159
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan muhim qoida siyosiy
institutlarning, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va ularning o„zaro raqobat asosida
rivojlanishi belgilab qo„yildi.
Bundan tashqari, O„zbekiston Respublikasining
«Jamoat birlashmalari to„g„risida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog„liq bir
qator qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli siyosiy tabaqa va
guruhlarning irodasini ifoda etishi, demokratik yo„l bilan saylab qo„yiladigan vakillik
organlari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi qonun bilan
mustahkamlandi. O„zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to„g„risida»gi
qonuni siyosiy partiyalar faoliyatining umumiy tavsifini shakllantirib berdi.
O„zbekiston Respublikasining «O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to„g„risida», «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida», «Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to„g„risida»gi qonunlarining
qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi mustaqillikning
dastlabki yillarida amalga
oshirilgan zarur demokratik islohotlardan biri bo„ldi.
Ko„ppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi – O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliyatini yanada jadallashtirish borasida
o„ziga xos ishlarni olib bordi. «Siyosiy partiyalar to„g„risida»gi O„zbekiston
Respublikasining qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalarning
faoliyatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida fraksiyalar faoliyati
yo„lga qo„yildi. Bir qator qonunlarga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritildi. Qabul
qilingan qonunlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni
demokratlashtirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz
tezlashtirishga qaratildi.
Siyosiy partiyalarning aholi va o„z saylovchilari o„rtasida obro„-e‟tiborini oshirish,
ularning iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta‟minlash
bilan bir qatorda moliyaviy
manbalarini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yili O„zbekiston Respublikasining
«Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalash to„g„risida»gi qonuni qabul qilindi.
O„tgan davr mobaynida to„plangan tajriba va ko„nikmalarga tayangan holda
O„zbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda o„tkazilgan umumxalq referendumi
O„zbekistonda siyosiy partiyalarning faoliyat yo„nalishini yangi bosqichga ko„tardi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini ikki palatali qilib shakllantirish va uning
quyi palatasini doimiy asosda faoliyat ko„rsatishi
siyosiy partiya respublika
parlamentida ko„proq o„rin egallashini, ular o„rtasidagi o„zaro raqobat yuzaga
kelishini ta‟minlab berdi. «O„zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov
to„g„risida»gi, «Xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov
to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa bir qator qonun
hujjatlariga qo„shimcha va o„zgartishlar kiritildi. «O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi qonunchilik palatasi to„g„risida»gi, «O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
Reglamenti to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunlari yangidan qabul qilindi.
Ikki palatali parlament tizimida nafaqat respublika vakillik organlarida siyosiy
partiyalarning faoliyati samaraliroq kuzatildi, balki joylardagi vakillik organlarida
ham ular avvalgiga qaraganda ancha faolroq ishtirok etadilar. Chunki parlamentning
160
yuqori palatasi – Senat aynan joylardagi vakillik asosida
shakllantirilishi qonunchi-
likda belgilab qo„yildi.
Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi siyosiy partiyalar faoliyatidagi yana bir
yangi bosqich bo„ldi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi
Do'stlaringiz bilan baham: