124
– viloyatlarning hokimlari, O„zbekiston Respublikasining Prezidentiga va Xalq
deputatlari tegishli kengashlariga hisob beradilar. Prezidentning joylardagi rasmiy
vakillari bo„ladilar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va
lavozimidan ozod qilinadilar. Hamda shundan so„ng
tegishli xalq deputatlari
kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar;
– tumanlar va shaharlarning (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli
viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli tuman, shahar kengashi
tomonidan tasdiqlanadilar», – degan mazmunda qaror qabul qildi.
Shuningdek, ushbu hujjatda hokimlar boshchiligida xalq deputatlari viloyat,
shahar, tuman Kengashlari mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni
umumdavlat manfaatlariga mos tarzda, Kengash hududida yashayotgan fuqarolarning
manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladilar. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlarini, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, – deyiladi.
Shundan keyin, qonun talablari asosida joylarda viloyat, shahar va tuman
hokimlarini tanlash, tayinlash ishini amalga oshirish uchun
tashkilotchilik ishlari
amalga oshirildi. Avvalo bo„lajak yangi hokimlarning bilim darajasi, tashkilotchilik
va tadbirkorlik fazilatlari, xalq ichida obro„-e‟tiborga ega bo„lish, ishni uddaburonlik
bilan olib borish fazilatlari hisobga olindi. Shu ma‟noda Prezident devoni, Vazirlar
Mahkamasining mas‟ul xodimlari, viloyatlarda, shahar
va tumanlarda deputatlar va
mahalliy faollar bilan jonli, oshkora suhbat, maslahatlashuv olib bordilar.
Hokimlarning ko„pchiligi rahbarlik ishida va katta hayot tajribasiga ega kishilarni
tashkil qilar edi. Ayni paytda hokimlar safiga yangi kuchlar ham kelib qo„shildi.
Masalan, 50 dan ortiq hokimlar birinchi marta tuman va shahar rahbarligiga kelgan
kishilar edilar. Ular respublikada yashovchi turli millatlarning vakillari edi. Jumladan
7 millat vakili hokim – ya‟ni birinchi rahbar qilib tasdiqlandi.
Yangi sharoitda rahbarlik lavozimlariga ko„plab yangi, yosh kadrlar qo„shildi. Bu
hol mustaqillik sharoitida rahbarlikning yangicha ish uslubini ularga o„rgatishni
taqozo qila boshladi. Shu maqsadda 1992-yil 3-aprelda Toshkentda viloyat, shahar va
tuman hokimlari bilan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi
uchrashuvi bo„ldi. Ushbu uchrashuvda mustaqillik qo„lga kiritilgandan keyingi
davrdagi dastlabki yutuqlar, kadrlar siyosatining shakllanishi va uning strategiyasi
atroflicha tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklar va galdagi vazifalar ko„rib chiqildi.
Chunki, ayrim joylarda avvalgi partiya va sovet tashkilotlaridagi eskicha uslubdan
hamon voz kechilmagan edi. Masalan, fuqarolar bilan ishlash,
ularning talab va
istaklarini qondirish borasida joylarda jiddiy nuqsonlarga yo„l qo„yilayotgani
uchrashuvda tashvish bilan qayd qilindi. Masalan, 1992-yilning yanvar – mart
oylarida mamlakat Prezidenti qabuliga 5000 ga yaqin kishi murojaat qilgani, bu
avvalgi yilga nisbatan ancha ko„p ekanligi aytildi. Eng ko„p shikoyat va arizalar bilan
murojaat qiluvchilar Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg„ona viloyatlari
fuqarolari edi. Xatlar mazmunini o„rganish Prezidentning nomiga kelgan umumiy
shikoyat va arizalarining 80 foizini joylarning o„zida hal qilish mumkinligini
ko„rsatdi.
125
Masalan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan yo„llangan
xatda bir guruh
o„qituvchilar 1989-yildan buyon yer uchastkasi olisholmayotganligi haqida
Prezidentga shikoyat qilingan. Bu masala tuman va viloyat rahbarlari huzurida hal
bo„lmagan. Oqibatda Prezident devoni aralashuvi bilan masala ijobiy hal qilindi.
Ikkinchi jahon urushining nogironi farg„onalik M.Yo„ldoshev uy-joy sharoitini
yaxshilash yuzasidan 1991-yil oxirida Prezidentga xat bilan murojaat qiladi. Biroq,
Farg„ona viloyati ijroiya qo„mitasi bu masalaga mas‟uliyatsizlik bilan qarab
«arizachining urush nogironi ekanligini inobatga olib tegishli hujjatlar bilan yashash
joyidan imtiyozli navbatga olinishi taklif qilindi», degan mazmunda javob xati
yo„llagan. Vaholanki, M.Yo„ldoshev 1988-yildan buyon imtiyozli navbatda turgan.
Ushbu ikki misol jamiyatda tub yangilanish jarayoni
boshlanganiga qaramasdan,
joylardagi hokimliklarda fuqarolarning talab va ehtiyojlariga e‟tiborsizlik bilan
qaralayotganini ko„rsatadi. Boshqaruv shakli o„zgarsa-da, eski uslub o„zgarmagani,
bu natijada mahalliy hokimiyat tasarrufiga tegishli bo„lgan ko„pdan-ko„p masalalar
idorama-idora o„tib yurishiga olib kelmoqda edi. Bunday uslubdan yangi sharoitda
mutlaqo voz kechish yangi jamiyatning qat‟iy talabi ekanligi ko„rsatib o„tildi.
Uchrashuvda Prezident I.A.Karimov qanday tamoyillar va talablar asosida kadrlar
tanlash lozimligi haqida fikr yuritib, quyidagi holatlarga alohida urg„u berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: