1.1 Oykonimlar va ularning oziga xos qonuniyatlari.
Oykonimlar toponimikaning bir turi hisoblanadi. Oykonim deganda , shahar, qishloq, ovul va boshqa shu kabi aholi yashaydigan barcha hududlar tushuniladi.
Shahar sozi sanskritcha davlat , mutlaqi hokimning qarargohi manosini anglatadi.6 Qadimda har qanday yirik aholi manzilgohlari, xususan, shahar atrofi devor bilan orab olingan. Ichki shahar shahri darun, tashqi shahar shahri berun deyilgan.
Qadimgi turk tilida shahar baliq deyilgan. Mahmud Qoshgariy turkiy tilda shahar orniga kend sozi ishlatilishini , lekin oguz qabilalari kend deganda qishloqni tushunishini aytgan. Bu nom bugunga kelib ham saqlangan bolib, oguz guruhuga mansub Ozarbayjon xalqi qishloq ornida kend sozini ishlatishadi.
Qishloq aslida hajman kichikroq aholi manzilgohi hisoblanadi. Qishloq qishlaydigan joy manosida bolib, yayloq (yaylov) yozda turadigan manzil sozining aksidir.
Aholi manzilgohlari aholining soni va iqtisodiy mamuriy jihatiga qarab ovul ( kichik qishloq yoki chorvadorlar manzilgohi) , mahalla ( shahar va qishloqning bir bolagi) kabi turlarga bolinadi.
Bugungi kunga kelib Ozbekiston oykonimlarining umumiy soni 25 30 mingga yaqin. Korinib turibdiki, bunday katta miqdordagi toponimlarni ilmiy jihatdan organish va tahlil qilish oson ish emas.
Oykonimlar toponimiyaning eng ozgaruvchan tarmogi hisoblanadi. Buning sababi , olka tabiatining xususiyatlari, jamiyat hayotida uzoq asrlar davomida roy bergan tarixiy, ijtimoiy siyosiy voqea hodisalar, tub aholining kasb korining nomlari, manzilgohlarga asos solgan yoki ozlashtirgan shaxs nomlari, u yerda yashagan yoki yashayotgan urug nomlari oykonimlarda oz aksini topadi. Yurtimiz qadimda madaniyat markazlardan biri bolgan. Uzoq otmishga ega mamlakatning toponimlari ham qadimgi davrga borib taqaladi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Andijon, Zomin, Nurota, Sardoba, Karmana kabi joy nomlari ming yilliklar bilan olchanadi.
Oykonimlar tarixiy va lisoniy ( lingvistik) jihatdan eng qimmatli yodgorliklar sanaladi. Kopgina oykonimlarning manosi , qaysi tilga mansubligi haqida koplab fikrlar yuritilgan bolsa-da , kelib chiqish asosi uzil kesil hal qilingan deyish togri emas. Toponimlarning etimologiyalari haqida bayon etilgan fikrlar soni ularning aniqlik darajasiga mutanosib emas , degan qarash bor. Bundan xulosa qilish mumkinki, fikr mulohazalar kopaygan sari, toponimlar etimologiyasining aniqlik darajasi ham kopayadi. 7
Aholi yashah manzilgohlari ijtimoiy iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Shu sababli ham oykonimlarning tarkib topishi, joylashishi, atalish qonuniyatlari aniq tabiiy, tarixiy siyosiy sharoit bilan uzviy bogliq holda organish muhim ilmiy amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oykonimlar nomlarini alohida organishdan kora, ularni guruhlarga bolib tasniflash va tahlil qilish samaraliroqdir. Ularni asosan 2 yirik guruhga bolish mumkin:
Tabiiy yoki tabiiy geografik oykonimlar.
Kishilarning xojalik faoliyati bilan bogliq ijtimoiy iqtisodiy oykonimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |