4
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta‟sir o„tkazadi, milliy
g„oyaning shakllanishida muhim omil bo„lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur
xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog„li o„rganish, undan saboq chiqarish
bilan bog„liq. Ulug„ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da‟vat etadi, ulkan
yaratuvchilikni rag„batlantiradi. Zotan, uning ulug„
murabbiylik, tarbiyachilik,
yo„naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Shu ma‟noda mamlakatimiz rahbarining O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida «O„zbekistonning yangi
tarixi» Markazini tashkil qilish to„g„risida chiqargan Farmoyishi katta tarixiy va
siyosiy ahamiyatga ega. Unga javoban 2000-yili «Turkiston
chor Rossiyasi
mustamlakachiligi davrida», «O„zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» va
«Mustaqil O„zbekiston tarixi» kitoblari nashr etilgan edi. 2003-yili esa Nukusda
«Qoraqalpog„iston» nashriyotida «Qoraqalpog„istonning yangi tarixi» chop etildi.
Oradan yillar o„tdi. O„zbekistonning mustaqil taraqqiyoti davrida ko„pdan ko„p tarixiy
voqealar yuz berdi. Mualliflar keyingi yillar voqealari rivoji va mustaqillik davri
yaxlit tarixiga ehtiyojning kattaligini nazarda tutib, kitobning to„ldirilgan,
qayta
ishlangan ikkinchi nashrini tayyorlashdi. Jumladan, unda quyidagilarga e‟tibor berildi:
– kitob yangitdan to„la tahrir qilindi;
– birinchi bob, oltinchi paragrafga O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi
tahrirda qabul qilinganligiga doir alohida qism qo„shildi;
– sakkizinchi bobga «O„zbekiston – Rossiya munosabatlari», «O„zbekistonning
SHHTdagi faoliyati», «Toshkent – Sharq darvozasi» deb nomlangan uchta yangi
paragraf qo„shildi;
– barcha paragraflar 2008-yilgacha bo„lgan voqealar bilan to„ldirildi;
– kirish va xulosa qismi yangi tahrirda berilmoqda.
Kitobda O„zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o„tish
davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O„zbekistonda huquqiy demokratik
davlat
qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni
ta‟minlash omillari, ma‟naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi
hamda O„zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olishi kabi masalalar
mumkin qadar o„z ifodasini topgan.
Xullas, «Mustaqil O„zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni to„laroq
qamrab olish, uni jamlash, ma‟lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni
iloji boricha ko„proq o„rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik
davrida o„tgan kunlarimiz alohida o„rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy
xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o„ziga xos asoslari bor:
Do'stlaringiz bilan baham: