Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

1.3.1-jadval 
“Korporativ boshqaruv” tushunchasining turli talqindagi ta’riflari
6
 
№ 
Mualliflar
“Korporativ boshqaruv” atamasiga ta’rif 
1.
Cochran and Warwick 
(1988) 
korporativ boshqaruv
 

 
bu
 
aksiyadorlar, Direktorlar kengashlari va 
boshqa korporativ manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlardan kelib chiqadigan o‘ziga xos boshqaruvdir 
2.
Shleifer and Vishny 
(1997) 
korporativ boshqaruv shunday boshqaruvki, unda moliyaviy
 
ta’minotchilar
 
investitsiyalaridan daromad olishini ta’minlanadi. 
3.
Gillan 
and 
Starks 
(1998) 
korporativ boshqaruv kompaniyadagi moliyaviy operatsiyalarni 
nazorat qilishda qonunlar va qoidalarga qat’iy amal qiladi. 
4.
La 
Porta, 
Silanes, 
Shliefer (2000) 
korporativ boshqaruvda tashqi investorlar (aksiyadorlar) o‘zlarini 
ichki investorlardan (menejment) himoya qiladi
.
5.
Oman (2001) 
korporativ boshqaruv – bu xususiy va davlat muassasalariga 
taalluqli atama bo‘lib, korporativ menejerlar va manfaatdor 
tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqarishning qonunlarini 
tartibga soladi va biznes amaliyotlarini qamrab oladi. 
6.
D.Suyunov (2006) 
korporativ boshqaruv – bu korporativ mulkdorlarning manfaatlari 
va huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi boshqaruv me’yorlari 
hamda korxona ma’lum bir tamoyillar asosida maqsadiga erishish 
6
Суюнов Д.Х., Хошимов Э.А. Корпоратив бошқарув моделлари: концептуал жиҳатлар, змонавийтенденциялар ва конвергенция 
имкониятлари. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнал. №4 июнь-август, 2017 й. 


12 
uchun amalga oshiradigan harakatlar majmuidir. 
7.
Sh.Zaynutdinov, 
D.Raximova (2007) 
manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida birgalikdagi 
harakatlardir 
8.
B.Xodiev, 
R.Karlibaeva, 
N.Rasulov (2011) 
korporativ 
boshqaruv 
biznesning 
tashkiliy-huquqiy 
rasmiylashtirilishi, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini 
boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada 
ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir 
9.
Iqtisodiy 
hamkorlik 
va 
taraqqiyot 
tashkiloti (OECD) 
korporativ 
boshqaruvga 
oddiygina 
qilib 
“tashkilotlar 
boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim” sifatida ta’rif beradi. 
Korporativ boshqaruvni (corporate governance) tushunchasini yoritishda 
albatta menejment (management) tushunchasi bilan farqli jihatlarini aytib o‘tish 
zarurdir. CHunki korporativ boshqaruv va menejment tushunchalaridagi boshqaruv 
so‘zidan foydalanilishi munosabati bilan korporativ boshqaruv tushunchasining 
o‘ziga xosligi, amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha menejment bilan tubdan 
farqlanishini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Korporativ boshqaruvning 
asosi oshkoralik va mas’uliyat bilan birgalikda Korporativ kodeks, korporativ hulq 
va hisobotni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlardan iborat bo‘lsa, menejment esa 
korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan 
mexanizmlaridan iboratdir. Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik 
qilishning yuqoriroq pog‘onasida joylashgan bo‘lib, kompaniya faoliyatini uning 
aksiyadorlari manfaatlari y o‘lida boshqarilishini ta’minlaydi. Korporativ 
boshqaruv va menejment vazifalarining o‘zaro kesishuvi faqat kompaniyani 
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. 
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‘lib ajralib turadi, boshqarish obyekti 
sifatida u o‘z xususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini 
kuzlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta’minlash, 
aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan 
holda aksiyadorlarning uzaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib 
qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi 
shakllanadi. 
Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 


13 
-agentlik nazariyasi (Agency Teory); 
-sheriklar nazariyasi (Stakeholder Teory); 
- boshqaruv nazariyasi (Stewardship Teory); 
-tashkiliy nazariya (Organization Teory).
Bu nazariyalarning har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz:
1) Agentlik nazariyasida korporativ munosabatlar mexanizmi agentlik 
xarajatlari vositalari orqali ko‘rib chiqilib, direktorlar va aksiyadorlar o‘tasidagi 
o‘zaro munosabatlar shartnoma munosabatlari sifatida ifodalanadi. Ko‘rib 
chiqiladigan vazifalar tipologiyasi quyidagilarga borib taqaladi: 

“manfiy tanlov” muammosi (ya’ni yaxshi menejerni qanday tanlash); 

“opportunistik xulq – atvor” muammosi (ya’ni qanday qilib menejerni mulk 
egasi manfaatlarida ishlashga majbur qilish). 
Agentlik nazariyasi doirasida 1976 yil iqtisodchi olimlar Yensen va 
Mekling tomonidan taklif etilgan model keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra agentlik 
munosabatlari bu — unga muvofiq boshliq qo‘l ostidagi xodimni boshliq 
manfaatlarida harakatlarni amalga oshirish uchun yollaydigan va qaror qabul qilish 
huquqlarining bir qismini qo‘l ostidagi xodimga berish ko‘zda tutiladigan 
shartnomadir. Bundan tashqari, agentlik munosabatlari quyidagilardan iborat 
bo‘lgan agentlik xarajatlariga olib keladi: mulk egasi va menejer o‘rtasida muloqot 
o‘rnatish xarajatlari; mulk egasining menejerni nazorat qilish xarajatlari;
menejerning o‘zini - o‘zi cheklash xarajatlari; qoldiq yo‘qotishlar. 
Model quyidagi asosiy taxminlarga yo‘l qo‘yadi: barcha tashqi aksiyalar 
ovoz berish huquqiga ega emas; tashqi mulk egalari faqat pul oqimlari yoki 
boylikning o‘sishi orqali mulkdan foyda oladi (ya’ni sof foyda olmaydi);
menejerning ish haqi qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘ladi; modelning dinamik jihatlari 
tahlildan chiqarib tashlanadi. 
Qo‘shimcha taxminlar (keyinchalik susaytiriladi): firma hajmi qat’iy 
belgilanadi; monitoring va o‘zini - o‘zi cheklash uchun imkoniyat yo‘q; qarz olish 
uchun imkoniyat yo‘q; risk va diversifikatsiya zarurati e’tiborga olinmaydi. 
Natijada quyidagi xulosalar kelib chiqadi: agar menejer firma kapitalining 


14 
100% egasi bo‘lsa, u eng yuqori xarajatlar va eng yuqori foyda tengligidan kelib 
chiqib (“jamoat uchun eng qulay variant”), qo‘llanadigan harakatlar optimal 
hajmini tanlaydi; agar menejer firmaning to‘laqonli egasi hisoblanmasa, 
qo‘llanadigan harakatlar darajasi jamoat uchun eng qulay variantdan past bo‘ladi 
va firmaning qimmati pasayib ketadi; mulk egasi tomonidan nazorat qilish 
imkoniyati firma qiymatini oshiradi va nazorat bo‘lmagan vaziyatga nisbatan 
xususiy foyda iste’molini kamaytirishga imkon beradi. 
2) Sheriklar nazariyasi korporatsiyani uning oddiy elementlari – 
aksiyadorlar, xodimlar, iste’molchilar, mahalliy hamjamiyat, soliq to’lovchilar va 
boshqalarning oddiy yig’indisiga teng bo’lmagan katta tizim sifatida ifodalaydi. 
Ya’ni “mulk egasi – menejer” nizosini kengayishi ro’y beradi va bu nazariyaning 
mohiyati kompaniya rahbariyatining barcha manfaatdor tomonlar nazorati ostida 
bo’lishi shartligidan iborat. Bunda korporatsiya faoliyatidagi barcha sheriklar 
o’zlarining maqsadlarini ko’zlaydi: menejerlar – individual maqsadlar, masalan, 
mehnatga to’lanadigan haqni maksimal qilish, ularning professional malakasi 
ko’rsatkichi sifatida kompaniya aktivlarini oshirish, xodimlar shtatining o’sishi va 
boshqalar; xodimlar individual maqsad sifatida mehnatga to’lanadigan haqni 
maksimal qilishni ko’zlaydi; iste’molchilar ayirboshlashdan olinadigan foydaning 
maksimal bo’lishini maqsad qilib qo’ygan; tijorat hamkorlari korporatsiya bilan 
shartnomalarni amalga oshirishdan operatsion foydani maksimallashtirishga 
harakat qiladi; moliyaviy vositachilar va moliyaviy resurslar ta’minotchilari 
individual maqsadlar sifatida aylanmaning o’sishi, kredit imkoniyatlari va 
boshqalar 
uchun 
korporatsiyaning moliyaviy vositalariga ega bo’lish 
imkoniyatlarini olishni ko’zlaydi; obligatsiyalar egalari obligatsiyalarga foiz 
to’lovlari va obligatsiyalar kurs qiymatining maksimal bo’lishini maqsad qilib 
qo’ygan; davlat tartibga solish organlari korporatsiyadan olinadigan soliq 
yig’imlarini oshirishga intiladi; mahalliy hamjamiyatlar korporatsiya resurslari 
yordamida, biznesning ijtimoiy javobgarlik dasturlaridan foydalanish yordamida 
ijtimoiy vazifalarni hal qilishga intiladi; 


15 
3) Boshqaruv nazariyasining mohiyati shundaki, yollanma menejmentli 
korporatsiya ustidan hokimlik aksiyadorlar tomonidan tayinlanadigan va ularga 
hisobot beradigan direktorlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. 
4) Korporativ munosabatlarni tashkil qilishning umumiy tamoyillaridan 
tashqari, har bir korporativ birlashmada korporatsiyaning tashkiliy tarkibi, xarid 
qilingan mulk xususiyati va boshqalar bilan asoslanadigan ma’lum bir o’ziga 
xosliklar vujudga kelishi mumkin.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish