Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«Iqtisodiy tanglik davrida nizo chiqarish juda oson. Gugurt



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Iqtisodiy tanglik davrida nizo chiqarish juda oson. Gugurt 
chaqilsa bas – ho„l-u quruq baravar yonib ketishi mumkin. Men bu gapni ilgari 
ham ko„p marta aytganman, lekin bugun, azizlar, birodarlar, boshqa 
qo„shnilarimizning ahvolini ko„rib, yana bir marta takrorlashga majburman. 
Sizlarni, sizlar orqali barcha vatandoshlarimizni hushyorlikka da‟vat 
etmoqchiman. 
Fuqarolar to„qnashuvi bo„layotgan mintaqalarda odamlar nobud bo„lyapti, 
qon to„kilyapti, xalq xo„jaligi yuz millionlab so„m zarar ko„rmoqda, mol-hol 
qarovsiz, dalalar ekinsiz qolib ketmoqda.
O„zbekistonning yo„li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab, bozor 
iqtisodiyotiga o„tishni shoshmasdan, aholining nochor qismini asrab-avaylab, 
ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berib, ana undan keyin amalga 
oshirishga bel bog„ladik. 
Quruq va‟dalar, jizzakilik, siyosiy jazavalar payti o„tdi. Bugun xalqimizga 
tinchlik va osoyishtalik kerak. Oldin qorinni to„yg„azib, ishning sarhisobini qilib, 
to„g„ri yo„lni tanlab, bozor iqtisodiyoti uchun zamin hozirlab, undan keyin 
siyosiy bahslar bilan shug„ullanish mumkin. Oldin hammamiz bir bo„lib, bir tan-
bir jon bo„lib, ertangi kun harakatini qilaylik».
O„z yo„liga sobitlik, qat‟iyat va iroda eng og„ir paytlarda mustaqillik degan oliy 
ne‟matni asray oldi. Darhaqiqat, xalq orzu-umidi va ehtiyojlari bilan davlat 
siyosatining uyg„unligi ta‟minlanmasa bunday taraqqiyotning umri qisqa bo„ladi. Har 
qanday sharoitda ham o„tish davrida davlat siyosatida qat‟iy iroda, qarama-qarshi 
fikrlarga to„g„ri munosabat, zarur kelganida esa «diktatura» ko„rinishidagi 
qattiqqo„llik, qat‟iy talab ehtiyoj darajasiga ko„tariladi. Ana shu ehtiyoj qondirilgan 
taqdirdagina jamiyatda barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, ma‟naviy ravnaq qaror 
topadi.
Demokratiya ishqibozlari o„z faoliyatlaridagi jiddiy nuqsonlarni, g„oyaviy 
kemtiklikni va tashkiliy noshudlik illatlarini jazavalar-u vasvasalar bilan niqoblashga 
qanchalik intilishmasin, qaysidir darajada mavjud siyosiy rejim oqibatida vujudga 
kelgan nuqsonlardan jabr tortayotgan, iqtisodiy, huquqiy va ma‟naviy jihatdan qiyin 
ahvolga tushib qolgan aholining ikkilanishlaridan, ichki noroziliklaridan ustomonlik 
bilan foydalanmoqchi bo„ldilar. 
Ya‟ni, haqiqatga tashna, yaqin o„tmishdagi to„rachilik va ma‟muriy-buyruqbozlik 
illatlaridan zada bo„lgan, tobelik va mutelik, qo„rquv va hadik ezib yuborgan xalqning 
sabr kosasi to„lgan bir sharoitda u kimgadir ergashishga muhtoj edi. O„zlarini 
millatparvar qilib ko„rsatishga intilganlar aholining ana shu kayfiyatidan 
foydalanishga, shu yo„l bilan nimalargadir erishishga intilishardi. 
Ularning o„z iboralari bilan aytganda, muxolifat sifatida maydonga chiqishlari 
jamiyat hayotida ijobiy hodisa ekanligi ma‟lum. Chunki har qanday jamiyatda 
muxolifatning 
mavjudligi 
fikrlar 
xilma-xilligi, 
dunyoqarashlar 
turlichaligi, 
g„oyalarning rang-barangligiga olib keladi va oxir-oqibatda eng sog„lom fikrni 


170 
tanlashga, eng sog„lom g„oyalarga ergashishga imkon beradi. Biroq, bu jamiyat hayoti 
bir tekis ketayotgan, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma‟lum bir izga tushgan, jamiyat 
taraqqiyotini yo„naltiruvchi kuch – omma fikri mustahkam va yagona zanjirga 
aylangan bir paytda samara berishi mumkin. 
Biroq, yuqorida aytganimizdek, jamiyat bir holatdan ikkinchi holatga o„tayotgan 
bir sharoitda barcha kuchlarni birlashtirish, umumiy manfaat yo„lida birlashib 
kurashish singari yuksak siyosiy madaniyat, xalq va mamlakat oldidagi nihoyatda 
og„ir mas‟uliyat milliy ravnaq va iqtisodiy barqarorlikning asosidir. 
Afsuski, O„zbekistonda faoliyat ko„rsatgan, o„zlarini muxolifat deb bilgan siyosiy 
kuchlar ana shu muhim holatga baho bera olmadilar. O„zbekiston mustaqillikka 
erishgach endi mamlakat hayotida jiddiy o„zgarishlar yuz berishi mumkinligi, uning 
xoh ijobiy, xoh salbiy oqibatlari bo„lmasin, hamma uchun birday tegishli ekanligini 
anglay olmadilar. Ular faoliyatida siyosiy va hayotiy mantiqning eng oddiy 
ko„rinishlari ham ko„zga tashlanmadi. Buni nimalarda ko„rish mumkin? 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish