"Tasdiqlayman”
OʻIBDOʻ _________ __________________
_________VILOYATI _________ TUMANI
__-SONLI O’RTA TA'LIM MAKTABI
FIZIKA FANI O’QITUVCHISI
_________ _______________NING
7-SINFLAR UCHUN
"Elastiklik kuchi"
mavzusida bir soatlik ochiq
Dars ishlanmasi
Fanning nomi: “FIZIKA”
Darsning mavzusi: ELASTIKLIK KUCHI
DARSNING MAQSADLARI
I.Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga elastillik kuchi haqida tushuncha berish
II. Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni tabiatni sevishga, ardoqlashga undash, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish
III. Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ona Vatanga bo’lgan bo’lgan muhabbat tuyg’ularini yanada shakllantirib, odob-axloqli komil insonlar qilib tarbiyalash.
Dars turi: savol-javob, bahs- munozara, bellashuv
Dars jihozi: Turli xil mavzuga mos suratlar, tarqatma materiallar, test savollari, kitoblar, darslik, prujina, plastmassa, plastillin
Fanlararo aloqa: tarix, botanika, biologiya, adabiyot, san’at, kimyo
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
|
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni yakunlash
|
3 daqiqa
|
|
Yangi darsning bayoni
|
15 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
3 daqiqa
|
|
Yakunlash va baholash
|
5 daqiqa
|
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
DARSNING BORISHI I. TASHKILIY QISM:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
c) kirish suhbati
II. O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH
Tezkor savol-javob qilinadi
Namuna:
1. Fizik olimlarni sanang
2. Tezlikni o’lchaydigan asbob nomini ayting
3. Erkin tushish tezlanishi nechaga teng?
4. Massaning birligini ayting
5. Kuchni o’lchaydigan asbob nomini ayting
Test savollari ishlanadi.
Namuna
1.Nyutonning 3-qonuni qanday ta’riflanadi?
A) Har qanday jism unga boshqa jismlarta’sir qilmaguncha o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
B) Jismning boshqa jism bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida olgan tezlanishi unga ta’sir qilayotgan kuchga to’gri proporsional
C) O’zaro ta’sirlanuvchi ikki jism bir-biriga teng ta’sir qiladi
D)O’zaro ta’sirlanuvchi ikki jism bir-biriga kattalik jihatidan teng va yo’nalishi qarama – qarshi bo’lgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.
E) Javoblarning tog’risi yo’q
III. YANGI DARSNING BAYONI
O’qituvchi: O’quvchilar, mexanikadagi elastiklik kuchi va ishqalanish kuchi elektromagnit o’zaro ta’sirning ma’lum bir natijalaridir. Jismlarga kuch bilan ta’sir etilsa, ular cho’zilishi, siqilishi, egilishi siljishi mumkin.masalan, tashqi kuch ta’sirida rezina yoki prujina cho’ziladi, siqiladi, buraladi. Tashqi kuch ta’sirida jismlarning shakli va hajmi o’zgarishi deformatsiya deb ataladi. Deformatsiyalar elastic va plastic deformatsiyalarga bo’linadi. Tashqi kuch ta’sirida to’xtaganda jismning shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa elastic deformatsiya bo’ladi. Ta’sir etayotgan tashqi kuch to’xtaganda jismning shakli va hajmi tiklanmasa bu plastic deformatsiya bo’ladi.
O’qituvchi: O’quvchilar, sizlarga savol:
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Devormatsiyalar necha turga bo’linadi?
Elastik jismlarga misollar keltiring
Plastik jismlarga misollar keltiring
1-o’quvchi: Masalan, chizg’ichni biroz egib qo’yib yuborilsa , u yana to’g’rilanib qoladi. Bu elastik jismlarga misol bo’ladi.
2-o’quvchi: Masalan, plastilin ezilsa u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bu plastik jismga misol bo’ladi:
O’qituvchi: O’quvchilar quyidagi rasmlarga e’tibor bering . Unda ikki tayanchga gorizontal holatda qo’yilgan yupqa taxta tasvirlangan. Agar taxta o’rtasiga bola o’tirsa taxta egilib pastga harakatlanadi va so’ngra to’xtaydi. Endi savolni tinglang: Taxtaning egilishini nima to’xtatib qoladi?
3-o’quvchi: Men taxta ustiga chiqsam, og’irlik kuchini ta’sirida taxta
egiladi ya’ni deformatsiyalanadi.
4-o’quvchi: To’gri, Yana bir misol rezinkani cho’zsak cho’ziladi va so’ngra to’xtaydi.
O’qituvchi: Bu misollardan ko’rinib turibdiki, taxta egilishini , rezina cho’zilganda qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama-qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi namoyon bo’ladi. Demak, jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama- qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi deyiladi.
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
O’qituvchi: Yuqoridagi rasmni kim izohlab beradi. Bunda qanday fizik hodisa yuz beryapti?
O’quvchilar javobi tinglanadi.
O’qituvchi: Bu rasmni ham izohlang.
O’quvchilar javobi tinglanadi.
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
Dam olish daqiqasi
V. Yangi mavzuni mustahkamlash
Savollar:
Mexanikada qanday kuchlarni o’rganiladi?
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Elastik va plastic deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Elastiklik kuchiga misollar keltiring
"Atamalar janggi" metodi
Bunda o'quvchilar 3 guruhga bo'linadi.Har bir guruhdan bittadan vakil chiqadi.Ular fanga oid atamalarni ketma-ketlikda aytishadi.Ayta olmay qolgan o'quvchi o'yinni tark etadi.O'yin shu tariqa davom etadi.
Svetofor usuli
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.
Tezislar:
1.Deformatsiyalar elastic va plastic deformatsiyalarga bo’linadi.
2.Tashqi kuch ta’sirida jismlarning shakli va hajmi o’zgarishi deformatsiya deb ataladi.
3.Tashqi kuch ta’sirida to’xtaganda jismning shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa elastic deformatsiya bo’ladi.
4.Ta’sir etayotgan tashqi kuch to’xtaganda jismning shakli va hajmi tiklanmasa bu plastic deformatsiya bo’ladi.
5.Jism deformatsiyalanganda tashqi kuchga qarshilik ko’rsatadigan va unga qarama- qarshi yo’nalgan kuch elastik kuchi deyiladi.
Impuls – plakat
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
“Kungaboqar”.O'quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Аjratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda o'quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
V.O’quvchilarni ragbatlantirish va baholash
Darsda eng faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa :Mavzuni o'qib savollarga javob yozib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
P.Habibullayev, A. Boydedayev, A. Bahromov-Fizika-7-sinf uchun darslik- “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi ”- Davlat ilmiy nashriyoti-Toshkent-2005
A. Yusupov-Fizika-qiziqarli savol-javoblar-Toshkent-2002
Elastik kuchi formulasi quyidagicha :
Ft =-Fel yoki Ft =Fel
Ft - tashqi kuch
Fel- elastik kuchi
Do'stlaringiz bilan baham: |