Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Uchinchidan
,
shuni ham ta‟kidlash kerakki, kadrlar siyosatida 1970–80-yillarda 
bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namoyon bo„ldi. Bir tomondan kadrlar 
korpusida turg„unlik holati ancha kuchli namoyon bo„ldi. Bir qancha partiya 
komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho„ro va xo„jalik 
organlari xodimlari orasida ba‟zida o„n yillab zarur kadrlar o„zgarishi ro„y bermadi. 
Masalan, O„zbekistonda 10–15 yillab viloyatlarning birinchi rahbarligi lavozimida 
ishlagan kishilar bo„ldi. Faqat bu hol respublika viloyat va tuman darajasida emas, 
korxona va xo„jalik rahbarligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun‟iy turg„unlik 
xizmat mansabini suiiste‟mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo„jaligi 
boshlang„ich darajasida yana noxush hol, rahbar kadrlarni tez-tez almashtirish uchray 
boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib borish o„rniga, ularning professional o„sishida 
amaliy 
yordam 
berish o„rniga, faoliyatlari va imkoniyatlari to„g„risida 
shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi. 
Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik – rahbarlikning barcha darajalarida 
kadrlarda markaz buyrug„iga so„zsiz itoat qilish tuyg„usi tarbiyalandi. Xavfli 
kasallikka aylangan bunday holat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g„oyat 
kuchaydi. Bu davrda markazdan bo„lgan har bir qo„ng„iroq, markazning «otalarcha 
g„amxo„rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog„da 
markazdan bo„lgan asossiz ko„rsatmalar esa so„zsiz bajariladigan holat vujudga keldi. 


123 
To„rtinchidan
, kadrlar siyosatidagi jiddiy xatolik markaz tomonidan milliy 
respublikalarga, jumladan O„zbekistonga mahalliy sharoitni bilmagan kadrlarning 
yuborilishi bo„ldi. Masalan, 1988-yil boshlariga kelib O„zbekistonga Moskva, 
Leningrad va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi partiya, kasaba 
uyushmasi va komsomol tashkilotlarida, shuningdek, ma‟muriy organlarda ishlash 
uchun yuborildi. Natijada mahalliy xalq hayoti bilan, mahalliy kadrlarni ishchanlik 
qobiliyati, tashkilotchiligi, bilim darajasi, odamlar bilan ishlash malakasi bilan 
mutlaqo tanish bo„lmagan kishilar ko„payib ketdi. Ular respublikada aholi milliy 
ongini o„stirishga oid har bir chiqishni millatchilik, deb qabul qildilar. Bu oxir-oqibat 
yomon ahvolga olib keldi. 
Endilikda, aniqrog„i mamlakat mustaqil davlat maqomiga ega bo„lgandan keyin, 
O„zbekistonda qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyat 
talablariga mos kadrlar siyosati ishlab chiqilishi lozim edi. O„zbekiston Prezidenti o„z 
harakat Dasturida hozirgi zamon kadrlar siyosatidagi asosiy yo„nalishni belgilab, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish