121
5-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo„l tutilishi
Jamiyatni modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni tubdan yangilash bevosita yangicha
tafakkurga ega kadrlarni tayyorlash siyosati bilan bog„liq.
Shuning uchun ham
mustaqillikning dastlabki odimlaridanoq «nomenklatura» so„zi va shu so„z bilan
bog„liq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yishning ma‟muriy-buyruqbozlik
usullaridan voz kechildi. Darhaqiqat, yangi sharoitda kadrlar siyosatida yangicha yo„l
tutilishini taqozo qilgan muhim omillardan biri davlatni boshqarishda mamlakatda
yuqoridan pastga qarab milliy-davlatchilik tizimiga xos yangi boshqaruv tizimi
vujudga kelganligi edi. Bu, albatta, hayotiy zaruriyat sifatida namoyon bo„lgan hol.
Zotan, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, mamlakat Konstitutsiyasida
ko„rsatilganidek, uning o„z tabiatiga mos bo„lmog„i lozim. Bu – boshqaruv tizimining
milliy xususiyati. Uning umumjahon tamoyillari ham bor.
Taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasi shuni ko„rsatadiki, har bir mamlakatda kuchli davlat hokimiyati,
yuqoridan quyiga qadar mustahkam boshqaruv bo„lmasa tinchlik ham, osoyishtalik
ham, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik ham, taraqqiyot va rivojlanish ham
bo„lmaydi.
Ana shu qoidalardan kelib chiqib, O„zbekistonda
mustaqillikning birinchi
kunlaridanoq sobiq boshqaruv tizimlarini milliy-davlat hokimiyati idoralari bilan
almashtirish, ularni zamonaviy kadrlar bilan ta‟minlash chora-tadbirlari ko„rildi. Bu –
birinchidan.
Ikkinchidan,
mustaqillikni mustahkamlash tabiiy ravishda kadrlar siyosatida
avvalda yo„l qo„yilgan kamchiliklardan saboq chiqarmoqni, kadrlar tayyorlash va
tarbiyalashni mustaqillik talablari asosida amalga oshirishni taqozo qilar edi. Chunki,
mustaqillikka erishilgunga qadar kadrlar siyosatida nazariya bilan amaliyot o„rtasida
nomutanosiblik mavjud edi. Bir tomondan rasmiy yig„ilishlarda mahalliy kadrlar
tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo„yilsa-da,
ikkinchi tomondan,
amalda uning teskarisi bo„ldi. Mahalliy kadrlarga ishonmaslikka, ularni badnom
qilishga harakat qilindi va bunga ma‟lum darajada erishildi ham.
Qariyb 74 yil davomida jamiyat boshqaruvida shunday uslub qaror topdiki,
mamlakatda siyosiy hokimiyat tepasiga yangi rahbar kelishi bilan o„z faoliyatini,
albatta, avvalgisini tanqid qilishdan boshlardi. Shu asosda begunoh, halol,
vijdonan
mehnat qilgan, siyosat bilan shug„ullanish uchun vaqti bo„lmagan mehnatkash xalq
aziyat chekardi. Hokimiyat tepasiga kelgan kishi xoh partiya, xoh davlat rahbari
bo„lsin, uning aytgani davlat va partiya siyosatida asosiy yo„l-yo„riq sifatida qabul
qilinar edi. Bu oqibatda hamma darajada boshliq gapini asoslashga xizmat qiluvchi
mafkuraning
vujudga kelishiga olib keldiki, bu holat jamiyatdagi demokratik
jarayonlarning rivojiga to„siq bo„ldi. Oqibatda ma‟naviy qashshoqlik, ba‟zan siyosiy
madaniyatsizlik, hatto g„oyaviy beburdlik yuz berdi, bir qolipdagi yagona mafkura
hukmronligi qaror topdi. Bunday salbiy hodisa ayniqsa 50-yillarning ikkinchi
yarmidan keyin an‟anaga aylanib ketgan edi. 1956-yili KPSS XX syezdida shaxsga
sig„inish va uning salbiy oqibatlarini tugatish haqida maxsus qaror qabul qilindi.
122
Shaxsga sig„inishga
qarshi kurasha turib, amalda shaxsga sig„inish hollari kelib
chiqdi.
1985-yili bo„lib o„tgan KPSSning aprel Plenumida qariyb avvalgi 30 yillik tarix
«turg„unlik yillari» deb tanqid ostiga olindi. Butun tarixiy davr ana shu tamg„a bilan
ommaviy ravishda inkor qilindi. Achinarlisi shundaki, tuzumga, markaziy
boshqaruvga xos bo„lgan mana shunday noxush hol O„zbekiston hayotida ham
takrorlana boshlandi. Masalan, O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasining
XVI Plenumida (1984-yil 24-iyul) respublikaning sobiq birinchi kotibi Sh. Rashidov
asossiz tarzda tanqid ostiga olindi. Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo„g„in
idoralarida ham yuz berdi.
Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda
inkor qilish oqibatda
siyosatda davomiylikning buzilishiga olib keldi. Hamma darajada birinchi shaxs
faoliyatini tanqid qilish orqali mehnatkash xalqning vijdonan, halol mehnati inkor
qilindi. Muhimi kadrlar qo„nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto„g„ri yo„l
edi.
Avvalgi yillarda kadrlar siyosatida yo„l qo„yilgan ikkinchi xatolik kadrlarning
nazariy tayyorgarligi, ularning ma‟naviy-axloqiy fazilatlariga yetarli e‟tibor
berilmaganlikda ko„rindi. Bu partiya tashkilotlari faoliyatida
juda jiddiy qusurga
aylanib ketgan edi. Kadr tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb
mahorati emas, ko„proq shaxsiy sadoqati birinchi o„ringa qo„yildi. Natijada
rahbarlarning zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, ma‟naviy barkamolligi,
odamlarni ishontirish va ergashtira olish fazilatlari e‟tibordan chetga surilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: