Albumin oksilini elektroforezga tayyorlash. Dializ usuli bilan organik va mineral tuzlardan tozalangan chigit albumini ekstrakti yarim o‟tkazgichli qopchadan probirkaga o‟tkazilib, 10 minut stentrifugalanadi. Albumin oqsili cho‟kmasi ustidagi suv extiyotlik bilan oqsil qismidan ajratiladi. Albumin cho‟kmasidan 100mg olinib 1ml distillangan suvda eritiladi. Tayyor bo‟lgan toza albumin ekstraktidan 20 mkl olinib, elektroforetik usulda frakstiyalarga ajratib taxlil qilish uchun ishlatiladi.
oddiy oqsillarni gidroliz qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |