holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
3.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog„iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar.
4.
Qoraqalpog„iston Respublikasida Harakatlar Strategiyasi doirasida amalga
oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyati.
1.
Qoraqalpog„iston Respublikasi Shо„rolar davrida.
XX asrning boshlarida о‗rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, qoraqalpoqlar ham
о‗z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy larzalarni kechirdilar. Ayniqsa, 1917-yil
oktabr
tо‗ntarishidan
sо‗ng
о‗lkada
bolshevikcha
shо‗ro
hokimiyati
mustamlakachiligining о‗rnatilishi, 1923- 1924-yillarda о‗rta Osiyoda amalga
oshirilgan adolatsiz milliy-davlat chegaralanishi siyosati va undan keyingi yillarda
xalqimiz boshi uzra о‗ynatilgan ulug‗ davlatchilik siyosati qoraqalpoq xalqining
ham tarixida ayanchli va dahshatli iz qoldirdi.
Avvalo shuni ta‘kidlash kerakki, о‗rta Osiyoda о‗tkazilgan milliy davlat
chegaralanishi shо‗rolar tomonidan zо‗rlik yo‘li bilan о‗tkazilgan va «bо‗lib tashla,
hukumronlik qil» degan ulug‗ saltanatchilik maqsadlariga xizmat qiluvchi tadbir edi.
Qolaversa,
1924-
1936-yillar
о‗rtasida
shо‗ro
mustamlakachilari
Qoraqalpog‗istonni u respublikadan bu respublikaga о‗tkazib, ushbu hududda
yashab kelayotgan xalqlar taqdiriga bepisandlik bilan munosabatda bо‗ldilar. 1924-
yilda Qozog‗iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‗iston Muxtor (Avtonom) viloyati
tashkil qilindi. Viloyat volostlarga bо‗linadigan Tо‗rtkо‗1, Chimboy, Xо‗jayli va
Qо‗ng‗irot okruglaridan iborat edi.
1925-yil 12-19-fevralda Tо‗rtkо‗l shahrida Muxtor viloyat Shо‗rolarning 1-
Ta‘sis qurultoyi bо‗lib о‗tdi. Unda Qoraqalpog‗iston Muxtor viloyatining
Qozog‗iston ASSR tarkibiga «о‗z ixtiyori bilan kirganligi» qonunlashtirildi.
Albatta, viloyat aholisining milliy tarkibi ham e‘tiborga loyiq edi. Muxtor
viloyat tashkil etilgan paytda viloyat hududidagi aholining 38,5 foizini qoraqalpoqlar,
28,7 foizini о‗zbeklar, 28,6 foizini qozoqlar va bor yо‗g‗i 1 foizga yaqinini (shahar
aholisidan tashqari) ruslar tashkil etgan.
Oradan 8 yil о‗tar-о‗tmas Qoraqalpog‗iston Muxtor viloyatini yana «О‗z ixtiy-
origa kо‗ra» Qozog‗iston tarkibidan olib RSFSR tarkibidagi Qoraqalpog‗iston
Muxtor SHо‗ro Sotsialistik Respublikasi (QQASSR)ga aylantirish» zarurati tug‗ildi.
Bu qо‗lbola zaruriyat Qoraqalpog‗iston viloyati Ijroiya Qо‗mitasining 1932-yil 5-
martdagi navbatdan tashqari bо‗lib о‗tgan IV plenumida quyidagicha asoslandi:
«Qoraqalpog‗istonning Moskva va sanoat Markazlaridan uzoqligini, madaniy va
iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib,
Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qо‗mitasi Prezidumidan Qorqalpog‗iston Muxtor
viloyatini RSFSRga kiradigan Muxtor Shо‗ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirish
sо‗ralsin».
Qoraqalpoq xalqining «iltimosi» qondirilib, Butunittifoq MIK Prezidiumi 1932-
yil 20-martdagi qarori bilan Qoraqalpog‗iston Muxtor viloyati Qoraqalpog‗iston
Muxtor Shо‗ro Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib RSFSR tarkibiga kiritildi.
Ammo oradan yana bor-yо‗g‗i 4 yil о‗tar-о‗tmas Qoraqalpog‗iston Muxtor
Shо‗ro Sotsialistik Respublikasini RSFSR tarkibidan О‗zbekiston SHо‗ro
Sotsialistik Respublikasiga «oshirish ehtiyoji» paydo bо‗ldi. Bu «ehtiyoj» uchun
RSFSR bilan QQASSR о‗rtasida umumiy chegaralar yo‘qligi «asos» bо‗ldi. 1936-yil
may oyida tayyorlangan SSSRning yangi Konstitusiyasi loyihasida QQASSRni
RSFSR tarkibidan chiqarib, О‗zbekiston SSR tarkibiga kiritish kо‗zda tutilgan edi.
Butunittifoq Shо‗rolarining 1936-yil 5-dekabrda bо‗lib о‗tgan favqulodda VIII
qurultoyida SSSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitusiya asosida
tayyorlanib 1937-yil 12-fevralda tasdiqlangan О‗zbekiston SSR Konstitusiyasida
QQASSRning О‗zbekiston Shо‗ro Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirganligi qonun
bilan mustahkamlandi.
Qoraqalpog‗iston xalqlari qariyb 70 yildan beri О‗zbekiston xalqlari bilan
ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‗alarcha yelkadosh
bо‗lib yashab kelmoqdalar.
Sobiq Ittifoq parchalangandan sо‗ng mustaqil О‗zbekiston tarkibidagi suveren
Qoraqalpog‗iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar
mobaynida qoraqalpoqlar bilan о‗zbek xalqi о‗rtasida dо‗stlik, qardoshlik
munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik
vujudga kelgan edi. Orol bо‗yi kengliklarida qadimdan о‗zbek va qoraqalpoq ajdodlari
birgalikda yashab, mehnat qilishdi. о‗zlarining taraqqiyot yо‗llarini bosib о‗tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqiqiy og‗a-inichilik
fazilatlarini kо‗rsatdilar, о‗zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm
ma‘naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi,
ularning о‗zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi.
Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy
qadriyatlar, jondoshu qondosh bо‗lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega
bо‗lgan an‘analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy
makon vujudga keldi.
О‗zbekiston tarkibida о‗tgan salkam 70 yillik davr mobaynida qoraqalpoq xalqi
о‗z taqdirini о‗zbek xalqi taqdiri bilan bog‗ladi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma‘naviy
va ma‘rifiy sohalarda о‗zbek xalqining beg‗araz va og‗alarcha yordamidan
bahramand bо‗ldi. Shо‗ro mustamlakachiligi yillarida о‗zbek xalqi boshiga tushgan
og‗ir kulfat va musibatlar qoraqalpoq xalqini ham chetlab о‗tmadi.
Biroq, yaqin qо‗shnichilik, qardoshlik va dо‗stlik har ikki xalq uchun qancha-lik
qismatli bо‗lmasin, yaqin qо‗shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar
sinovidan о‗tib, og‗ir kunlarda eng ishonchli omil bо‗lib xizmat qildi. Natijada,
SHо‗ro hokimiyati yillaridagi og‗ir mustamlakachilik, ma‘muriy boshqaruv usuli,
shovinistik milliy siyosat о‗zbek va qoraqalpoq xalqlari munosabatlariga rahna
sololmadi.
Aksincha, ular bir necha о‗n yilliklar mobaynida tо‗planib qolgan muammolarni
hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda о‗z
an‘analaridan unumli foydalanish yо‗lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli
bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-
oydin kо‗rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy о‗zgarishlar va qiyinchiliklarda
toblangan dо‗stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bо‗ldi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, shо‗rolar davrida amalga oshirilgan adolatsiz
milliy siyosiy va ulug‗ davlatchilik shovinizmi, faqat «ulug‗ og‗a»lar manfaatiga
xizmat qilardi, xolos. Bu shiorlar kichik xalqlarning milliy taraqqiyoti va ittifoqdosh
respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan uzoq edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga
bо‗lgan e‘tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‗iston sobiq Ittifoq tarkibida
taraqqiyot darajasi eng past bо‗lgan о‗lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi
bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar tо‗plandi.
Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining
qurishi bilan bog‗liq bо‗lgan jiddiy muammolar paydo bо‗ldi.
Mustaqillik sharofati tufayli tо‗planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
ma‘naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yо‗l
tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy taqdirini
mushtarak deb bilgan о‗zbek va qoraqalpoq xalqlari о‗z taqdirlarini abadiy birlikda
kо‗rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom
ma‘nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka о‗zbek xalqi kо‗magida erishdi va
о‗zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Ulkan orzu-umidlar bekamu kо‗st
amalga oshadigan bо‗ldi.
О‗zbekiston
Respublikasi
tarkibida
Mustaqil
Qoraqalpog‗iston
jamoatchiligining davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga
ega bо‗lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qо‗llab-quvvatlandi.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasida ―О‗zbekiston Respublikasi
tarkibida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat suvereniteti tо‗g‗risida‖gi
Deklaratsiya qabul qilindi.
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «О‗zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari tо‗g‗risida»gi Qonunda о‗zining huquqiy
asosini topdi. Unda Qoraqalpog‗istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof
etildi. Qonunda Qoraqalpog‗iston va О‗zbekiston о‗rtasidagi munosabatlarni teng
huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida
mustahkamlash kо‗rsatib berildi.
О‗zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‗iston Respublikasi о‗rtasidagi
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar О‗zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasida (70-75-moddalar) о‗z aksini topdi
Do'stlaringiz bilan baham: |