2.1.4. Onomastik konversiya usuli bilan yasalgan oykonimlar
Tilning ahamiyati va vazifasi xususida gap borar ekan , doimo sozlar , soz manolari , sozlarning ozaro birikuvi , tilning yangi sozlar bilan boyib borishi haqida soz yuritamiz. Ammo til ozaro aloqa quroli bolishdek ijtimoiy vazifani bajarar ekan, oziga xos qonuniyatlarga amal qiladi. Shuni alohida aytish kerakki, til keraksiz narsalarni ushlab turmaydi va ulardan voz kechadi. Shuningdek, til oz imkoniyatlarini ishga solishda ham malum qoidalarga boysunadi . Mana shulardan biri til iqtisodi, nutqiy iqtisod qonunidir.
Til iqtisodi qonunining yuzaga chiqish usullari turlichadir. Ammo eng muhimi bu bitta lisoniy birlik (shakl) , vositaning birdan ortiq vazifada ishlatilishidir. Aslida bu xususiyat tilning betakror mojizasi bolib , bunga kora obyektiv olamda mavjud bolgan har biri alohida narsa , tushuncha uchun alohida alohida sozlar, nomlar yaratavermaydi. Balki bir tip , bir guruhga mansub narsalarni umumlashtirib nomlaydi . masalan , chol va kol sozlari osha tushuncha doirasiga kiruvchi har qanday chol va kolning umumiy nomidir.
Qadimiy davrlardayoq kishilar bazi yakka narsa va obyektlarni bir biridan farqlashga majbur bolishgan. Buni kundalik hayotning ozi talab qilgan. Buning natijasida yakka tarzda olinga tushunchalar nomi hisoblangan atoqli otlar paydo bolgan. Atoqli otlarni yaratish uchun esa tildagi mavjud leksika takroran foydalanilgan: Qora tog , Tovontepa, Qirhovut kabi. Bu holat esa til tizimini atoqli otlik vazifasini bajaruvchi necha minglab yangi sozlarni yaratish qiyinchiligidan xalos etgan. Bu tilning iqtisodiy korinishlaridan biridir.
Tilda navbatdagi , ikkinchi qonuniyat ham yuzaga kelgan . bazi obyektlarni nomlash uchun tilda mavjud bolgan atoqli otlar takroran qollangan. Uchquduq ( shahar) , Uchquduq ( quduq) , Uchquduq (mahalla) korinishida. Bu ham tilning iqtisodiy korinishlaridan biri hisoblanadi.
Bir obyekt atoqli otini ikkinchi yoki yana bir obyektni nomlash uchun kochirish onomastik tizimda keng tarqalgan usuldir. Atoqli otlarning vazifaviy jihatdan mana shunday kochishini A.V.Superanskaya ozining ishlarida onomastik konversiya16 deb nomlagan.
Sozlarning nominatsion , yani funksional kochishi tildagi keng tarqalgan hodisa bolib , bunda bir soz turkumiga mansub leksemaning boshqa soz turkumi vazifasiga kochishi nazarda tutiladi. Lekin ushbu jarayon shunchaki almashinish emas , balki yangi soz yasash usullaridan biri deb qaraladi:
Konversiya ( lotincha conversio aylanish , ozgarish ) sozning fonetik va morfologik jihatdan ozgarmay , bir soz turkumidan boshqa bir soz turkumiga otishi. Shu yol orqali yangi bir soz hosil bolishi 17.
Konversiya biror lugaviy asosni soz hosil qilishning boshqa paradigmasiga otkazib , yangi soz yasashdir 18.
Konversiya soz yasalishiga doir adabiyotlarda bugungi kunga qadar soz yasashning leksik semantik usuli yoki leksik grammatik usuli deb yuritiladi. Oddiy sozlar , yani turdosh leksikaning konversiya usulida yasalishini atoqli otlarning shu usulda yasalishidan faqrlash maqsadida atoqli otlar tizimidagi konversiya onomastik konversiya deb yuritiladi.
Onomastik konversiya atoqli ot yasashda ozbek tilida avvaldan tayyor soz shakllari atoqli ot vazifasiga kochadi. Masalan , anna , baroq etnonimlari , Xayrbek , Shomurod antrotoponimlar shu holatda Anna , Baroq (qq) , Xayrbek , Shomurod (qq) shaklida joy nomi toponimga otadi. Atoqli ot vazifasiga otayotgan leksema turdosh leksika yoki atoqli ot bolishi ham mumkin. Atoqli otning qanday lugaviy negizdan yasalayotgani , albatta , farq qiladi. Turdosh sozning atoqli otga kochishi birinchi bosqich konversiya bolsa , atoqli otning boshqa atoqli ot vazifasiga otishi ikkinchi bosqich konversiya ( Sovuqbuloq qq., buloq ; Boymat qq., koriz ; Bel qq., tog ) yoki uchinchi bosqich konversiya ( Boshputov soy, yaylov, dara; Jaylovsoy qq, gor, soy ) hisoblanadi . Onomastik tizimda hatto tortinchi bosqich va undan ortiq bosqichli konversiyalar ham mavjud.
Xorazm etnotoponimlari tadqiqotchisi A. Otojonova toponimlar yasalishining konversiya usulini ikkiga boladi :
Ichki konversiya;
Tashqi konversiya.
Ichki konversiya onomastika tizimining oz ichida yangi nom yasash jarayoni bolib, unda atoqli otlarning turli xil korinishlari toponimlik vazifaga otadi.
Nurota toponimiyasida ushbu jarayonning quyidagi korinishlari mavjud :
Etnonim toponimga otadi : Baroq, Jilontamgali , Oltibek , Turkmanariq, Urganji va b.
Antrotoponimlar toponimga otadi : Boymat , Burliboy , Shomurodqishloq , Sultonkoriz , Zulqarnayn , Xasanota va b.
Toponimlar toponimga otadi , yani topotoponimlar yuzaga keladi : Urganji (k), Ozbekiston (k) va b.
Toponimlar etnonimga otadi va undan toponim hosil boladi : urganji , oqtuyali , jilontamgali , kolobi (mh) va b.
Turdosh leksikadan toponimlarning yasalishi , yani apellyativ leksikaning joy nomi funksiyasiga otishi tashqi konversiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |