24
Respublika Oliy Sovetiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida O„zbekiston
SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Sovet Raisini saylash,
O„zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisini, hukumat a‟zolari va boshqa rahbar
lavozimdagi kishilarni tasdiqlash yoki tayinlash va zarur bo„lganda ularni muddatidan
oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida bir
marta Oliy So vet oldida hisobot berishi majburiy qilib qo„yildi. Shuningdek, Oliy
Sovet budjetni nazorat qilish, ministrlik va idoralar ishini tekshirish, deputatlar
so„rovini muhokama qilish masalalarini ham ko„rib chiqadigan bo„ldi.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu o„zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining oliy
idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni chog„da bu
vakolatlar uning ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan hamma joyda zudlik bilan uni
tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo„lgan noxush hodisalarning oldini
olish imkoniyatini ham berdi.
Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, O„zbekiston SSR Oliy Sovetini
respublikaning Sovet Federatsiyasida erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun kafolat
beradigan vakolatlar bilan ham ta‟minladi. Ilgari bu vakolatlarning ko„pchiligi faqat
ittifoq idoralarining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada ko„zda tutilgan
«mulkchilik munosabatlarini, xalq xo„jaligini va sotsial-madaniy qurilishni, budjet-
moliya sistemasini, mehnatga haq to„lashni, narx belgilashni, soliq, tabiatni muhofaza
qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni, shuningdek, bir qancha boshqa ijtimoiy
munosabatlarni qonun yo„li bilan respublikada tartibga solish» shular jumlasidandir.
Shuning uchun ham Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo„shimchalar deputatlar
tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Jumladan, sessiyada so„z olgan Farg„ona
viloyatidagi «Rishton» sovxozining brigada boshlig„i, deputat Saodatxon Yoqubova
«Ushbu sessiyada muhokama qilinayotgan masala g„oyat muhim bo„lib, davlatni
boshqarishda oshkoralik, demokratiya, inson manfaatlarini to„la himoya qilish,
davlatning fuqaro oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi huquqiy javobgarliklarini
ta‟minlashga olib keladi», – deb barcha sessiya qatnashchilari fikrini ifodaladi. Shu
boisdan sessiyada O„zbekiston Konstitutsiyasi (Asosiy Qonun)ga o„zgartirishlar va
qo„shimchalar kiritish to„g„risida» qabul qilingan Qonunning 101-moddasida
«O„zbekiston SSR Davlat hokimiyatining oliy organi doimiy ishlaydigan O„zbekiston
SSR Oliy Soveti bo„lib, u o„z faoliyatiga qonun chiqarish, farmoyish berish va
nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.
O„zbekiston SSR Oliy Soveti «O„zbekiston SSR ixtiyoriga berib qo„yilgan har
qanday masalani qarab chiqish uchun qabul qilish va hal etishga haqlidir», ayni
chog„da u milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi, – deb alohida
ta‟kidlab qo„yildi.
Aytish kerakki, respublika rahbariyatining O„zbekistonning siyosiy suverenitetini
ta‟minlashga qaratilgan qat‟iy pozitsiyasi I.A.Karimov tomonidan bir necha marta
ko„ndalang qilib qo„yildi. Jumladan, u KPSS Markaziy Komitetining 1989-yil 20-
sentabrida Moskvada bo„lib o„tgan Plenumida dadil tarzda:
Do'stlaringiz bilan baham: