Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o„rni va rolini ko„chaytirishga



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.


partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o„rni va rolini ko„chaytirishga 
qaratilgan. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun turli xil siyosiy maqsadlarini ko„zlaydigan, 
saylovlardan so„ng shakllantirilgan hukumatning tutadigan va dasturiga o„z 
munosabatini belgilab oladigan siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomi 
aniq ta‟riflangan. Unga muvofiq, yangidan shakllantiriladigan hukumatning tutgan 
yo„li va dasturi yoki uning ayrim yo„nalishlari borasida o„zgacha fikri bo„lgan siyosiy 
partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan 
deputatlar o„zlarini muxolifat deb e‟lon qilishi mumkin. Bu parlament muxolifati 
institutining shakllanishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi. 
Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo„shilgan mustaqil deputatlar 
faoliyatini baholash prinsiplari va mezonlari esa demokratik davlatlarning 
umume‟tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi. 
Bu boradagi yana bir yangilik shuki, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida 
tuzilgan fraksiyasi o„z vakilini mazkur palata Spikeri o„rinbosari lavozimlaridan birini 
egallashiga kafolatli huquq berayotgani sababli Qonunchilik palatasi Spikeri 
o„rinbosari o„z vazifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a‟zolikni to„xtatib turishi 
hamda fraksiya va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligi 
bo„yicha amaldagi tartib tubdan o„zgartirildi. 
O„zbekiston Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash borasida partiyalarga muayyan 
huquqlar berildi. Chunonchi, Oliy Majlis palatalarining mansabdor shaxslari 
saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O„zbekiston 


162 
Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har 
biri va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan 
maslahatlashuvlar o„tkazadi. Shundan so„ng Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi va qonunda belgilangan 
ovoz berish amaliyoti o„tkaziladi. 
Mazkur amaliyot ko„plab demokratik mamlakatlarda, xususan, Germaniya, 
Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya davlatlarida mavjud. 
Siyosiy partiyalarning joylardagi rolini, hokimiyatning mahalliy vakillik 
organlarini shakllantirishdagi ta‟sirini kuchaytirish maqsadida viloyat va Toshkent 
shahar hokimi nomzodlari O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq 
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har 
biri bilan maslahatlashuvlar o„tkazilganidan so„ng tegishli xalq deputatlari 
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo„yildi. 
Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi 
lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to„g„risida O„zbekiston 
Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini 
berish nazarda tutilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan 
qo„llab-quvvatlansa, O„zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari Kengashi 
muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq ushbu masala yuzasidan 
qaror qabul qiladi. 
Yuqorida ko„rsatib o„tilgan o„zgartirishlardan kelib chiqib, O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritildi. Masalan, 
Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi tahririda berilmoqdaki, unda «O„zbekiston 
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig„idir va davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‟minlaydi», deb belgilab 
qo„yilgan. 
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma‟qullangan har ikkala qonunning 
qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko„lamli islohotlarning 
davomi, huquqiy va siyosiy tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi, 
kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qo„yilgan muhim qadamdir. 
Mamlakatda 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish