizel yonilg`isining tutashini kamaytirish uchun tutunga qarshi maxsus bariy ishtirokida tayyorlangan modda qo`shish natijasida.

Dvigatelning ish sharoiti chiqindi gazlarning zararli yoki zararsiz bo`lishida katta rol o`ynaydi. CO ning eng ko’p ajralishi dvigatelning salt ishlash rejimida hosil bo`ladi, Bunda dvigatel boyitilgan yonilg`i aralashmasida ishlaydi. SHu bilan birga karbyuratorli dvigatellarda yonish tizimining noto`g`ri o`rnatilganligi natijasida kuchlanish (uchqun) shamga me`yoridan oldinroq yoki keyinroq uzatiladi, bu esa yonuvchi aralashmasining to`liq yonmasligiga olib keladi. Uzgich kontaktlari oralig`ining me`yordan o`zgarishi ham shamlardagi kuchlanishning kamayishini va uchqunning kuchsizlanishini yuzaga keltiradi, bu ham yonuvchi aralashmaning to`liq yonmasligiga, natijada yonish mahsulotlari tarkibidagi CO miqdori oshib ketishiga olib keladi.
Dizel dvigatellari forsunkalarining yonuvchi aralashmasini oldindan se’ish burchagining o`zgarishi hamda sachratish burchagining me`yorda emasligi (burchak kam bo`lsa, yonilg`i sachratish tezligi oshadi va yonilg`i qisman porshen ustiga o`tirib qoladi, burchak katta bo`lsa yonilg`i yonish kamerasining hamma joyiga yetib bormaydi) yonuvchi aralashmaning yomonlashuviga va qattiq shovqin odam organizmiga salbiy ta`sir koprsatadi, boshi og`riydi va aylanadi, kopz qorachig`i kengayadi, yurak urishi tezlashadi, asab tizimi ishdan chiqadi va h.k.
Izlanishlar shuni koprsatdiki, 88 DB shovqinda («LiAZ-677» avtobusi kabinasida) haydovchining fikrlash qobiliyati 10 % ga, agar 95 Db bo`lsa 20 % ga kamayadi.
Avtomobillarning asosiy shovqin chiqarish manbai dvigatel va so`ndirgich hisoblanadi, keyingi manba shinalarning ishlashi hisoblanadi. SHinaga tushadigan yuk oshgan sari shovqin ham balandlashib boradi.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish