Elektr dvigatellarini nominal tezligini aniqlash.
Elektr dvigatellarini ish mashinalari bilan o’zaro biriktirishning eng sodda va mustaxkam turi ularni bevosita mufta orqali ulashdir. Bu xolda dvigatelning tezligi ish mashinasining tezligiga teng qilib olinadi. Dvigatellar esa malum standart tezlikka mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, dvigatellarning nominal tezligi kichikroq bo’lsa, ularning o’lchami berilgan nominal quvvatda (Rnom) kattaroq bo’ladi. Shuning uchun aksariyat dvigatellar 1500 va 3000 aylG’min tezlikka mo’ljallab chiqariladi. Ikkinchidan, ish mashinalari, asosan, kichik tezlikka (200-500 aylG’min) mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, dvigatellarni ish mashinalariga ulash uzatish qurilmalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bunday xollarda dvigatelning nominal tezligi bir necha variantlarda hisoblash, tekshirish va analiz qilish asosida tanlanadi.
Elektr dvigatellarning konstruktsiyasini tanlash. Dvigatel konstruktsiyasini tanlashda atrof-muhit sharoiti ham hisobga olinadi. Bunda dvigatelni tashqi muhit ta'siridan himoyalash kerak bo’lsa, ikkinchi tomondan, dvigatellarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uchqunlardan atrof-muhitni (agar yonuvchi changlar, portlovchi gazlar va aralashmalar va shunga o’xshashlar mavjud bo’lsa) himoya qilish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham dvigatellar ochiq, himoyalangan, yopiq va portlashga xavfsiz ko’rinishda ishlab chiqariladi.
Ochiq dvigatellar hech qanday himoya vositalariga ega bo’lmaydi va changsiz, iflossiz va boshqa aralashmalarga ega bo’lmagan quruq xonalarda ishlatiladi.
Himoyalangan dvigatellar tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketishdan va dvigatel ichiga tashqi buyumlar tushib ketishidan himoyalangan va suv tomchilari tushishidan himoyalangan turlarga bo’linadi.
Yopiq dvigatellarni zax, gazli, changli xonalarda ishlatish mumkin. Ular qopqoq hamda maxsus zichlagich bilan ta'minlanadi. Bunday dvigatellar ichiga tashqaridan chang, gaz va boshqa aralashmalar kirmaydi. Germetik yopiq dvigatelni esa uzoq muddat suvga botirib qo’yilsa ham dvigatel ichiga nam o’tmaydi.
Portlashga xavfsiz dvigatellar yong’in va portlash xavfi bo’lgan, xavfli gaz yoki bug’li xonalarga o’rnatiladi. Ularning korpusi shu qadar mustaxkamki, portlash natijasida dvigatel ichida hosil bo’lgan alanga tashqariga-portlash xavfi bo’lgan muhitga chiqmaydi.
Bulardan tashqari, dvigatellarni sovitilishi, maxkamlanishi va shu kabi boshqa shunga o’xshash xususiyatlarga qarab ham bir necha turga ajratish mumkin.
Dvigatelni qizishi nimalarga bog’liq?
Yuklanish diagrammasi nima?
Dvigatelni ish rejimlariga tushuncha bering?
MS Nisbiy ulanish muddati nima?
Dvigatelni nominal kuchlanishi qanday tanlanadi?
Dvigatel turini tanlashni tushuntiring?
Dvigatelni nominal tezligini qanday tanlanadi?
MS Dvigatellar konstruktsiyasi bo’yicha qanday turlarga bo’linadi?
Elektr yuritmani boshqarish qurilmalari
Elektr yuritmani boshqarish, ya' ni avtomatik ravishda ishga tushirish, berilgan tezlikni o’zgartirmay saqlash, reverslash va tormozlab to’xtatish kabi vazifalarni elektromexanik qurilmalar bajaradi. Bunday qurilmalarga uzgichlar, paketli uzgichlar, avtomatlar, kontaktorlar, magnitli ishga tushirgichlar, boshqarish knopkalari, kontrollyorlar, saqlagichlar, boshqarish relelari, texnologik datchiklar va avtomatikada ishlatiladigan ba'zi tuzilmalar kiradi. Bu qurilmalar quyidagi ishlar uchun mo’ljallangan:
Dvigatellarni ishga tushirish, reverslash, tezligini rostlash, tormozlash va tarmoqdan uzish uchun;
Elektr energiya iste'molchilarini va elektr tarmoqlarni o’ta yuklanish, qisqa tutashuv shikastlanishlaridan himoya qilish uchun;
Elektr yuritma va mexanizm ayrim elementlarini blokirovka qilish uchun.
Uzgich. Bunday qurilmalar qo’l bilan bevosita yoki mexanik uzatmalar yordamida harakatlantirilib, kuchlanishi 500 V gacha bo’lgan o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turishda ishlatiladi. Uzgichlar qo’zg’almas va harakatlanuvchi kontaktlardan tuzilgan. Ba'zi uzgichlar saqlagichlar bilan jihozlangan bo’lib, bir vaqtni o’zida ham uzib-ulagich, ham himo ya vazifasini bajaradi. Uzgichlar bir, ikki va uch qutbli ishlab chiqariladi. Ular 600 A gacha toklarga mo’ljallab tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |