Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Jayhun sohilidagi gavhar 
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Bugun biz qoraqalpoq elining go„zal poytaxti, yurtimizning shimoliy darvozasi 
bo„lmish Nukus shahrining 70 yillik to„yini bayram qilmoqdamiz. 
Mana shu qutlug„ sana munosabati bilan siz, azizlarni, sizlarning siymongizda 
butun Qoraqalpog„iston ahlini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga 
o„zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz. 
Qadrli do„stlar! 
Bugun biz navqiron Nukus shahrining katta to„yini nishonlar ekanmiz, bu shahar 
timsolida Qoraqalpog„iston diyorida ro„y berayotgan yangilanishlar, iqtisodiyot va 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, odamlarning turmush tarzida sodir bo„layotgan 
ijobiy o„zgarishlar haqida gapirishimiz tabiiy, albatta. 
Bu o„zgarishlar, avvalambor, qoraqalpoq xalqining mashaqqatli mehnati va 
g„ayrat-shijoati bilan erishilayotgan katta yutuqlarda, shahar va qishloqlar, 
ovullarning tobora obod bo„lib, respublika ishlab chiqarish salohiyatining yuksalib 


505 
borayotganida, yangi-yangi inshootlarning ishga tushirilayotganida yaqqol namoyon 
bo„ladi. 
Bular qatorida mintaqamizda yagona bo„lgan Qo„ng„irot soda zavodi, Xo„jayli 
shisha zavodi, «Markaziy Osiyo bezak toshlari» qo„shma korxonasi, Qo„ng„irotdagi 
karbid, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, O„rga gaz koni, «Eltsks» va «Kateks» 
kabi zamonaviy ishlab chiqarish majmualarini misol keltirish mumkin. 
O„rni kelganda shuni ham aytish kerakki, O„zbekistonning, jumladan, 
Qoraqalpog„istonning ham eng zaif nuqtasi – bu kommunikatsiya masalasi ekanini 
men doimo ta‟kidlab kelaman. Ana shu o„ta muhim muammoni yechish bo„yicha 
mamlakatimizda ko„p ishlar qilingani va qilinayotganidan sizlar yaxshi xabardorsiz. 
Ayniqsa, 345 kilometrli Navoiy – Nukus temir yo„li, Nukus bilan Xo„jaylini 
bog„laydigan ulkan ko„prik, Qo„ng„irot avtomobil yo„li kabi muhim strategik 
inshootlar bu zamindagi behisob tabiiy zaxiralarni o„zlashtirishga, ulardan, 
avvalambor, qoraqalpoq xalqining, butun yurtimizning farovonligi yo„lida 
foydalanishga xizmat qiladi. 
Ana shunday, odamlarning og„irini yengil qilishga qaratilgan ishlarimiz haqida 
gapirganda, birinchi galda, aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‟minlash 
masalasini alohida aytib o„tishimiz o„rinlidir. 
Oxirgi yillar davomida foydalanishga topshirilgan 243 kilometr uzunlikdagi 
Tuyamo„yin – Nukus, 112 kilometr uzunlikdagi Nukus – Taxtako„pir suv uzatish 
tarmoqlari bu borada g„oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda murakkab ekologik hududlarda yashayotgan odamlarga zarur 
sharoit yaratish maqsadida Chimboy va Taxtako„pir, Qo„ng„irot va Qanliko„l 
tumanlarining olis qishloq va ovullariga, jami 390 ta aholi punktiga ichimlik suvi 
yetkazib berish bo„yicha qilgan salmoqli ishlarimiz barchamizni quvontiradi. 
Hurmatli yurtdoshlar! 
Albatta, qo„lga kiritgan bunday yutuqlarimiz, ulkan loyihalarni o„zlashtirish 
yo„lida qilayotgan mehnatimiz va harakatlarimiz xalqimizning ertangi kunga 
ishonchini yanada mustahkamlaydi va kuchimizga kuch, g„ayratimizga g„ayrat 
qo„shadi. 
Ayni paytda oldimizda hali-beri o„z yechimini kutayotgan, shu tuproqda 
yashayotgan odamlarni qiynayotgan dolzarb muammolar ham borligini esdan 
chiqarmasligimiz va bu masalalar doimo e‟tiborimiz markazida turishi zarurligini 
anglab olishimiz darkor. 
Shu o„rinda men, avvalo, barcha rahbarlarni – ular Toshkentda yoki Nukusda 
bo„ladimi – ogohlantirib, alohida ta‟kidlab aytmoqchiman: 
Katta-katta loyihalar ustida ishlash bilan birga, odamlarimizning kundalik hayotiy 
muammolarini yechish, tashvishlarini yengillashtirish, ularga so„zda emas, amalda 
g„amxo„rlik ko„rsatish, bu masalada loqaydlik va to„rachilik kabi noxush holatlarga 
yo„l qo„ymaslik, bir so„z bilan aytganda, el-ulusning dardini o„z yuragi, o„z qalbidan 
o„tkazib yashash va ishlashni bugungi kunda hayotning o„zi taqozo etmoqda. 
Aziz do„stlar! 


506 
Qoraqalpoq deganda, bu zahmatkash xalqning o„ziga xos xususiyatlari, elni el, 
yurtni yurt qiladigan fazilatlari haqida gapirganda, avvalo, bizning ko„z oldimizda 
o„zining uzoq tarixi davomida ko„p azob-uqubat, qirg„in-qatag„onlarni boshidan ke-
chirgan, qancha-qancha og„ir yo„llarni bosib o„tgan, chidamli va bag„rikeng, mard va 
matonatli bir xalq siymosi paydo bo„ladi. 
Agar biz ona zaminga, Vatanga mehr va sadoqat haqida so„z yuritadigan bo„lsak, 
birinchi galda, sahro quyoshi, garmsel va izg„irin shamollarida toblangan, og„ir tabiiy 
sharoitda ham o„z yurtining tuprog„ini ko„ziga to„tiyo qilib, kelajakka ishonch bilan 
yashayotgan qoraqalpoq eli haqida gapirishimiz ham qarz, ham farz deb bilaman. 
Kimki bu jafokash xalqning beg„ubor qalbini, asriy orzu-armonlari, intilishlarini 
bilmoqchi, anglab yetmoqchi bo„lsa, uning aql-zakovati bilan yaratilgan «Qirqqiz» va 
«Shahriyor» kabi o„lmas dostonlarga, Kunxo„ja, Ajiniyoz va Berdax singari ulkan 
shoirlarning ta‟sirchan asarlariga murojaat qilsa, o„ylaymanki, o„zi uchun ko„p-ko„p 
ma‟no topadi. 
Qoraqalpoq xalqi azaldan o„zining bilimga tashnaligi, san‟atga bo„lgan yuksak 
muhabbati, o„z diyorining boshqalar anglab yetolmaydigan go„zalligi va jozibasini 
kashf etishdek noyob iste‟dodi bilan barcha-barchani maftun etib keladi. 
Shu borada birgina misol keltirmoqchiman. Kuni kecha mustaqilligimizning 12 
yilligiga bag„ishlangan tantanali bayram tomoshasida Qoraqalpog„iston san‟at 
ustalarining yorqin mahorati, ta‟sirchan kuy-qo„shiqlari shaxsan menga benihoya 
manzur bo„ldi. 
Agar shu tomosha yakuni bo„yicha qandaydir tanlov o„tkazilsa, boshqalar xafa 
bo„lmasin-u, men hech ikkilanmasdan birinchi o„rinni qoraqalpoq san‟atkorlariga 
bergan bo„lur edim. 
Qoraqalpog„istonning ana shunday katta iqtisodiy, ilmiy va ma‟naviy salohiyatini 
asrab-avaylab, uni yanada boyitishga munosib hissa qo„shib kelayotgan O„zbekiston 
Qahramonlari Anisiya Saidova, Allaniyoz O„teniyozov, To„lepbergen Qaipbergenov, 
ular qatorida Alimbay Mamutov, Tursunbay Yeshjanov, Sobir Kamolov, Ibrayim 
Yusupov, Jo„ldasbek Quttimuradov, Muyassar Razzoqova, Kenesbay Serjanov, 
Gulxaticha Ayimbetova, Eliza Aytniyazova kabi o„nlab ishlab chiqarish sohasi, ilm-
fan va madaniyat namoyandalarining nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. 
Muhtaram yurtdoshlarim! 
Biz bugun betakror qiyofa kasb etib borayotgan ko„pmillatli Nukus shahrini yirik 
sanoat, ilm-fan va madaniyat markazi, do„stlik va birodarlik shahri, deb ta‟riflaymiz. 
Va albatta, bu ta‟riflarning barchasi mustahkam hayotiy asos va zaminga ega. 
Buni hozirgi vaqtda Nukusda Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiyaning 
filiallari, Qoraqalpog„iston davlat universiteti, qator institutlar, qirqqa yaqin akademik 
litsey, o„nlab kasb-hunar kollejlari, teatr va muzeylar xalqimizning ma‟naviy-ma‟rifiy 
yuksalishi yo„lida xizmat qilayotgani ham tasdiqlaydi. 
Butun xalqimiz singari qoraqalpoq eli ham nafaqat bugungi hayot, balki ertangi 
kunimiz, istiqbol orzusi bilan, barchamizning tayanchimiz va suyanchimiz bo„lgan 
jondan aziz farzandlarimizning taqdiri va kelajagini o„ylab yashamoqda. 


507 
Shu ma‟noda, Nukus shahrining o„ziga xos va o„ziga mos yana bir xususiyati 
haqida gapirishni o„rinli, deb bilaman. Bugungi kunda shahar aholisining 65 foizini 
25 yoshgacha bo„lgan yigit-qizlar tashkil etadi. 
Bu yerda har o„n nafar fuqaroning biri, ta‟bir joiz bo„lsa, talaba bo„lib hayot 
kechirmoqda. Va bunday holat bu navqiron shaharning kelajagidan, katta 
imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat beradi. 
Shu zaminga xos, barchaning hayrat va hurmatini, zavqini uyg„otadigan yana bir 
belgi – alomat borki, u ham bo„lsa, mana shunday og„ir va murakkab, har qanday 
odam ham bardosh berolmaydigan bir sharoitda qoraqalpoq yoshlarining bilimga, 
yetuk inson bo„lib voyaga yetishga qat‟iyat bilan intilayotgani, xalqaro fan 
olimpiadalari va nufuzli jahon musobaqalarida qatnashib, yuksak marralarni egallab 
kelayotganidir. 
Istiqbolimiz timsollari bo„lgan Alisher Sanetullayev, Rustam Sultonov, Ruslan 
Urgenchbayev kabi bilimdon yoshlarimiz, Anifa Ortiqova, Ziyoda Sharipova, Maxset 
Utemuratov kabi iqtidorli san‟atkorlarimiz, Baurjon Kazdayev, Erkin Qutiboyev, 
Bahrom Ermatov singari mard va jasur sportchilarimiz nafaqat qoraqalpoq eli, butun 
O„zbekiston xalqining faxri va umidi, desak, aslo xato bo„lmaydi. 
Qadrli do„stlar! 
Men bugun sizlarning huzuringizga kelayotib, bayram arafasida Nukus shahrida 
amalga oshirilgan yangi qurilish va obodonchilik ishlari bilan tanishdim. Shuni 
mamnuniyat bilan aytishim lozimki, qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik salohiyati 
tobora ortib borayotganiga yana bir karra ishonch hosil qildim. 
Ayniqsa, yangi qurilgan shinam turarjoy binolari, go„zal maydon va xiyobonlar, 
teatr va muzey, sport majmualari, bozorlar, zamonaviy talablarga javob beradigan 
aeroport, temir yo„l vokzali va boshqa qator inshootlar ko„zlarni quvontirib, shahar 
chiroyiga chiroy qo„shib turibdi. 
Fursatdan foydalanib, ana shu ezgu ishlarda faol qatnashgan qo„li gul 
ustalarimizga, quruvchi va muhandislarga, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning 
ishchi-xizmatchilari, barcha mutaxassislariga o„z nomimdan, xalqimiz nomidan 
chuqur minnatdorchilik izhor etaman. 
Muhtaram vatandoshlar, qadrdonlarim, qoraqalpoq diyori, qoraqalpoq elini 
ulug„laydigan alomat va xususiyatlar haqida ko„p gapirish mumkin. 
Lekin bularning hammasini bir so„z bilan ifoda etadigan bo„lsak, qoraqalpoq 
maqolida aytilganidek, xalqning baxt-u taxti – uning tug„ilib o„sgan yeridir, uning 
jipsligi, ahilligi va og„iz birligidir. 
Bugungi unutilmas lahzalarda siz, azizlarning ochiq chehrangizga boqib, avval 
ham aytgan bir fikrimni yana takrorlamoqchiman: o„zimni nafaqat o„zbek, balki 
qoraqalpoq xalqining ham farzandi, deb hisoblash menga har doim kuch-quvvat va 
qanot bag„ishlaydi. 
Shuning uchun men ushbu go„zal oqshomda katta quvonch va iftixor bilan: 
– o„z elim – qoraqalpog„im omon bo„lsin, o„z qal‟am – Nukusim dunyo turguncha 
tursin, deyman. 


508 
Ishonaman, qoraqalpoq diyorining kelajagi, albatta, yorug„ bo„ladi, qoraqalpoq eli 
butun xalqimiz qatori o„z oldiga qo„ygan buyuk maqsadlarga, albatta, yetadi. 
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka 
yor bo„lsin! 
Yaratganimizning o„zi barchamizni panohida asrasin! 
Aziz do„stlar! 
Endi menga sharafli bir vazifani bajarish uchun ijozat etgaysiz. 
Xabaringiz bor, Nukus ahlining mamlakatimiz rivojiga qo„shayotgan katta 
hissasini, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ko„plab sohalarida qo„lga kiritayotgan salmoqli 
yutuqlarini, millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasidagi xizmatlarini inobatga 
olib, hamda 70 yillik to„yi munosabati bilan Nukus shahri «Do„stlik» ordeni bilan 
taqdirlandi. 
Ushbu qutlug„ va hayajonli lahzalarda Vatanimizning ana shu yuksak mukofotini 
siz, hurmatli, aziz yurtdoshlarimizga topshirish menga cheksiz quvonch bag„ishlaydi. 
Bu yuksak mukofot barchangizga muborak bo„lsin, Nukusning shon-shuhrati 
yanada ziyoda bo„lsin. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish