Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

 
*** 
The notion of the corporative relations open In scholastic allowance, essence, 
contents and role of corporative management in strategies of the economic 
development Uzbekistan. Rassmatryvayutsya models, principles, rates and standards 
of corporative management, legal bases to organizations of management share 
obshestvamm, kontrolling and business-engineering, essence corporative conflict, 
management risk and corporative checking, particularities of the operating the system 
of the corporative relations. The Scholastic allowance is intended for student training 
on direction "5231900-Corporative management" and specialist in sphere of 
corporative management. 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Hozirgi vaqtda jahon miqyosida korporativ boshqaruv sohasida jadal 
rivojlanish kuzatilmoqda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 
kuchlidir. Iqtisodiy o'sish darajasi yuqori bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
aktsiyadorlar, boshqa manfaatdor tomonlar va umuman iqtisodiyot manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan kompaniyalarda korporativ boshqaruvdan foydalanishni 
rag'batlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar korporativ boshqaruv kodeksini yaratish 
jarayonini osonlashtirish maqsadida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlari 
va qoidalarini ishlab chiqdi. Aytishimiz mumkinki, korporativ boshqaruv xalqaro 
miqyosda standartlashtirilgan, kelishilgan, aniq belgilangan global tashkiliy 
tizimning muhim qismiga aylandi. 
Mamlakatimizda 
Prezidentimiz 
tomonidan 
2017-yil 
7-fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi
1
Farmoni, 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari 
davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada 
rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Farmoni
2
, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi “Mamlakatda 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul 
qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
3
va boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. SHunga ko‘ra, 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “...korporativ boshqaruvning 
zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda 
aksiyadorlarning rolini kuchaytirish” va 2019-2021 yillarda O‘zbekiston 
1
Ўзбекистон Республикаси Прeзидeнтининг “Ўзбeкистон Рeспубликасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратeгияси 
тўғрисида”ги
1
Фармони. № ПФ-4947, 07.02. 2017 й. 
2
Ўзбекистон Республикаси Прeзидeнтининг “Бизнеснинг қонуний манфаатлари давлат томонидан муҳофаза қилиниши ва тадбиркорлик 
фаолиятини янада ривожлантириш тизимини тубдан такомиллаштиришга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони. №5087-ПФ, 
19.06. 2017 й. 
3
Ўзбекистон Республикасининг“Мамлакатда ишбилармонлик муҳитини яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар қабул қилинганлиги 
муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонуни. 
№ЎРҚ-531, 20.03.2019 й.



Respublikasini Innovatsion rivojlantirish strategiyasida “korporativ huquqni 
rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini xalqaro 
tajribani inobatga olib joriy etish” bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu 
vazifalarning samarali hal etilishi bu borada muhim izlanishlarni olib borish va 
aksiyadorlik 
korxonalarida 
korporativ 
boshqaruvning 
tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmini zamonaviy xalqaro standartlar asosida takomillashtirish zarurligini 
taqozo etadi. 
Korxonada boshqaruvdagi ishtirokchilar albatta zamonaviy korporativ 
boshqaruvni amalga oshirishga doir bilimlarni talab darajasida bilmasligi, 
ko‘nikma va malakalarga ega emasligi vaziyatli muammolarni keltirib chiqaradi. 
Shuning uchun korxonalarga korporativ boshqaruvga oid chuqur bilimga, 
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashimiz va ular 
boshqaruv amaliyotida samarali faoliyatni amalga oshirishga qodir raqobatbardosh 
kadrlarni bo‘lishiga erishishimiz zamon talabidir. Ushbu talabdan kelib chiqqan 
holda, respublikamizda “5231900-Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi 
bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Oliy ta’lim sohasida ushbu 
kadrlarni tayyorlashda avvalom bor, korporativ boshqaruvga doir qonunchilik 
asoslarini, zamonaviy va samarali korporativ boshqaruv prinsiplarini hamda 
zamonaviy amaliyotni talab darajasida o‘rganishi, o‘zlashtirishi va malakaviy 
ko‘nikmalarni egallashiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish bo‘yicha 
malakaviy talablar belgilangan. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda, “5231900-
Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasida “Korporativ 
boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot” fanini o‘qitilishi belgilangan. Ushbu 
belgilangan maqsad doirasida mualliflar 5231900-Korporativ boshqaruv ta’lim 
yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun fanni chuqur o‘zlashtirishi barobarida 
ko‘nikma va malakalarini egallashida foydalanishlari uchun “Korporativ 
boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot” nomli darslikni yaratdilar. Jumladan, 
ushbu darslikdan iqtisodiyot sohasining ta’lim yo‘nalishlaridagi bakalavrlar, 
mutaxassisliklaridagi magistrlar, boshqaruv sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, 
doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarga korporativ boshqaruvning 



prinsiplari, siyosati va amaliyotiga doir bilim va malakalarini oshirish uchun 
foydalanishlari ham maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
tadbirdagi ma’ruzasida yoshlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash kabi masalalar 
bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. 
Prezidentimizning ushbu ma’ruzasining mazmun-mohiyatini chuqur anglashimiz 
barobarida yoshlarni farovon yashashi uchun ular albatta yaxshi o‘qishlari, chuqur 
bilimlar olishlari, raqobatbardosh malakalarga ega bo‘lishlari kerak. Prezidentimiz 
“Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona 
hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir”
4
deb ta’kidlab o‘tgan zamonaviy 
prinsipi ta’lim sohasida chuqur islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Yoshlarni ilmga intilishi kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hozirgi zamon 
talabidir. Zamonaviy talablarni e’tiborga olish va Prezidentimiz tomonidan ta’lim 
sohasiga yoshlarga sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish kabi belgilangan 
vazifalarni bajarishda ta’lim jarayonini yuqori sifatga ko‘tarish va bunda o‘quv, 
ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ta’minotini sifatli bajarish maqsadga muvofiqdir. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur 
oʻquv qoʻllanma
tayyorlanib, 
oʻquv 
qoʻllanma 
bakalavriaturaning 
“5231900–Korporativ 
boshqaruv” 
ta’lim 
yo‘nalishida, 
magistraturaning 
“5A231901–Korporativ 
boshqaruv” 
mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalari va boshqaruv sohasidagi mutaxassislar, 
professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va doktorantlari uchun mo‘ljallangan. 
4
Ўзбекистон Республикаси
Президентининг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган куннинг 26 йиллигига 
бағишланган тантанали тадбирдаги маърузаси. 07.12.2018 й.




Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish