Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Termiz shahrining 
2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimda so‘zlangan nutq, 
2002-yil 2-aprel
 
Qashqadaryo vohasining zumrad gavhari 
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Bugun qadimiy Kesh vohasida katta bayram, katta tantana. 
Alloh nazari tushgan Vatanimiz tarixining eng ko„hna va teran ildizlaridan biri 
bo„lgan qadimiy va doimo navqiron Shahrisabz bugun o„zining 2700 yillik qutlug„ 
to„yini nishonlamoqda. Dunyoga o„zining ko„rk-u kamoli, qaddi-bastini namoyon 
qilmoqda. 
Bu go„zal shahar bugun mana shu zaminning umrboqiy qadriyatlarini, O„zbekiston 
deb atalmish yurtimizning naqadar qadimiy va muqaddasligini butun jahonga 
namoyon etmoqda. 
Qadrli do„stlar! 
Shahrisabz deganda, biz, avvalo, olis zamonlarda ajdodlarimiz yashagan, tarixda 
goh Gava So„g„da, goh Nautaka, goh Kesh deb nom olgan qadimiy makonni tasavvur 
qilamiz. 
Bu shahar o„zining uzoq o„tmishi davomida ne-ne kunlarni ko„rmadi. Tarix 
to„fonlari, bosqinlar oqibatida necha bor vayronaga aylanib, kultepalar ustidan necha 
bor qayta tiklandi. 
Ammo na zamonning murakkab sinovlari, na istilo-yu urushlar, na tabiiy ofatlar bu 
shaharni tarix sahifasidan o„chira olmadi. 
Shu tabarruk zaminda dunyoga kelib, uning tarbiyasini olib voyaga yetgan, doimo 
mag„rur bo„lib yashagan insonlar ming yillar davomida mardlik va bunyodkorlik 
namunalarini dunyoga namoyon etib keldi. 
Shahrisabz deganda, dastavval, xayolimizda o„zining aql-zakovati, beqiyos 
salohiyati bilan jahonni hayratga solgan Amir Temur bobomizning o„lmas siymosi 
jonlanadi. 


502 
Shahrisabz bu ulug„ zotning beshigini tebratgan, uni kamolga yetkazgan mo„tabar 
maskandir. 
Bobokalonimizning 
el-ulusni 
birlashtirish, 
ona 
diyorimizni 
bosqinchilardan ozod qilishida, jahon tarixida o„chmas iz qoldirgan buyuk va qudratli 
davlat qurishida aynan shu zamin unga kuch-quvvat va madad bergan. Amir Temur 
bobomiz Shahrisabz va Kesh vohasini joni-dilidan sevgan, qadrlagan, hatto o„z 
saltanatining poytaxti qilmoqchi bo„lgan. Bu yerda qanchadan-qancha go„zal va 
betakror inshootlarni barpo etib, shaharni qayta qurib, butun dunyoga tanitgan, uning 
rivojiga cheksiz hissa qo„shgan. 
Sohibqironning: «Kimki bizning qudratimizni bilmoqchi bo„lsa, biz qurgan 
imoratlarni kelib ko„rsin», degan so„zlari bugun ham o„z ma‟no-mazmunini yo„qotgan 
emas. 
Shahrisabz deganda, tasavvurimizda, avvalo, mangu yashil shahar, yulduzlarga 
to„la beg„ubor osmon, yuksak Hisor tog„lari namoyon bo„ladi. 
Va, tabiiyki, Shahrisabz deganda, biz «Ilm-u adab qubbasi» deb e‟tirof etilgan ilm-
fan, madaniyat va nafosat maskanini anglaymiz. Bu shahar qadim-qadimdan o„zining 
qo„li gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan shuhrat qozongan. 
Mana shu zaminda qad ko„targan, yetti iqlimga ma‟lum va mashhur Oqsaroy, 
Dorus-saodat, Dorut-tilovat, Ko„kgumbaz kabi muhtasham obidalar va boshqa 
betakror me‟moriy yodgorliklar, shu tuproqdan topilgan noyob osori-atiqalar bu 
haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi. 
Shu muborak yurt farzandlari bo„lgan Abu Muhammad Keshiy, Shamsiddin Kulol 
va Hazrati Bashir kabi aziz-avliyolar, Firoqiy va Xiromiy, Ravnaqiy va Faqiriy 
singari shoir-u allomalar Shahrisabz dovrug„ini dunyoga taratgan. 
Jahon madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo„shgan Xusrav Dehlaviy, Mirzo 
Bedil, Mirzo G„olib kabi mumtoz siymolarning nasl-nasabi Shahrisabz zaminidan 
chiqqani ham bu tuproqning ilohiy xosiyatidan dalolat beradi. Shu o„rinda, aziz 
do„stlarim, sizning e‟tiboringizni sirli bir alomatga qaratmoqchiman. 
Jahongir Mirzo maqbarasi yonida bugun ham yashnab turgan qadimiy chinorlarni 
ko„pchiligimiz ko„rganmiz. Men har gal bu yerda bo„lganimda, bunday daraxtlar faqat 
muqaddas joylarda o„sadi, degan fikr beixtiyor ko„nglimdan o„tadi. Balki bu 
chinorlarning niholini bir paytlar Amir Temur bobomiz o„z qo„li bilan ekkan bo„lsa, 
ajab emas, deb o„ylayman. 
Va Shahrisabzning muqaddas timsollari bo„lmish bu azamat daraxtlarni ilohiy bir 
kuch asrab, bugungi va kelajak avlodlarga yetkazib kelayotgandek tuyiladi. 
Aziz do„stlar! 
Bugun Shahrisabz fayz-u tarovati bilan ko„zlarni qamashtirib, jahon e‟tiborini 
o„ziga qaratib turibdi. U jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy shaharlaridan biri 
sifatida nufuzli xalqaro tashkilot bo„lmish YuNESKO tomonidan e‟tirof etilgan va 
Butunjahon merosi ro„yxatiga kiritilgan. 
Hech shubhasiz, Shahrisabz va Qashqadaryo vohasining naqadar katta tarixiy va 
madaniy merosga ega ekani, uning betakror yer osti va yer usti boyliklari haqida 


503 
gapirishimiz bugun albatta o„rinlidir. Bugun bu haqiqatni nafaqat Markaziy Osiyo 
mintaqasi, balki butun dunyo tan olmoqda. 
Lekin mendan bu yurtning eng haqiqiy boyligi haqida so„rasa, hech ikkilanmasdan, 
Yaratganning nazari tushgan bu yurtning asosiy boyligi mana shu zaminda 
yashayotgan bag„rikeng, mard va oriyatli, ko„p-ko„p qiyinchilik va sinovlarda 
toblangan, yaxshilikni hech qachon unutmaydigan Qashqadaryo eli va xalqi, deb 
javob bergan bo„lur edim. 
Men siz, Qashqadaryolik qadrdonlarim bilan yelkama-yelka, hamfikr bo„lib 
mehnat qilgan, hayotimning aziz damlariga aylangan kunlarimni hech qachon 
unutmayman. O„sha murakkab davrda sizlar menga bildirgan hurmat va ishonchni, 
ta‟bir joiz bo„lsa, menga qanot berganingizni umrbod minnatdorlik bilan eslayman. 
Qadrli vatandoshlar! 
Bizning istiqlol yillarida Shahrisabz markazida sohibqiron Amir Temur 
bobomizning muazzam haykalini tiklaganimiz, bu muborak zaminda yotgan buyuk 
zotlarning maqbaralarini obod qilib, ajdodlarimiz ruhi oldidagi farzandlik burchini 
ado etganimiz yangi tariximizdagi katta unutilmas voqeadir. 
Bu yurtning chiroyiga chiroy, salohiyatiga yana salohiyat qo„shadigan ibratli 
ishlarni davom ettirishimizga hech qanday shubha yo„q. Va Shahrisabz nafaqat 
dehqonchilik, sanoat, hunarmandchilik va madaniyat maskaniga, balki butun 
dunyodan ziyoratchi va sayyohlar oqib keladigan go„zal va zamonaviy shaharga 
aylanishi muqarrar. 
Bu yil Shahrisabz, butun Qashqadaryo ahlining barcha sohalarda omadi keldi. Men 
fursatdan foydalanib, qishloq xo„jaligi uchun tabiiy sharoit og„ir bo„lgan mana shu 
mavsumda belni mahkam bog„lab, fidokorona mehnat qilgan, mamlakatimizda eng 
ko„p – 684 ming tonnadan ziyod g„alla, 420 ming tonnadan ortiq paxta hosili 
yetishtirgan azamat dehqonlarni, siz lafzi halol qashqadaryoliklarni qo„lga kiritgan 
ulkan g„alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va o„zimning cheksiz 
hurmatimni bildiraman. 
Hurmatli do„stlar! 
Mana shu unutilmas, quvonchli kunda mening suyanchim, tayanchim bo„lgan siz, 
Qashqadaryo yoshlariga, sizning timsolingizda butun O„zbekiston yoshlariga bir 
da‟vat bilan murojaat qilmoqchiman. 
Aslida bu mening da‟vatim emas, balki ulug„ ajdodlarimizning bizga qoldirgan 
o„lmas ma‟naviy o„gitlaridir. Men shu da‟vatni sizlarga yana bir marta 
eslatmoqchiman. 
G„urur-iftixorimiz timsoli bo„lmish Amir Temur bobomizning xuddi shu zaminda 
turib, kelgusi nasllarga qarata aytgan «Biz kimmiz, kimlarning avlodimiz?» degan 
so„zlari hech qachon yodingizdan chiqmasin. 
Toki yuragingizda o„t, bilagingizda kuch-qudrat bor ekan, O„zbekiston jahon 
hamjamiyatida o„z o„rnini egallab borayotgan bugungi kunda ana shu da‟vatga 
hamisha munosib bo„ling. 


504 
Biz dunyoda hech kimdan kam bo„lmaymiz, deb ko„targan istiqlol bayrog„ini, 
hurriyat bayrog„ini sizlar yanada baland ko„tarasiz, deb ishonaman. 
Aziz vatandoshlarim! 
Men ushbu hayajonli lahzalarda Shahrisabz elini, butun xalqimizni bugungi 
shodiyona bilan yana bir bor qutlar ekanman, sizlarning ochiq chehrangizga boqib, 
mana shunday yorug„ kunlarimiz ko„p bo„lsin. Qashqa vohasining zumrad gavhari – 
Shahrisabz dunyo turguncha tursin, deyman. 
Ikki ming yetti yuz yillik tarixni o„z yelkasida ko„tarib turgan bu afsonaviy shahar 
qoshida bosh egib, uning shuhratini dunyoga tarannum etayotgan siz, aziz 
yurtdoshlarimga ta‟zim qilaman. 
Men noyob asriy obidalarimizni ko„z qorachig„idek saqlab kelayotgan, keng 
ko„lamdagi ta‟mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan, yangi-yangi 
inshootlar barpo etayotgan mohir quruvchi va ustalarimiz, muhandis va 
me‟morlarimizga, mana shu savobli ishlarga munosib hissa qo„shayotgan barcha 
insonlarga o„z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. 
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan YuNESKO xalqaro tashkiloti va 
xorijiy elchixonalar vakillariga chin dildan tashakkur aytaman. 
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka 
yor bo„lsin. 
Shahrisabzning 2700 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘z, 
2002-yil 1-noyabr

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish