Mustaqillik
– jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o„z taqdiri
bilan bog„liq bo„lgan istiqbol haqida o„ylashdir.
Istiqlol
– erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil
yashashga, Mustaqil fikrlashga, o„z taqdirini o„zi belgilashga, o„z
hayotini o„zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning
shiddatli muammolar bo„hronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe‟l-
atvori jihatidan qaraganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma‟noda davlat
mustaqilligiga ham qiyoslash mumkin.
Mustaqillik
mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqozo etadigan
tazyiqlar, kamsitishlar va zo„ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon
taraqqiyotining ilg„or tajribalari asosida o„z ravnaqining o„ziga xos tamoyillarini
ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o„zaro
hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo„lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos
keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o„zaro hamjihatlik,
mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
munosabatlarni qaror toptirmasa o„z qobig„ida qolib ketishi, milliy mahdudlik
doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g„oyatda zalvorli
tajribasidan o„tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo„lib qolaveradi. Chunki u
doimiy ravishda rivojlanib, o„z-o„zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va
tafakkurini o„stirib borayotgan tarixiy voqelikdir.
Mustaqillik
– tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni.
Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy
kamolotni taqozo etadigan ma‟naviy-ruhiy, ma‟rifiy axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa,
sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko„rgan mustaqil
mamlakatlar, xususan O„zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima
uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-
alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bo„lgan har qanday
10
katta-kichik masalalarni hal etishni o„z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq
moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo„lgan edi. U faqat ishlash
huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib
qolgan edi. Ertadan-kechgacha mehnat qilasan, mehnatingga yarasha ochdan
o„lmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu – sobiq ittifoqda
qonun kuchiga ega bo„lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki
umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne‟matning, hayot degan oliy
tushunchaning mag„zini chaqishga o„zida rag„bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi.
Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish,
ijodkorlik tuyg„ulari butunlay so„ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat
taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.
Umuman olganda, har qanday faollik tamoyillari harakatlar erkinligiga zamin
yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqimandalik illatlari surunkali kasallikka
aylanadi. Demak, har qanday xatti-harakat, har qanday intilish o„z-o„zidan
bunyodkorlik, yaratuvchilik ruhi bilan yo„g„rilgan bo„lishi darkor. Ana shunda
erkinlik samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.
Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibiga kirgan
ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka chiqishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida
amalga oshirilgan, puxta o„ylangan voqelik edi. Davlat to„ntarishiga urinish,
zo„ravonlik va tazyiq o„tkazish siyosatini chuqurlashtirishga intilish GKCHP bu
jarayonning yakuni bo„ldi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to„g„ri kuzatib, to„g„ri baholay bilgan
O„zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan bo„lib o„z tarixiy va buyuk niyatini
e‟lon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining
Davlat Mustaqilligi to„g„risidagi Bayonot O„zbekiston hukumatining siyosiy yo„lini
to„la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:
«O„tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy
hayotidagi o„zgarishlarni e‟tiborga olib;
xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o„z taqdirini o„zi belgilash huquqiga
asoslanib;
O„zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas‟uliyatni anglab;
shaxs huquq va erkinliklarining, Mustaqil davlatlar o„rtasidagi chegaralarning
buzilmasligi to„g„risidagi Xelsinki shartnomalariga qat‟iy sadoqatini bayon etib;
millati, diniy e‟tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat‟i nazar, respublika
hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha‟ni va qadr-
qimmatini ta‟minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga
intilib;
Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O„zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O„zbekistonning davlat Mustaqilligini va
ozod suveren davlat – O„zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
ravishda e‟lon qiladi.
11
O„zbekiston Respublikasining o„z tarkibidagi Qoraqalpog„iston Respublikasi bilan
birga, hududi bo„linmas va daxlsizdir. O„zbekiston Respublikasining boshqa
davlatlarga hududiy da‟volari bo„lmay, u o„z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan
oliy huquqqa egadir».
O„zbekiston parlamentining bu bayonoti o„zining qonun kuchi bilangina emas,
siyosiy mantig„i, ma‟naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va, eng
muhimi, millat taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib
turadi. Bu hujjat SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojiali kechganligini
ko„rsatadi.
Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poymol etilganligini,
endi bu tuzumda ortiq yashab bo„lmasligini hayotning o„zi tasdiqlab turardi. Biroq,
mamlakat aholisining aksariyat qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga
singib qolgan tobelik va mutelik tuyg„ulari keskin harakat qilishga, o„z xalqi
manfaatini mardona turib himoyalashga yo„l qo„ymas edi. Ammo, o„sha paytda
O„zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat – O„sh, Farg„ona, Qo„qon, Guliston, Parkent
va Bo„kada yuz bergan mash‟um voqealar – millatlararo nizolarning yuz bergani, xalq
hayotining tahlikali tus olgani ortiqcha kutib turishni taqozo etmas edi. Jarayonlarga
o„z vaqtida yetarli baho berib, zarur xulosaga kelish kerak edi. Shuning uchun ham
Farg„ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy
ahvolini yaxshilash, turmush sharoiti va farovonligini oshirish borasida amaliy
choralar ko„rildi. Jumladan:
– aholini qo„shimcha tomorqalar bilan ta‟minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga
keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo„jaliklarni rivojlantirish, chorvachilik va
parrandachilikni taraqqiy toptirish;
– pensiyalar, talabalar stipendiyalari va o„qituvchilarning maoshlarini oshirish,
og„ir ijtimoiy ahvol natijasida kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarga
imtiyozli ovqatlanish, boshlang„ich sinf o„quvchilariga bepul oziq-ovqat ajratish va
shunga o„xshagan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning markaz bilan
hisoblashmay hal etilishi mamlakat aholisiga qanchalik ma‟qul kelsa, ittifoq
rahbariyatida shunchalik norozilik tug„dirar edi.
– O„zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishi qator xorijiy
mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo„lga qo„yishi u o„z taraqqiyot
yo„lini tanlab olganini ko„rsatar edi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, O„zbekistonda bu masalalarning hammasi
mustaqil ravishda hal etila boshlandi, mavjud muammolarni yechishda ittifoq
idoralaridan sezilarli ravishda oldinda borildi. Tabiiyki «markaz»dagilarning birortasi
ham O„zbekistonda amalga oshirilgan ishlarni olqishlab qabul qilmadi. Moskvadagi
karomatgo„ylar aksincha, go„yo bu O„zbekiston Prezidentining o„zboshimchaligi,
bularning hammasi ittifoq ko„rsatmalariga muvofiq kelmaydi yoki sovet davlati
siyosiy qarashlariga zid, deb baho bera boshlashdi.
Shunday bo„lsa-da, O„zbekiston rahbariyati SSSRda mavjud ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar borishini boshqalardan ko„ra tezroq angladi, hozirjavoblik bilan baholadi
12
va xulosaga keldi: 1991-yilning 31-avgustida «O„zbekiston Respublikasining davlat
Mustaqilligi asoslari to„g„risidagi qonun»ni qabul qildi. Ana shu qonun doirasida
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O„zbekiston SSRni
O„zbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentabrni Mustaqillik kuni deb e‟lon qilish,
O„zbekiston Konstitutsiyasiga o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish, shuningdek,
ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun
chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat
qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e‟lon qilingan hujjatini tan olishga
da‟vat etish to„g„risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O„zbekiston Mustaqilligining
dastlabki huquqiy poydevori edi.
Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini keskin tarzda bir
o„zandan ikkinchi o„zanga burib yuborgan, hayotimiz butunlay boshqacha tus olgan
va turmushimiz o„zgacha mazmun kasb etgan murakkab ruhiy-ma‟naviy holatni
boshdan kechirdik. Natijada yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz
o„zgarmoqda va mudrab qolgan ongimiz uyg„onmoqda.
«Mustaqillik», «hurriyat» degan so„zlar butun jozibasi bilan birga beqiyos
qudratini,
buyuk
o„zgartiruvchilik
mo„jizasini
ko„rsata
boshladi.
U
dunyoqarashlarimizni tubdan o„zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda.
Voqealar rivojini butun mohiyati bilan anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar
bilan qarashni, bu ko„hna olamda sho„ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham
borligini, boshqacha yashash ham mumkin ekanligini, kommunistik mafkuradan
bo„lak hayot lazzatini, inson qadr-u qimmatini himoya qiladigan g„oyalar ham
mavjudligini ko„rsatib berdi. Zotan, mustaqillikning buyuk mohiyati, beqiyos
qadriyati ana shunda. Mustamlakachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar
yog„dirgan beqiyos fojiasi – uning insonni mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan
mahrum etganida! Mustaqillik ana shu insoniy fojianing achchiq mazmunini ochib
berdi.
Istiqlol bizga o„zligimizni anglatdi. O„zini anglash – olamni anglash, olamni
tushunish – odamni tushunish, demakki, hayotning mazmunini idrok etishdir. Inson
o„zining butun mohiyatini, insonligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-
mohiyatini ham shunchalik chuqur anglaydi.
O„zligini anglagan kishi olamning butun rang-barangligi bilan birga hayot
mazmunini, o„zining shunchaki tiriklik va mavjudlik belgisi emas, aksincha,
tabiatning betakror mo„jizasi ekanligini, shu asnoda inson qadr-u qimmatini tobora
teranroq anglay boshlaydi. Ma‟rifatga muhtojligiga, xurofot va jaholat hayot
kushandasi, manqurtlik – o„zligini va olamni unutish ekanligiga tobora ko„proq
ishona boshladi. Demak, anglash tuyg„usi bevosita ichki bir quvvat bilan ma‟naviy
yetuklikka, komillikka da‟vat etadi.
Mustaqillikning asosiy qadriyatlaridan biri uning ijtimoiy, ma‟naviy mohiyati
bevosita omma fikrini uyg„otishdan, xalqning o„tmishi, buguni va kelajagi xususida
qayg„urish hissini kuchaytirishdan iborat. Aks holda tub islohotlarning umri qisqa,
taqdiri esa fojia bilan tugashi mumkin.
13
Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu burilish nuqtasining
o„ziyoq tafakkurimizni, tor dunyoqarashlarimizni, har tomonlama chegaralab
qo„yilgan tushunchalarimizni o„zgartirishni taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida
bir qolipdagi hayotdan so„ng beixtiyor olis o„tmishni eslashga, uni o„rganishga,
o„zligimizni anglashga kuchli ehtiyoj tug„ildi. Ichki bir tabiiy kuch million-million
kishilar qalbida mudrab yotgan tuyg„ularni harakatga keltirib yubordi. Natijada
odamlarning hayotga munosabati o„zgarib, o„z taqdiri bilan bog„liq bo„lgan zamin
istiqbolini o„ylashga zarurat sezmoqda.
Butun borlig„idan, ma‟naviy bisotidan judo qilingan xalq erkinlik tufayli katta
tashnalik bilan o„z tarixini bilishga intila boshladi. Bu borada ming yillar davomida
vujudga kelgan, xalqimizning daholik qudratini, quvvai hofizasini, shavq-u shuurini
qolaversa, ma‟naviy-ruhiy holatini belgilab beradigan xalq og„zaki ijodiga sho„ro
hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatnigina eslatish joizdir.
Sir emas. Sovet davrida asrlar mobaynida tildan-tilga ko„chib, avlodlar
davomiyligi va vorisiyligini saqlashda oltin halqa bo„lgan afsonalar, rivoyatlar,
ertaklar, topishmoqlar va latifalar zo„ravonlik bilan yo„q qilindi. «Alpomish»,
«Go„ro„g„li», «Hasanxon», «Nurali», «Sherali» singari dostonlar, milliy qo„shiq va
laparlar g„oyaviy nuqtai nazardan zararli deb topildi. Umuman, barcha milliy-
madaniy yodgorliklar singari o„zbek xalq og„zaki ijodining yuksak namunalariga ham
kommunistik mafkura nuqtai nazaridan qaraldi va ana shu o„lchov bilan baho berildi,
degan edi kuyinib professor M. Murodov.
Birgina misol «Alpomish» dostonida go„yoki xonlar va beklar sha‟niga hamd-u
sanolar o„qilarmish, bosqinchilik va zo„ravonlik tashviq qilinar emish, diniy ohanglar,
ilohiy kuchga ishonish, ilohiyatning mavjudligi kabi g„oyalar targ„ib qilinar emish...
Aslini olganda ham shunday edi. Biroq, ular Diniy va Dunyoviy tafakkurning noyob
sintezi sifatida umuminsoniy qadriyatga aylangan edi.
Darhaqiqat, o„zbek xalq dostonlarida diniy ohanglar, Allohning mavjudligi va
uning irodasi xususidagi talqinlar azaldan bo„lgan. Biroq, Kommunistik partiyaning
dahriylik mafkurasi dostonning ana shu jihatlariga yopishib olib, uni xudosizlik
tashviqoti quroliga aylantirmoqchi bo„ldi. Mazkur mafkuraning qabih g„oyasi tufayli
inson qalbidagi ishonch, e‟tiqod tuyg„usi mahv etildi. Tabiiyki, xudodan qaytgan
odam har qanday razolat va qabohatdan qaytmaydi. Xudobexabarlik iymonsizlik va
diyonatsizlikni keltirib chiqaradi. Natijada na Vatanga, na millatga, na o„tmish, na
istiqbolga e‟tiqod qoladi. E‟tiqodsizlik – xurofotga, xurofot jaholatga, jaholat esa
halokatga olib keladi. Jaholat, nodonlik hukmron bo„lgan joyda tanazzul
chuqurlashadi. Manqurtlik shaklidagi yovvoyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi. Sovet
tuzumining «ulug„ mafkurachi»lariga ayni shu narsa kerak edi. Shuning uchun ham
ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning ma‟naviy qahramoniga aylangan Alpomish
obrazi atay buzib tanqid etildi. Aniqrog„i, unga tuhmat qilindi.
O„zbek xalq og„zaki ijodiyotining odamlarni insof va diyonatga, imon va
e‟tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparvarlikka, odob-axloq va madaniyatga chorlovchi
asosiy g„oyalaridan foydalanish o„rniga ular o„tmishni ideallashtiradi, pirlar, aziz
14
avliyolar, podshohlar, muqaddas qadamjolar, maqbaralar-u madrasalarni ulug„laydi.
Shu tariqa odamlar ongini eskilik sarqitlari bilan zaharlab, ular e‟tiborini sovet
tuzumidan chetga tortadi, deb qoralandi. Xalq ijodiyotining ko„plab asarlari, masalan,
mashhur xalq kuychisi O„tar shoir Safarov aytgan «Oyparcha» dostoni qayta ishlanib,
xohlagancha qisqartirilib, «zamonaviy»lashtirilganidan, undagi asl g„oyalar tushirilib
qoldirilganidan keyingina nashr etildi. O„tar shoir Safarov o„g„li Qorabaxshiga kitobni
o„qitib o„ksigan, bu men aytgan doston emas, deb yig„lagan ekan.
30-yillardagi qatag„onda o„zbek xalqining eng iste‟dodli namoyandalari yo„q
qilindi. Ularga turli ayblar qo„yilib, har xil bahonalar bilan qatl etildi. Biroq, sho„ro
tuzumini maqtab, «xalqlar otasi»ni kuylagan ayrim shoirlarga ham kun berilmadi.
Sababi, ularning beqiyos iste‟dod ekanligi. Bir kun kelib baribir o„z xalqiga yon
bosishini oldindan payqagan qizil imperiyachilar ularni ham otib tashladi. Xususan,
dehqonobodlik Farmon baxshi quloq qilinishini sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh
Tojikiston, goh Qashqadaryoda qishloqma-qishloq, ovulma-ovul darbadar bo„lib
yashashga majbur bo„ldi. Ham o„zbek, ham tojik tilida dostonlar kuylagan Farmon
baxshining bebaho merosi yozib olinmadi. Bedodlik shu darajaga yetdiki, unga o„z
qishlog„iga kelib o„lishga ham ruxsat berishmadi, xoki o„zga joylarda qolib ketdi.
Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillarida turli sohalarda, turli
shakllarda yuz bergan. Qatag„onlar, mahv etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini
sindirdi. Odamlar bu mislsiz qirg„inlar natijasida bir umr tahlika va qo„rquv bilan
yashadi. Ana shu hadiksirash millat hayotini zaharladi. Turmush lazzatini, yashash
zavqini zaqqumga aylantirdi.
Jadidchilik harakatining faollari, ma‟rifatparvarlar, xalqimizning chin farzandlari
ona yurt istiqloli, millat istiqboli yo„lida tinimsiz kurashdilar. Buyuk ma‟rifatparvar
Abdulla Avloniyning fig„on va dard to„la quyidagi satrlariga befarq qarab bo„lmaydi:
«Xonumoni xarob, boyqushlarga hamdam, farzandlari haykaldek jonsiz, vayrona
Turkiston! Yo„q, yo„q sahni jonlik janoza birla to„lgan buyuk mozor! Unga o„lik
kimsalar – madfun zindalar qo„yilgan. Bu tirik o„liklar edi. Turkistonning bu kungi
noqobil avlodlaridir. Uning ahvoliga Yer ham, Osmon ham yig„laydi. U ham faqir,
ham haqir. Uning ahvoli chindan-da og„ir. Bir tarafdan behad yomon dardga
giriftorlik, ikkinchi tomondan xorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |