Namoyodalari Jadidlar harakati


-xalq ta'limini isloh qilish



Download 8,39 Mb.
bet3/5
Sana04.02.2022
Hajmi8,39 Mb.
#428343
1   2   3   4   5
Bog'liq
jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati

-xalq ta'limini isloh qilish;
  • -adabiyotni rivojlantirish;
  • -zamonaviy matbuotni yaratish;
  • -islom aqidaparastligi va mutaassiblikni rad etish;
  • -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish;
  • -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yozish.
    • Yangi usul maktablarining ochilishi
    • 1903 yilga kelib birgina Turkiston o’lkasida 100 dan ziyod boshlang'ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Maxmudxqja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Usto’zi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag' bilan komaklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910 yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o’qishga jo’natdi
    • Jadidlarning xalqparvarligi
    • Jadidlar etiqodli, izchil va chinakam musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni bar xil soxtaliklardan tozalab, xaqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlami egallash yo’li bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar.
    • Jadidlarga mutaassib ruxoniylar qarshilik ko’rsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda O’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag'darib turmaga tiqib qo’yishadi», -der edilar.
    • “Oyna gazetasining 1-soni.
    • Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o’rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo’lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
    • Mahmudxo`ja Behbudiy (1874-1919) madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so`ng madrasada ta'lim olgan. U arab va fors tillarini yaxshi o`rgangan. Ko`p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini yaxshi bilgan hamda dunyoviy fanlarni o`rgana boshlagan. U dastavval mahalliy qozi huzurida mirzalik qiladi, shariat va fiqhni o`rgandi hamda musulmon huquqi bo`yicha maslahatlar bera boshladi. 1907-yilda Rossiyaga, so`ng O`rta Sharqqa sayohat qildi, Qohira, Damashq, Istanbul shaharlarida bo`ldi. Yangiusul maktablarida ishlab, geografiya bo`yicha 8 ta darslik yaratdi.
    • Abdulla Avloniy (1878-1934) o`zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o`z tarjimoi holida: “Turli gazeta va jurnallar o`qishga tutindim. 1904 yilda jadidlar to`dasiga kirdim. Mirobodda “usuli jadid” maktabi ochib o`qituvchilik qila boshladim”, deydi. Abdulla Avloniy o`zi ochgan maktab uchun to`rt qismdan iborat “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi darsliklar va o`qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko`mak ko`rsatuvchi “Jamiyati xayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do`konini ochadi.
    • Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidichilik harakatining yirik namoyondalaridan biridir. U hali 1909-1913 yillarda o`qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida F.Xo`jaevning bergan ma`lumotiga ko`ra Abdurauf Fitrat hamyurtlari bilan birgalikda «Buxoro ta`limi (umumiy) maorif jamiyati»ni tuzgan. Bu jamiyat Buxoroliklarning o`zaro moddiy-ma`naviy uyushmasi vazifasini bajargan. Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o`z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta`sir ko`rsatdi. U siyosat maydoniga sho`ng`ib ketdi.
    • Tavallo(To’laganXo’jamyorov) ijodida jadidichilik harakati va adabiyotining ta`siri kuchli bo`ldi. Shoirning 1913 yilda «Bayoz», 1917 yilda «Ravnaqul islom» to`plamlari bosmadan chiqqan. Tavallo asarlari asosan, Vatanni sevishga, ardoqlashga, xalqni, millatni hurmatlashga, ilm-ma`rifatni, san`atni sevishga dav`at etadi. U yashagan o`z davridagi xalq, millat holiga achinadi, dardli alam chekadi, sasidan o`t shaqnaydi;
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish