Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo„l bilan hokimiyat uchun kurashi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

2-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo„l bilan hokimiyat uchun kurashi, 
ularning xalq tomonidan badnom qilinishi 
Inson hayot ekan, u hamisha ikki kuch – yovuzlik va ezgulik o„rtasida yashaydi. 
Ana shu tuyg„ular kishi qalbining tub-tubiga o„rnashib olib, turli davrlarda, turli 
holatlarda o„zini ko„rsatib turadi. Bu tabiiy hodisa. 
Biroq, ma‟naviyat, ma‟naviy yetuklik va komillik singari tushunchalar ham borki, 
u hamisha kishini hushyorlikka, o„zini o„zi boshqarib turishga, atrofidagilarga e‟tibor 
bilan qarashga da‟vat etib turadi. Ana shunday paytda shaxsning beqiyos 
imkoniyatlari, o„zini o„zi idora qilish salohiyati ko„zga yaqqolroq tashlanadi. Agar 
kishi siyosiy arbob, davlat boshqaruvchisi yoki bunday nufuzlarga da‟vogar bo„lsa, 
undan yana ham ko„proq mas‟uliyat talab etiladi. Zotan, jamiyat taraqqiyoti, kishilik 
hayotidagi barqarorlik, mamlakatda shakllanadigan ma‟naviy-ruhiy muhit bevosita 
ana shu fazilat bilan bog„liq. 
Fikrlar xilma-xilligi, so„z va fikr erkinligi jamiyatni sog„lomlashtiruvchi, uni 
barkamol qiluvchi noyob voqelik. Biroq, bu xayolga kelgan gapni aytish, ko„ngil 
tusagan ishni qilish, o„z manfaati uchun hamma narsaga tayyor turish degani emas. 
Aksincha, umummanfaat, umumjamiyat taraqqiyoti yo„lidagi sog„lom harakat, 
sog„lom fikr yuritish, imon-e‟tiqod yuzasidan ish tutish demakdir. Ulug„ 
bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy ham «Agar fikrlari va harakatlari jamiyat 
manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo„lsa, mamlakatni bunday kishilardan ozod qilish 
kerak», deya bejiz aytmagan edi. Bir necha ming yillar mobaynida milliy 
davlatchiligimiz tarixiy tajribalarida sinovlardan o„tgan bunday xulosalar hozir ham 
o„z qiymatini yo„qotgan emas. 
Ma‟naviy yetuklik, ma‟naviy barkamollik rahbarning beqiyos fazilati. Zotan, 
Sharqda azaldan rahbar kishi yurt otasi, xalq yo„lboshchisi sifatida tan olingan. 


165 
Yurtboshi o„z xalqini farzandi kabi ulug„lagan, uning kundalik tashvishi, orzu-
armonlari, sevinch-u quvonchlaridan har doim xabardor bo„lgan. Fuqarolar esa o„z 
davlatboshchisini padari buzrukvori darajasida ko„rgan. Unga ergashgan. Jahon 
siyosatdonlari Sharqda bunday munosabatni yuksak ma‟naviyat va komillik mahsuli, 
deb talqin etishadi. 
Darhaqiqat, xalq tashvishi, yurt istiqboli siyosiy yetakchining maqsad va g„oyasi 
bilan qorishib ketgan taqdirda u o„z davrining yo„lchi yulduziga, haqiqat timsoliga 
aylanadi. Natijada hamisha odamlar ko„ksidagi ezgulik tuyg„ulariga jon bag„ishlaydi, 
hayot baxsh etadi. O„z mamlakati fuqarolarini yaxshilikka undaydi. Yaratishga, 
yashnatishga, bunyod etishga, o„zidan kelgusi avlodlarga munosib meros qoldirishga 
da‟vat etadi. 
G„oyalari va maqsadlari shaxsiy manfaat atrofida o„ralashib qolgan «arbob»lar 
ham tarixda ko„p uchraydi. Ular hamisha o„z mamlakati va xalqi manfaatini shaxsiy 
shon-shuhrat, soxta obro„-e‟tibor va manfaat yo„lida qurbon qiladi. Mustaqillikning 
o„tgan qisqa davri, xususan, uning dastlabki yillari xalqimizni ana shunday 
«arbob»larga ham ro„baro„ qildi...
Turli qarama-qarshi g„oyalar bilan yashayotgan siyosiy guruhlar va partiyalar agar 
chindan ham xalq va mamlakat manfaatini ko„zlaydigan bo„lishsa, ular o„tish davrida, 
jamiyat tubdan yangilanayotgan bir sharoitda birlashib faoliyat ko„rsatadilar. Chunki 
eng avvalo jamiyatni sifat jihatidan sog„lomlashtirish, uning har tomonlama 
taraqqiyotiga zamin yaratish umumiy manfaatlar mazmunini belgilaydi va ana shu 
maqsad ularni birlashib harakat qilishga da‟vat etadi.
Chinakam yangilanishlar butun jamiyat hayotida ham, odamlar ongi va tafakkurida 
ham, ularning turmush tarzida ham tub burilishlar yasaydi. Yangicha yashash va 
yangicha fikrlash tarzi shakllangunga qadar har qanday g„oyaviy po„rtanalar va 
siyosiy bo„hronlarga erk bermaslik, og„ir-vazminlik, qat‟iy iroda va siyosiy yetuklik 
namunasini ko„rsatish katta ahamiyatga ega ekanligini hayot ko„rsatmoqda. 
Yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, til, matbuot va vijdon erkinligi kabi xalqimizning 
azaliy orzu-umidlarini o„ziga shior qilib olgan «Birlik» harakati ma‟lum bir muddat 
turli nomaqbul yo„llar bilan respublika siyosiy hayotiga o„z ta‟sirini o„tkazishga 
harakat qilib ko„rdi. Lekin mamlakatni ma‟naviy va iqtisodiy inqirozdan olib 
chiqishga qaratilgan biron-bir aniq dasturga, xalqni bir yoqadan bosh chiqarib yurt 
osoyishtaligi va Vatan ravnaqini ta‟minlashdek yagona maqsadga chorlovchi g„oyaga 
ega bo„lmaganligi sababli ko„p o„tmay ushbu harakat xalq ishonchsizligiga uchradi va 
respublika siyosiy sahnasidan tushib ketishga majbur bo„ldi. 
Tashqi g„animlarning respublikada mavjud barqarorlikni buzishga qaratilgan xavf-
xatarlarini bartaraf etish endigina oyoqqa turgan mustaqil O„zbekiston uchun katta 
muammo bo„lib turgan bir paytda, «Birlik» harakati tarafdorlari kabi ichki 
g„animlarning ba‟zan ko„r-ko„rona, ba‟zan atayin yuzaga qalqib chiqishi respublikada 
barqarorlikni ta‟minlashga jiddiy tahdid tug„dirar, xalq hayoti osoyishtaligini jiddiy 
xavf ostiga qo„yar edi. Respublikada barqarorlikni ta‟minlash, xalqimiz yakdilligiga 
raxna soluvchi, xalqimiz uchun ham, davlatimiz uchun koni ziyon bo„lgan bunday 


166 
harakatlar faoliyatini bartaraf etish, respublika xalqini buyuk kelajak qurishdek 
yagona maqsad sari chorlovchi sog„lom siyosiy muhit yuzaga kelishiga imkon 
yaratish maqsadida yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib Yurtboshimiz qat‟iy 
ta‟kidlagan edi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish