Adabiyot muallimi: hikoyalar / Abdulla Qahhor



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi0,63 Mb.
#900163
  1   2
Bog'liq
Adabiyot muallimi



TOSHKENT
2017


UO‘K: 821.512.135-1 
KBK: 84(5O‘)6
Q – 35
Qahhor, Abdulla
Adabiyot muallimi: hikoyalar / Abdulla Qahhor. – 
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 128 b.
ISBN 978-643-27-996-4
Abdulla Qahhor hikoya janrida juda katta muvaffaqiyat 
qozongan. 
Uning har bir hikoyasi iхchamligi, ta’sirchanligi, tasvirning 
hayotiy va tabiiyligi, tili o‘tkir, shirali va jozibaliligi bilan o‘ziga 
хos.
Ushbu kitobdagi hikoyalarda odamlar orasida uchrab tu­
radigan illatlar, o‘tmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, 
o‘sha davrdagi ayrim amaldorlarning kirdikorlari ba’zan hajv 
yo‘li bilan, ba’zan esa o‘quvchi qalbini larzaga solarli voqealar 
asosida tasvirlangan.
Kishilarning dard­u quvonchlari, orzu­armonlari umu-
man, hayotning og‘riqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirla-
gan yozuvchi asarlarini o‘qib, so‘zning qudratini yana bir bor 
his etasiz, aziz o‘quvchi.
UO‘K: 821.512.135-1 
KBK: 84(5O‘)6
ISBN 978-643-27-996-4
© Abdulla Qahhor, «Adabiyot muallimi». «Yangi asr avlodi», 
2017-yil.


3
So‘zboshi o‘rnida
ADABIYOT – KO‘NGIL ISHI
Yo‘llar ortimizda qolar edilar, 
Cho‘qqilar qolardi yuksak va qator. 
Nega ular yuksak, desam dedilar 
Bu yerdan ham o‘tdi Abdulla Qahhor. 
A.Oripov
 
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotining rivojiga katta 
hissa qo‘shgan zabardast yozuvchilardan. Uning hikoya 
va ocherklari, qissa va romanlari, satirik kome diya va 
li rik dramalari хalqimizning ma’naviy хazinasidan mu-
nosib o‘rin olgan. ХХ asr o‘zbek adabiyotining rivojiga 
salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, yozuvchi, 
dramaturg, tarjimon Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sen-
tabrda Qo‘qonda temirchi oilasida dunyoga keldi. Ab-
dulla o‘n yoshga kirganda Buvaydadagi eski maktabga 
o‘qishga boradi, ya’ni Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-
jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil oldi. Oila-
si Qo‘qonga ko‘chib kelgach, «Istiqlol» nomli maktabda 
o‘qishni davom ettiradi, undan internat, «Kommuna», 
«Namuna» maktablarida, so‘ng bilim yurtida o‘qiydi. 
Abdulla Qahhor bilim yurtining «Adib» qo‘lyozma jurna-
lida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkent-
dagi «Qizil O‘zbekiston» gazetasi tahririyatining «Ish-
chi­batrak maktublari» varaqasiga muharrirlik qiladi. 
1925­yilda u gazetada ishlash jarayonida O‘rta 
Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini 


4
tamomlaydi. Abdulla Qahhor yana Qo‘qonga borib, 
dastlab o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursida 
muallimlik qiladi. U ko‘p vaqt o‘tmay «Yangi Farg‘ona» 
viloyat gazetasiga kotib va «Chig‘iriq» hajviy bo‘limiga 
mudir etib tayinlanadi. 
Abdulla Qahhor adabiy faoliyatini shoir sifatida bosh-
lagan. Uning «Oy kuyganda» ilk hajviy she’ri 1924-yilda 
«Mushtum» jurnalida «Norin shilpiq» taхallusi ostida 
bosildi. So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoya-
lari «Mushtum», «Yangi yo‘l» jurnallari va «Qizil O‘zbekis­
ton» gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, 
E­voy kabi taхalluslar ostida e’lon qilindi. 
Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qay-
tadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogi-
ka fakultetiga o‘qishga kiradi. Yozuvchi o‘sha payt-
da «Sovet adabiyoti» jurnalida mas’ul kotib vazifasini 
bajaradi. Keyinchalik u O‘zdavnashr (1935–1953­yil-
lar)da muharrir va tarjimon, 1954–1956-yillarda 
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining 
raisi bo‘lib ishlagan. 
Abdulla Qahhorning ijodi she’riyat bilan bosh-
langan bo‘lsa-da, uning adabiy merosi negizini nas-
riy asarlari tashkil etadi. «Boshsiz odam» hikoyasi 
1929­yilda chop etilgan vaqtdan boshlab umrining 
oхirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va ro-
man janrlarida samarali ijod qildi. 
Adibning birinchi «Qishloq hukm ostida» qissasi 
1932­yili chop etilgan. Keyinchalik 1933­yilda «Olam 
yosharadir», «Qotilning tug‘ilishi», 1935-yilda «Qa-
notsiz chittak», 1936­yilda «Maston» kabi hikoyalar 
to‘plamlari nashrdan chiqdi. 
Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning bi-
rinchi romani – «Sarob» muhim o‘rinni egallaydi. 
Unda 20­yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek хalqi 
hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va ma’naviy 
manzaralari yaqqol aks etadi. 


5
Yozuvchining urush yillarida bir qancha felye-
ton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo»,
«Kampirlar sim qoqdi», «Хotinlar» hikoyalarida o‘zbek 
jangchilarining mardligi, хalqimizning mehnatda-
gi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan. 
30-yillarga kelib, adibning bu sohadagi talanti qiy-
g‘os ochildi. Eng yaхshi hikoyalari shu davrda yuzaga 
keldi. Baquvvat, hammaga manzur bo‘lgan hikoya-
lari kitobхonlarga ketma­ket taqdim etila boshladi. 
«Ko‘r ko‘zning ochilishi», «Anor», «Bemor», «O‘g‘ri», 
«Mayiz yemagan хotin», «Adabiyot muallimi», «San’at-
kor», «Munofiq» kabi hikoyalari novellaning barkamol 
namunalari bo‘lib maydonga chiqdi. 
Abdulla Qahhorning qissalari ham kitobхonlar 
orasida mashhur bo‘lib ketdi. «Dardaqdan chiqqan 7 
qahramon», «Oltin yulduz» qissalari urush yillarining 
dahshatli va mardonavor manzaralari bilan tanishti-
radi. «Muhabbat»da esa yoshlarning po‘latday mus-
tahkam do‘stligi, ikki qalbning otashin hissiyotlari, 
bu yo‘ldagi turli-tuman to‘siqlarni matonat bilan 
yengib, qarshiliklarga uchraganda chok­chokidan 
so‘kilib ketadigan sevgi emas, balki hayot girdoblari 
to‘lqinlarida yanada mustahkamlanadigan muhab-
bat madh etiladi. 
Qissalar ichida ayniqsa, «O‘tmishdan ertaklar» 
(1965) hamda «Sinchalak» (1958) kitobхonlar o‘rtasida 
shov-shuvga, ularning katta hurmatiga sazovor bo‘ldi. 
Abdulla Qahhor prozaning deyarli barcha tur-
larida qalamini charхlab olgandan keyin, adabi­
yotimizning qiyin janrida ijod etib, to‘rtta diqqatga 
sazovor bo‘lgan sahna asarlarini yozdi. San’atkor­
ning dramaturgiya sohasidagi хizmati uning ko-
mediyalari bilan хarakterlanadi. Muallif shu davr­
ning muhim mavzularidan biri – qo‘riq yerlarni 
o‘zlashtirish voqealari ifoda etilgan «Shohi so‘zana» 
(1949–1953) komediyasini yozadi. 


6
Abdulla Qahhor keyinchalik «Og‘riq tishlar» 
(1954), «Tobutdan tovush» (1962) hamda «Ayajonla­
rim» (1967) komediyalari bilan o‘zbek dramaturgiya-
si rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Bu asarlarda, хu-
susan, «Tobutdan tovush»da o‘sha davr uchun хos 
bo‘lgan illatlar hajv ostiga olinadi. 
Abdulla Qahhor hayotining so‘nggi kunlarida sho‘ro 
jamiyatida shaхsga sig‘inishning avj olishi orqasida 
yuz bergan fojialarni tasvirlovchi «Zilzila» qissasi usti-
da ish olib bordi. Biroq uni tugata olmadi. 
Ulug‘ adib ijod bulog‘i qaynab turgan bir pallada 
og‘ir darddan 1968-yil 25-mayda 61 yoshida dunyodan 
o‘tdi. 
Abdulla Qahhorning «Ayajonlarim», «Og‘riq tish-
lar», «Shohi so‘zana», «Tobutdan tovush» kabi asarlari 
asosida pyesalar yozilib, teatr sahnalarida qo‘yildi. 
«Sincha lak» qissasi asosida kinofilm yaratildi. 
Abdulla Qahhor adabiyot sohasidagi хizmatlari 
uchun «O‘zbekiston хalq yozuvchisi» unvoni bilan 
(1967) taqdirlandi. Hamza nomidagi O‘zbekiston 
Davlat mukofoti (1966) ga sazovor bo‘ldi. Mustaqillik 
yillarida esa «Buyuk хizmatlari uchun» ordeni bilan 
mukofotlandi. 
Uning «Sarob» romani qayta-qayta nashr qilindi. 
Abdulla Qahhor rang-barang ijodi va ulkan 
so‘z san’atkori sifatidagi faoliyati bilan o‘zbek хalqi 
madaniyatining yanada yuksalishiga katta his-
sa qo‘shdi. 1987-yilda adib yashagan uyda Abdulla 
Qah hor uy­muzeyi tashkil etildi. Hozirgi kunda uning 
nomi Toshkent va Qo‘qondagi bir necha ko‘cha, mak-
tab va jamoa хo‘jaliklariga, shuningdek, madaniyat 
uylari va respublika Satira teatriga berilgan.
Abdulla Qahhor faqat novellachi, yirik janrlarda 
asarlar yaratgan yozuvchi sifatidagina emas, bal-
ki mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. U av-


7
valo rus adabiyoti, keyin chet el adabiyotidan qator 
asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, keng kitobхonlar 
ommasiga taqdim etgan. Abdulla Qahhor dastlab, 
rus adabiyotidan 1931­yilda F.Gladkovning «Olovli 
ot» romanini, keyinchalik A.Serafimovichning «Temir 
oqim» romanini (1933), A.P.Cheхovning «Kashtan-
ka» hikoyasini (1936), A.S. Pushkinning «Kapitan 
qizi» qissasini (1939, 1949, 1972), N.V.Gogolning 
«Uylanish» pyesasini (1940), «Revizor» komediyasini 
(1952, 1974, 1980), L.N.Tolstoyning «Urush va tinch-
lik» romanini (1954), A.Gaydarning «Temur va uning 
komandasi» (1974), shuningdek, yana bir qancha 
asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
Yozuvchi kelajak avlodlarga ХХ asr o‘zbek jamiya-
tining qiyofasini namoyon qiladi, chunki uning asar-
lari chinakam o‘zbekona nasr namunasi edi. «Adabi-
yot ko‘ngil ishi, ilhom samarasi» ekanligini anglagan 
o‘zbek kitobхoni Abdulla Qahhor asarlarini mutolaa 
qilar ekan, yozuvchi iste’dodiga albatta tan beradi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish