Nasrullayeva Layloning “Nurota tumanidagi ayrim oykonimlarning lisoniy tahlili”



Download 52,04 Kb.
bet7/16
Sana01.06.2022
Hajmi52,04 Kb.
#624451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Nasrullayeva Layloning �Nurota tumanidagi ayrim oykonimlarning l

Orooykonimlar , ya’ni relyef shakllari nomlarini bildiradigan oykonimlar tushiniladi. Oykonim tarkibida adir, bel, dara, dahana, do’ng, jar (yor) , kamar, ko’tal, tal , tepa, teva, tosh, tog’ –tov, chosh, o’y, qapchig’ay, qo’ton, qiya , qir , qum kabi atamalar (indikatorlar) bo’ladi. Orooykonimlar ichida jar va tepa indekatorlari juda ko’p marotaba ishlatilgan. Aynan “jar” indekatori oltmish martadan ortiqroq ishlatilgan bo’lsa, “tepa” indekatori esa “rekord” darajasida desak mubolag’a bo’lmaydi.

Relyef shakllaridan nom olgan orooykonimlar:

  1. Adir - Adirmoq, Bo’lakadir;

  2. Bel – Bel, Belariq, Beltov, Beltepa;

  3. Dahana – Oqdahana , Qoradahana;

  4. Dara – Dara, Omondara, Palandara ;

  5. Do’ng – Do’ng , Do’ngovul , Do’ngtepa;

  6. Jar (yor) – Jomonjar, Ko’kjar , Kuyganyor , Oqyor , Omborjar;

  7. Kamar – Kamar, Kamarqishloq , Qorakamar, Zarkamar;

  8. Ko’tal – O’zbekko’tal, Tojikko’tal ;

  9. Tal – Tallak, Tal(l)ashqon;

  10. Tepa – Yoptepa, Yapaloqtepa, Yastepa , Qoratepa;

  11. Tosh – Dovtosh ,Toshhovuz , Qoratosh;

  12. Tog’ (tov) – Oqtov, Qiztog’ , Qoratov, Yetimtog’ , Bobotog’ ;

  13. Qo’ton ( shamol kam tegadigan , chuqurroq soylik ) - Jarqo’ton , Qoraqo’ton;

  14. Qiya – Qorachaqiya , Ayriqiya, Qoraqiya;

  15. Qir – Qoraqir , Jetimqir.



  1. Fitooykonimlar - o’simlik nomlari bilan atalgan oykonimlardir. Oykonim tarkibida madaniy hamda yovvoyi o’simliklar indikator sifatida keladi. Madaniy o’simliklar : anjir, anor , arpa, beda, bodom, gujum , jiyda (jida), olma, paxta , pista, tariq, tarvuz, terak , tol , tut, uzum, shaftoli, qovoq, qovun; yovvoyi o’simliklar : ajriq, archa, bodomcha, burgan , do’lana, evalak, erman, jing’il (jangal) , lola, so’kso’k (saksovul), sunbul , tikan , turang’i, shilvi , shuvoq, qayrag’och , yulg’un , yantoq, g’umay kabi nomlar uchraydi. Masalan, Keskanterak , Qovunkesdi , Qayrag’och , Sunbul, Tikanli , Tutli va b.

Yurtimizda fitooykonimlar u qadar ko’p emas . respublikamizdagi barcha aholi yashash manzilgohlarining atigi bir foizidan ko’prog’ini fitooykonimlar tashkil etadi.10 Buning sababi, bog’ – rog’, paxta, g’alla va ekinlar bilan band manzilgohlarda paxta maydonlari ham, bog’lar ham , polizlar ham kishining e’tiborini alohida tortadigan va toponim hosil qiladigan darajada ajralib turmaydi.
Shuni aytib o’tish kerakki , ajriq (Ajriqti) , archa (Archazor) , bodom (Bodomzor, Bodomcha, Bodomchali) , burgan (Burganlik) , do’lana (Do’lana) , pista (Pistamozor) , qamish (Qoraqamish, Oqqamish , Sariqqamish) , qiyoq (Qizilqiyoq) , so’kso’k (Saksovul , So’kso’k) , evalak (Evalak) , yulg’un (Yulg’unzor) , yantoq (Yantoqzor) , g’umay (G’umayli), shuvoq (Shuvoqzor) kabi yovvoyi o’simliklarning nomlari bilan atalgan manzilgohlar nafaqat tilshunoslik, balki tarixiy va tabiiy geografiya bo’limining ham o’rganilish obyekti bo’lishi lozim.
Madaniy o’simliklar nomlari negizida yasalgan oykonimlar : Anjirli , Anorzor, Arpako’l , Bedazor , Beshterak , Beshqovoq, Galatur, Gujumli , Jiydali , Jiydamozor , Mingo’rik , Nayzaqayrag’och , Olmali , Olchazor, Paxtakesh , Pistalik , Qorajiyda , Qo’shyog’och , Sertut, Tutli, Teraktagi , Tolliquduq , Tolliovul , Yakkatol , Yakkaarcha va shu kabi oykonimlar uchraydi .


  1. Download 52,04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish