Ishning umumiy tavsifi.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil Yurtimiz ozining rivojlanish va taraqqiyot yolini bosib otmoqda. Jadal rivojlanayotgan mamlakatimiz har sohada olga intilib, yuqori choqqilarga erishmoqda.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi, ilm-fan va madaniyatimizga va tariximizga ham alohida etibor berilib, organilib kelinmoqda.
Ota-bobolarimizning boy dunyoqarashi va yuksak turmush tarzi ifodasi sifatida shakllangan joy nomlari tariximiz va milliy ozligimizni aks ettiruvchi muhim manbadir. Uzoq tarixiy taraqqiyot yolini bosib otgan va bizgacha yetib kelgan joy nomlarida bebaho hikmat mujassam.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, Ajdodlarimiz ozlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, bog-xiyobonlarga nom tanlashda juda katta etibor bergan. Qadimiy nomlarda ota-bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi yaqqol oz aksini topgan1.
Birinchi Prezidentimiz I. A .Karimov ozining Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida takidlaganidek, Otgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi orni va tasirini kuchaytirish, uni tom manodagi milliy qadriyatga aylantirish yolida ilgari tasavvur ham qilib bolmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida Ozbek tilining qollanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar koplab chop etildi... 2
Ozbek tilshunosligi tadqiqida nomshunoslik onomastika alohida oringa ega. Nomshunoslik bugungi kunda jadal rivojlangan sohalardan biridir. Buning oziga xos sabablari bor. Avvalambor, atoqli otlar ozbek tili leksikasining boy tarmoqlaridan biridir. Ushbu boy tarmoq, afsuski, otgan asrning 50 60 yillargacha juda kam organilgan edi. Ikkinchidan, atoqli otlarning paydo bolishi, mohiyatiga kora Ozbek xalqining manaviyati, madaniyati bilan chambarchas boglangan lugaviy qatlamdir. Joy nomlarida xalqimizning otmishi, ijtimoiy, falsafiy qarashlari, diniy tasavvurlari oz ifodasini topgan. Mana shu jihatlardan toponimiya xalqning madaniy manaviy merosi, ajralmas bolagidir.
Bu borada qator izlanishlar amalga oshirilgan. Toponimlarni hududiy organish sohasida K. Abdimuratov, A. Aslanov, Z. Dosimov, T. Nafasov, A. Turobov, A. Otajonova, Sh. Qodirova kabi olim va olimalarimiz samarali mehnat qilganlar.
Shuningdek, toponimlarni umumlashtirib, ularning ayrim lisoniy jihatlarini organishga bagishlangan, alohida ishlar ham bor. E. Begmatov, Z. Dosimov , J.Latipov, T. Ernazarov, E. Qilichov, S. Qorayev, Z. Madrahimov, O.Oripovlarning ilmiy izlanishlarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin.
Lekin hali ushbu sohada qilinadigan ishlar talaygina. Bu ishlar sirasiga nomlarning toliq yigilib, mukammal holatga keltirilishi, lugatlar yaratilishi, yaratilganlarini toldirish, toponimlarning etilmologiyasini oydinlashtirish, ularning tasnifini belgilash kabi vazifalarni kiritish lozim. Bu kabi yangilanish va izlanishlar bugungi kun nomshunosligi uchun muhim bolib, bunday holatlar tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |