kо‗paytirildi, qizlar uchun alohida grantlar ajratildi (940 ta о‗rin). Yoshlarimizga
bir vaqtning о‗zida bir necha oliy о‗quv yurtiga hujjat topshirish imkonitini
berilayotgani ham, о‗ylaymizki, ularning ta‘lim olish huquqlarini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim respublikada ilmiy va ilmiy-pedagogik
kadrlarni tayyorlash 60 ta oliy ta‘lim muassasalari va 83
ta ilmiy-tadqiqot
muassasalarida amalga oshirilmoqda. 2004 yilda aspirantlarning soni 2188 kishiga,
doktorantlarning soni esa 193 kishiga yetdi.
Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash kasbiy bilim va kо‗nikmalarni
chuqurlashtirish va yangilashga qaratilgan. 2004 yilda respublika bо‗yicha 170,4
ming kishi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan bо‗lib,
shundan malaka oshirish institutlarida 66,9 ming kishi, oliy ta‘lim muassasalari
qoshidagi malaka oshirish fakultetlarida 17 ming kishi, malaka oshirish kurslarida
esa 73,3 kishi о‗qigan. Mamlakatda ta‘lim salohiyatini chuqurlashtirish va
yangilash maqsadlarida pedagoglar, oliy ta‘lim
mussasalari rahbarlari, fakultet
dekanlari, kafedra mudirlari hamda о‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi xodimlari va
tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirishning о‗rta muddatli istiqbolli rejasi
ishlab chiqildi. 2020 yilda ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi orqali 700 dan ziyod
olimlar, о‗qituvchilarni chet ellarga ilmiy izlanishlar va malaka oshirish uchun
yuboriladi.
Hukumatimizning doimiy e‘tibori natijasida о‗tgan
yillar davomida
yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari
о‗rnatildi. Natijada Toshkentda Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster
universiteti ish boshladi. I.Gubin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat
universiteti,
Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya
iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov
nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiallari kabi yuksak
xalqaro obrо‗-e‘tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Yevropa va Osiyoning
yetakchi oliy о‗quv yurtlarining filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli
faoliyat yuritmoqda.
О‗zbekiston ta‘lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari
Konsersumi, SARE, Tinchlik Korpusi (AQSH),
DAAD Konrad Adenaur
(Germaniya), Britaniya Kengashi (Buyuk Britaniya), Saud al-Baptin Fondi (Misr)
kabi xalqaro tashkilotlar va nohukumat ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikni
yо‗lga qо‗ydi. Shu bilan birga, Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti,
Yaponiyadagi JAYKO xalqaro tashkiloti,
Koreyaning KOYKA agentligi,
YNESKO, Jahon Banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti va boshqalar
bilan aloqalar ham mustahkamlanib bormoqda Shuningdek, iste‘dodli yoshlarni
moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish, chet elda о‗qitishni qо‗llab-quvvatlash
maqsadida ―О‗lug‗bek‖, ―Umid‖, ―Iste‘dod‖ jamg‗armalari tashkil etildi.
2018-19 yildan quyidagi nodavlat ta‘lim muassasalari О‗zbekistonda о‗z
faoliyatini boshladi: Toshkent shaxridagi Yodju texnika instituti, Akfa universiteti,
Qо‗qon universiteti, Farg‗ona shaxridagi Koreya xalqaro universiteti (2020-2021
о‗quv yilida faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan), Tashkent international
Universitu‖ Xalqaro universiteti, TEAM universiteti, ―Tashktnt international
Universitu of Edication‖ xalqaro universiteti.
Xulosa о‗rnida
aytish mumkinki, keyingi yillarda ta‘lim-tarbiya, ilm-fanni
rivojlantirish bо‗yicha salmoqli islohotlar boshlab yuborildi. Zero, ta‘lim-tarbiya
va ilm-fanga qilingan sarmoya mamlakat taraqqiyoti uchun eng kо‗p samara olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: