Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

3-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi 
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e‟tibor kuchaydi. 
1991–1996-yillarda 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasida 
ma‟lum 
demografik 
o„zgarishlar ro„y berdi. Tug„ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-
yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug„ilishning kamayishi o„z o„rnida respublika 
aholisining o„sish darajasiga ta‟sir etdi. Jumladan, O„zbekistonning viloyatlar ichida 
aholi o„sishi eng past bo„lgan Toshkent viloyatidan (23,4) pasayib ketdi (18,6). 
Demografik o„zgarishning asosiy sabablaridan biri tug„ilishning kamayishiga, 
aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog„liqdir. 1991–1996-
yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko„chib 
ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo„yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, 
shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil 
etdi. 1996-yilda aholining o„rtacha yillik o„sishi 1,36 foizga teng bo„ldi. 
Ishsizlar soni har yili o„zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 
1996-yilda 16 ming ishchi o„rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. 
Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan 
ta‟minlash imkonini berdi. 
1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so„mni, xarajatlar esa 6300 
so„mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko„paydi. 
Daromadlarning ko„payishi iste‟mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon 
boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 so„mlikni tashkil qildi va 
2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o„sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, 
maishiy xizmat 2,7 martaga ko„payib jon boshiga 679 va 108 so„mni tashkil etdi. 
Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko„rsatish hajmi O„zbekiston 
Respublikasi ko„rsatkichidan 2,2 marta kam bo„ldi.
1996-yilda aholiga 7,2 milliard so„mlik iste‟mol mollari sotilgan. Bu amaldagi 
narxlarda 1995-yildagiga nisbatan 2,1 marta ko„p. Tovar aylanishining jami hajmi 
10,3 foizga yoki 350,5 million so„mlikka ko„paydi. Tovar oborot hajmida davlat 
sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o„sib bordi. Rasmiy savdo 
tarmoqlariga nisbatan iste‟mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami 
tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi. 
Ishchi va xizmatchilarning o„rtacha ish haqi izchil o„sib bordi. 1996-yilda u 1409 
so„mdan 2761,1 so„mga yetdi yoki 1,96 marta ko„paydi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi – onalar o„limi soni 
kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo„yicha 
milliy Dastur»i hamda «Yosh avlodni sog„lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab 
chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996-yilda onalar o„limi 1991-


141 
yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o„limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador 
ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug„ishgacha bo„lgan davolanishdan o„tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi. 
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag„lari bilan birga nodavlat manbalaridan 
ham foydalanilmoqda. Xo„jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda 
ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», 
«Tibta‟minot» dorixona muassasalari to„la davlat tasarrufidan chiqarilib, 
xususiylashtirildi.
Lekin shu bilan birga respublikadagi ekologik tanglik tufayli aholining kasallanishi 
kamaymadi. Masalan, bu ko„rsatkich 1996-yilda 1991-yilga nisbatan 26,3 foizga 
ko„paydi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1992-yilda 
Nukusda Orol muammosiga bag„ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo„ldi. Bu 
konferensiya qarorlaridan kelib chiqib, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog„iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar 
oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish 
chora-tadbirlari to„g„risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini 
ta‟minlash maqsadida O„zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to„la hal qilindi. 
1992–1996-yillarda Tuyamo„yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 
885 kilometr vodoprovod tarmog„i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan 
ta‟minlanish darajasi 59,5 foizga yetdi. Shu yillarda 16,3 kilometr kanalizatsiya va 
4057,5 kilometr gaz tarmoqlari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan 
ta‟minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 100 foizni, qishloqda 72,4 foizni 
tashkil etdi. 
Qoraqalpog„iston xalqi I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo 
mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig„ini katta qoniqish bilan 
kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning 
beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida 
o„tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo„yi aholisiga amaliy yordam berish 
masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I.A.Karimov tashabbusi bilan Nukusda 
o„tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo„ldi. Bu anjumanning asosiy 
hujjatlaridan biri – Nukus Deklaratsiyasi bo„lib, unda butun dunyo jamoatchiligi 
e‟tibori Orol muammosiga qaratildi. 
1997-yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig„ilishi 
bo„ldi. Bu yig„ilishda ham I.A.Karimov tashabbusi bilan Orolbo„yi xalqlariga ijtimoiy 
muammolarini yechishda amaliy yordam berish to„g„risida qaror qabul qilindi. 
O„zbekiston hukumatining Orolbo„yi muammolari to„g„risidagi tashabbuslari 
yerlik xalqlar tomonidan ham qo„llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo„yidagi 
mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi 
muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o„z samarasini berishiga qat‟iy 
ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida 


142 
qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o„sayapti, ishlab chiqarish 
rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
2000–2007-yillar Qoraqalpog„iston uchun ijtimoiy taraqqiyotning o„ziga xos davri 
bo„ldi. Shu yillar mobaynida sog„liqni saqlash, ekologik muammolarni hal etish, 
fuqarolarni mehnat bilan bandligini ta‟minlash, qo„shimcha ish joylarini tashkil etish 
borasida izchil ish olib borildi. 
Aholiga tibbiy xizmat ko„rsatish darajasi ancha oshdi. Chunonchi 2002-yilda 
Respublikada eng zamonaviy meditsina asbob-uskunalari va dori-darmonlar bilan 
ta‟minlangan 95 ta qishloq vrachlik punkti faoliyat ko„rsatgan bo„lsa, 2008-yilga kelib 
ular soni 171 taga yetdi. 
Aholini ish bilan ta‟minlash, ularning foydali mehnat bilan shug„ullanishi borasida 
qator chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi. Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 
2002-yilda 22000 ta, 2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham 21000 ta, 2005-yilda 
23000 taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tashkil etildi. 
Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat ko„rsatmoqda. Ishlab 
chiqarishning kasanachilik usuliga ham katta e‟tibor berilmoqda. Jumladan, ayni 
paytda o„lkada 650 ta xonadonda aholi kasanachilik bilan shug„ullanmoqda. 
Respublika aholisining o„rtacha oylik ish haqi 2002-yildagi 17,5 ming so„mdan 
2006-yilga kelib 96 ming 300 so„mga yetdi. O„qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. 
Bu sohada 2008-yil yakunlariga ko„ra ko„rsatkich qariyb 2 baravarga yetdi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish