Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«Sadoqatli odam 
boshiga qilich kelganda ham so„zidan, ahd-u qaroridan qaytmaydi. Inson avvalo 


128 
oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, vafodor bo„lishi zarur. Bugungi zamonda 
sadoqatli bo„lish qiyin. Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o„yinchilik» 
boshqa tomonga. Shunday paytda odam agar mard bo„lsa, irodasi baquvvat 
bo„lsa, u yoq, bu yoqqa og„ib yurmaydi. 
Nima uchun bizlarda o„yin bo„layapti? Nima uchun har ehtimolga qarshi goh 
unisi bilan o„ynaymiz, goh bunisi bilan? Sabab shuki, ko„pchilik mas‟ul 
rahbarlarda izchil, hayotiy pozitsiya, fuqarolik burchini teran anglash, bugungi 
davlat siyosatiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar bo„lish uchun 
avvalambor kurashchi bo„lish kerak, irodasi baquvvat, iymoni butun bo„lishi 
darkor».
Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik, tor tushunchalar 
qobig„idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish hollari bor. Bu so„zning tagida 
mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga 
intilayotganlar, turli xildagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos bo„lish, qat‟iyat va 
sabot bilan haq yo„ldan to„g„ri borish va bu yo„lda birlashib harakat qilish orzu-istagi 
turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, buyruqbozlik, tamagirlik va 
munofiqlik yo„qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to„la quvvat bilan 
ishlamayotganligi masalasi yotibdi. 
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar. Bu toifadagi 
odamlarning aksariyati ko„p yillik boqimandalik, sansolarlik kayfiyatidan 
chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o„z vaqtida to„g„ri hal etish qobiliyatiga ega 
emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlarni esa o„z fe‟l-atvoriga mos ravishda 
o„rtamiyona, «qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir 
guruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qolgan. Eskicha 
ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi. 
Bunday kadrlar haqida 2001–2007-yillarda Qoraqalpog„iston Jo„qorg„i Kengesi 
xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg„ona, Samarqand, va 
Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro„yirost gapirildi. Rahbar kadrlarning yana bir 
turi ham borki, ular haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va 
yangicha ishlash uchun o„zlarida qobiliyat ham, g„ayrat va rag„bat ham sezadilar. 
Biroq, ular ba‟zan turli xildagi to„siqlarga uchrab qoladilar. Natijada bor 
imkoniyatlarini ko„rsata olmaydilar. Bu tabiiy hol, o„tish davrining tabiiy qiyinchiligi. 
Mustaqillikning o„tgan davri mobaynida bir necha viloyat, shahar va tuman 
hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsernlar rahbarlari almashtirildi. Shu yo„l bilan 
davlat boshqaruv tizimi mustahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub 
islohotlar mohiyatini tushunadigan va ularni amalga oshirishga qodir bo„lgan kadrlar 
tanlanmoqda. 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng mamlakatda kadrlarning ijtimoiy 
bazasi har qachongidan ko„ra kengaydi. Ma‟lumki, 70-80-yillarda rahbarlik 
lavozimlariga ko„plab mutaxassis deb hisoblangan injener, agronom, iqtisodchilar 
tavsiya qilinar edilar. Qog„ozda mavjud bo„lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa 
mutaxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to„g„ri kelmaydi. U 
respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo„lida 


129 
fidoiylik bilan mehnat qiluvchi barcha tabaqa mutaxassisliklarning eng yaxshi 
vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko„rsata boshladi. Shu 
bois, rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillarining eng 
yaxshilarini hisobga olib, ularni mustaqillik ehtiyojiga mos tarzda tarbiyalab, turli 
rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masalaga aylandi. 
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning 
turli-tuman shakllariga o„tish sharoitida rahbarlarning sifat tarkibini yaxshilash uchun 
yana bir imkoniyat paydo bo„ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar – 
ishbilarmonlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun butun 
kuch-g„ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb mahoratiga ega bo„lgan 
beqiyos tayanchdir. 
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g„ayratli, tashabbuskor xodimlarni 
hisobga olish bilan, ayni chog„da ma‟lum darajada tajriba orttirgan kishilardan ham 
oqilona foydalaniladigan bo„ldi.
1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bozor islohotlari 
talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo„yicha davlat, jamiyat va inson 
faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida 
«Kadrlar tayyorlash bo„yicha Milliy dastur tuzish to„g„risida» qaror qabul qildi. Unda 
butun ta‟lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o„quv yurtlarini yangi yo„nalishga 
solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash 
vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo„lib qoldi. 
1997-yil, avgust oyida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida 
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni yangi tahrirda va 
«Kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy Dastur» qabul qilindi. 
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg„onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok 
etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g„oyalariga sadoqat ruhida ta‟lim-
tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi. 
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug„chilik illatlaridan qutulib 
bo„lmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004–2009-yillarda Surxandaryo, Toshkent, 
Navoiy, Andijon, Farg„ona viloyatlarida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining 
navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma‟ruzalarida alohida e‟tibor bergandi. 
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov 2005-yil 7-fevral 
kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo„lgan uchrashuvda «Yangi 
hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo„lmaydi» mavzuida ma‟ruza 
qilib, bu masalaga alohida urg„u berib shunday deydi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish