Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Jamiyatni  demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish»



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Jamiyatni 
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish»
nomli ma‟ruzasi va u asosda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi faoliyatining keyingi 
ustuvor vazifa hamda yo„nalishlarini belgilab berdi. 
Ushbu qarorda siyosiy partiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat 
hayotidagi masalalarni hal etishdagi ularning ta‟siri va ishtirokini yanada oshirishga 
doir chora-tadbirlar mustaqillik davrida amalga oshirib kelingan ishlarning mantiqiy 
davomi bo„ldi. 
Dastavval siyosiy partiyalar vakillik organlari – O„zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va viloyat, tuman, shahar Kengashi 
deputatlarini saylash jarayonlarida qatnashishi, ular o„rtasida raqobat muhitining 
yuzaga kelishi, ular o„rtasidagi kurash mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan 
yutuqlardan biri bo„ldi. Chunki, davlat va jamiyat hayotida yakkahokimlik qilgan 
partiyadan bir necha partiyaviy tizimga o„tildi. Xalq o„zining partiyalarga bo„lgan 
ishonchini o„tkazilgan saylovlar orqali ko„rsatdi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi fraksiyalarini tashkil etish va ular faoliyatini huquqiy jihatdan ta‟minlash 
siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat masalalarini hal etishda o„rni va rolini yana 
bir bosqich yuqoriga ko„tardi. Chunki, qonunchilik organida siyosiy partiyaning o„z 
oldiga qo„ygan saylovoldi dasturlarini amalga oshirish borasidagi sharoit yaratib 
berildi. 
Ikki 
palatali 
parlament 
sharoitida 
siyosiy 
partiyalarni 
moliyalashtirish 
masalalarining yo„lga qo„yilishi va qonunchilik palatasi tomonidan O„zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlanishi siyosiy partiyalarning jamiyatidagi 
mavqeini yana bir pog„ona ko„tarishga xizmat qildi desak xato bo„lmaydi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokratlashtirish va 
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, maqsad va vazifalarni amalga 
oshirish Dasturi to„g„risida»gi qarori ilovasiga asosan siyosiy partiyalarga davlat 
tomonidan berilayotgan subsidiya, grant va boshqa tartibdagi yordamlarni huquqiy 
jihatdan kafolatlash, davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich 
jamoat tashkilotlariga topshirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, joylardagi davlat 
hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kuchaytirish 
maqsadida ular ishtirokida ijtimoiy sherikchilik bo„yicha jamoatchilik komissiyalarini 
tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy partiyalarga 
yaratilayotgan imkoniyatlarni yaqqol namoyon qiladi. 


161 
Yuqorida nazarda tutilgan siyosiy partiyalar faoliyatini isloh qilish bosqichma-
bosqich, turli xil sakrash va inqiloblarsiz, yuqorida ta‟kidlaganimizdek, barqaror 
amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o„z navbatida ularning davlat boshqaruv tizimidagi 
rolini oshib borishiga xizmat qilayapti. 
Shu ma‟noda Prezident I.A.Karimov tomonidan parlament quyi palatasiga 
Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning 
rolini kuchaytirish to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va «O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 
15-bandiga, 102-moddasining 2-qismiga) tuzatishlar kiritish to„g„risida»gi Qonunlar 
loyihalarida ilgari surilgan yangicha qoidalarga ham to„xtash joiz. Chunki ushbu 
qonunlar mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko„zlovchi «Kuchli davlatdan 
kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini ifodalaydi. Ushbu Qonun loyihalari Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis Senatining IX (2007-yil mart) 
yalpi sessiyasida ma‟qullandi. Shu bilan birga siyosiy partiyalarning sa‟y-harakatlari 
orqali fuqarolarning davlat boshqaruvida faol qatnashishining huquqiy asosini 
ta‟minlaydi. 
Shubhasiz, qonun chiqaruvchi hokimiyat – parlamentning samarali faoliyati 
siyosiy partiyalar faolligiga bog„liq bo„lgani bois, ushbu qonunlar siyosiy 
Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish