Nashrga ruxsat etaman


 О„zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

4. О„zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi. 
1.
 
Mustaqil О„zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjami-
yatiga qо„shilishi.
XX asrning 90-yillariga qadar dunyo ikki qutbli bо‗lib, bir-biriga qarama-
qarshi bо‗lgan kuchlar nisbati ikki joyda - SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki 
ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy kuchlarning qо‗lida edi. Xalqaro 
vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning о‗zaro muxoliflik 
muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. 
Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning 
parchalanishi natijasida uning tarkibida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil 
О‗zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati shu tariqa barham topdi. 
XXI asr bо‗sag‗asida xalqaro vaziyatning о‗zgarishi jahon taraqqiyotining 
holatini ham tubdan о‗zgartirib yubordi. Endi dunyo kо‗p qutbli bо‗lib qoldi. 
Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga kо‗tarildi. Dunyo yangilanishi 
jarayonida har bir davlat о‗z taraqqiyot kо‗lami bilan jahon hamjamiyatidan 
munosib о‗rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori О‗zbekiston ham jahon 
hamjamiyatidan munosib о‗rin olishga kirishdi. Shu bois О‗zbekiston xalqaro 
maydondagi tashqi siyosatida respublikaning milliy manfaatlariga javob beradigan 
strategik ustuvor yо‗nalishlarini aniq belgilab olishga kirishdi.
Hozirda О‗zbekiston Respublikasi о‗z milliy manfaatlariga asoslangan holda 
ochiq, о‗zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosa olib bormoqda. 
Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy yо‗li dunyoda va mintaqada shiddat 
bilan о‗zgarayotgan vaziyat hamda mamlakatning ichidagi keng kо‗lamli 
о‗zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda. 
О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov о‗zining 
«О‗zbekistonning о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li» hamda boshqa bir qator 
asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan 
puxta asoslab bergan. О‗zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy 
faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, mazmuni, maqsad va vazifalari 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining IV bob, 17-moddasida о‗zining 


qonuniy aksini topdi. Konstitusiyaning boshqa bо‗limlarida esa hukumat idoralari 
va davlat boshlig‗ining (93-moddasida) tashqi siyosiy vakolati belgilandi. 
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yо‗liga asoslangan О‗zbekiston tashqi 
siyosati 2012 yil 10-sentabr kuni qabul qilingan «О‗zbekiston Respublikasining 
tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash tо‗g‗-risida»gi О‗RQ-330-sonli 
О‗zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagi asosiy prinsiplarni о‗zida 
aks ettiradi:
-milliy manfaatlarni qat‘iy himoya qilish va ilgari surishga yо‗naltirilgan izchil 
va faol tashqi siyosat strategiyasini olib borish; 
-Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash va mustahkamlash, 
mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; 
-О‗zbekistonning dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan 
strategik sherikchilik munosabatlarining muvozanatli va kо‗p qirrali tizimini 
shakllantirish; 
-mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlash; 
-О‗zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni 
mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, 
mamlakatni dunyo hamjamiyatidagi imijini, obrо‗-e‘tiborini yanada kuchaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni kо‗rish;
-xorijdagi О‗zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarning qonuniy 
huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish va boshqalar. 
О‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari esa 
quyidagilardan iborat: 
-mafkuraviy qarashlardan qat‘iy-nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy 
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
-davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
-kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
-inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; 
-tajovuskor harbiy bloklar, uyushmalarga kirmaslik; 
-mojarolarni tinch yо‗l bilan hal qilish; 
-tashqi aloqalarda teng huquqlilik va о‗zaro manfaatdorlik, davlat milliy 
manfaatlarining ustunligi; 
-tashqi aloqalarni ikki tomonlama va kо‗p tomonlama kelishuvlar asosida 
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik 
va boshqalar.
Mustaqil О‗zbekistonning xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar bilan teng 
huquqli asosda munosabat о‗rnatishi davlatimiz diplomatik faoliyatini turli 
yо‗nalishlarda olib borishini ta‘minladi. Bu 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish