Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda 
so„zlangan nutq 
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Xonimlar va janoblar! 
Kechagina biz xalqimiz ozodligi yo„lida jon fido etgan milliy qahramonimiz 
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini keng nishonladik. 
Bugun esa ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi – «Alpomish» 
dostonining 1000 yilligi bayramida siz azizlar bilan diydor ko„rishib turganimdan 
g„oyat mamnunman. 
Har qaysi millatning o„z afsonaviy bahodiri, sevgan pahlavoni bor. Alpomish nomi 
ham bizning shuurimizga munis onalarimiz aytgan allalar bilan kirgan. Ajdodlar yodi, 
faxr-u g„ururi bizning xotiramizga Alpomish timsolida jo bo„lgan. 


485 
«Alpomish» – o„zbekning o„zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning 
yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o„tkazib kelayotgan 
qahramonlik qo„shig„idir. 
Xalqimiz azaldan o„z vujudi, o„z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib 
bo„lmoqqa intilib yashadi. O„z o„g„lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-
yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab keldi. 
«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va 
haqgo„y bo„lishga, o„z yurtimizni, oilamiz qo„rg„onini qo„riqlashga, do„st-u 
yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday 
tajovuzdan himoya qilishga o„rgatadi. 
Muhtaram birodarlar! 
«Alpomish» dostoni – butun o„zbek xalqining ma‟naviy mulkidir. Lekin nima 
uchun biz uning to„yini aynan Termiz shahrida, Surxon vohasida o„tkazyapmiz? 
Negaki, Surxon vohasi, avvalo, «Alpomish» dostoni tug„ilgan qutlug„ maskan. 
Alpomish mana shu bepoyon yaylovlarda, baland tog„ daralarida gumburlatib ot 
chopgan, shu yurtning zilol ko„llaridan suv ichgan, shu mag„rur elga munosib 
pahlavon bo„lib yetishgan. 
Shuning uchun ham Barchinoy dushmanlarga qarata g„urur bilan: «Mening yorim 
bilsang Boysun sultoni», deb aytadi. 
Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari – miloddan avvalgi Kushon va 
Baqtriya davlatlariga zamin bo„lgani bilan olamga mashhur, Vohadagi Dalvarzintepa, 
Xolchayon, Tillatepa, Zarautsoy, Teshiktosh, Fayoztepa singari ko„hna makonlar, u 
yerlarda topilgan arxeologik ashyolar ko„pming yillik tariximizning noyob 
yodgorliklaridir. 
Bu tuproq azaldan ilm-u hunar, hikmat va san‟at ruhi bilan yo„g„rilgan. Imom At-
Termiziy, avliyo Hakim ota kabi ulug„ zotlarning o„lmas ruhi, hayotbaxsh o„gitlari 
barkamol avlodlarni voyaga yetkazdi. Shubha yo„qki, «Alpomish»dek buyuk 
obidalar, «Alpomish»dek mard pahlavonlar aynan mana shunday muhitda dunyoga 
keladi. 
«Alpomish» to„yining Termiz shahrida o„tayotganida men yana bir ramziy ma‟no 
ko„raman. 
Qachonki o„lkamizga janub tarafdan yov hamla qilgan bo„lsa, Termiz uning 
qarshisida metindek qo„rg„on bo„lib kelgan. Termiz bugun ham ona yurtimizning 
janubiy sarhadlarida mustahkam qal‟a bo„lib turibdi. 
Mana shu chegara hududlarida ko„ksini qalqon qilib tabiatan og„ir-vazmin, ammo 
Vatan boshiga sinov tushsa, jon fido etishga ham tayyor oriyatli xalq yashaydi. 
Bu dovyurak va o„ktam xalqning – Surxon ahlining yuragida Alpomish kabi 
pahlavonlardan meros qolgan shijoat yashaydi. 
Bu yurtda dunyoning kurash maydonlarida kuragi yerga tegmasdan zafar qozonib, 
o„zbek nomini butun olamga tarannum etayotgan yuzlab polvonlar yashaydi. 
Ishonchim komilki, bunday qudrat sohibi bo„lgan xalqni hech qanday yovuz kuch 
yengolmaydi. 


486 
Hurmatli mehmonlar, aziz vatandoshlar! 
Bugun biz sizlar bilan «Alpomish» dostonining 1000 yillik to„yini nishonlayapmiz. 
Lekin bu dostonda tasvirlangan voqealar yurtimizning necha-necha ming yillik shonli 
tarixidan darak beradi. 
Asardagi kichik bir dalilga murojaat qilaylik. Xalqimizning qadimiy tasavvurlariga 
ko„ra, o„q-yoy – hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yetti yoshda o„n to„rt 
botmon birichdan – bronzadan yasalgan yoydan o„q otib, «alp» degan unvonga ega 
bo„ladi. Alp degani – hokimiyat egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko„p asrlik 
milliy davlatchiligimizning badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. 
Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo„lsa 
«Alpomish» ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz asarda tarix to„fonlaridan, 
hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib o„zligini yo„qotmagan xalqimizning 
bag„rikenglik, matonat, olijanoblik kabi ezgu fazilatlari o„z ifodasini topgan. 
Muhtaram yurtdoshlar! 
Bugungi muborak ayyomda biz «Alpomish»dek so„z durdonasini yaratgan, uni 
asrlar osha avlodlarga yetkazib kelgan ijodkor xalqimiz dahosi oldida bosh egamiz. 
Bugun biz ming yillar davomida bu dostonni kuylab, gavharday asrab-avaylab, 
boyitib kelgan, nomlari bizga noma‟lum bo„lgan yuzlab xalq baxshilarining iste‟dodi 
qarshisida ta‟zim qilamiz. 
Agar iloji bo„lsa, men ana shu insonlarning nomlarini ma‟naviyatimiz tarixiga oltin 
harflar bilan yozgan bo„lur edim. 
Muhtaram jamoat! 
Baxshi-shoirlar o„z xalqining biyron tilidir. Ular yurtimizda doimo «Baxshili el – 
yaxshili el» deb ulug„langan. 
Bugun biz Yodgor baxshi va Tilla kampir, Jossoq shoir va Amin baxshi, Sherna 
baxshi va Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo„ldosh va Po„lkan shoir, Islom shoir va 
Abdulla shoir, Saidmurod panoh va Bekmurod Jo„raboy o„g„li, Berdi baxshi va 
Rahmatulla Yusuf o„g„li, Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilarning 
nomlarini ehtirom bilan tilga olamiz. Ularning noyob qobiliyati, yuksak mahorati 
tufayli «Alpomish» bor salobati va nafosati bilan yashab kelmoqda. 
Bugun biz bu o„lmas asarni yozib olish, nashr etish, ilmiy o„rganish, tarjima va 
targ„ib qilish ishiga ulkan hissa qo„shgan Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Muzayyana 
Alaviya, Mansur Afzalov kabi zahmatkash insonlarni, ko„plab xorijiy olimlarni ham 
minnatdorlik bilan eslaymiz. 
Muhtaram Vatandoshlar. 
Yillar, asrlar o„tadi, ona O„zbekistonmizda yangi-yangi avlodlar voyaga yetadi. 
Ishonaman, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab-avaylab kelgusi 
avlodlarga yetkazadi. 
Ishonaman, xalqimiz bugungi shodiyonadan ruhlanib, qadr-qimmatini yanada 
chuqurroq anglaydi, o„zining beqiyos jasoratini, bukilmas irodasini, mustahkam 
iymon-e‟tiqodini namoyon etib, yorug„ kelajak sari qat‟iyat bilan boraveradi. 


487 
Ishonaman, har qaysi qishloq, har qaysi shahar, har bir xonadonda yangi-yangi 
alpomishlar dunyoga keladi, vatanga sadoqatli, jasur va yengilmas insonlar bo„lib 
ulg„ayadi. 
Surxon vohasining betakror tabiati, Bobotog„, Boysun, Vaxshivor singari baland 
tog„lar, Oltinsoy, Sangardak, Sayrob, Xonjizza kabi go„zal go„shalarini bir bor 
ko„rgan odam beixtiyor qoladi. 
Bu zaminda yashab, fidokorona mehnati bilan uning ko„rkiga ko„rk, chiroyiga 
chiroy qo„shayotgan insonlarga, ayniqsa, yosh o„g„il-qizlarimizga mening havasim 
keladi. 
Har qanday inson bu yuragi ochiq, mard va tanti, ham jismonan, ham ma‟naviy 
jihatdan sog„lom odamlar bilan chin ko„ngildan yaqin bo„lishni istaydi. 
Shu unutilmas, hayajonli damlarda Alpomishdek bahodirlarni kamolga yetkazgan 
ona xalqimga yana bir bor ta‟zim qilaman. 
Yurtimiz osmoni doim musaffo, xalqimiz hamisha omon bo„lsin! 
1999-yil 6-noyabr. 
Termiz shahri

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish