Rostlanadigan asinxron dvigatelli elektr yuritma. Asinxron dvigatel uchun o’zgarmas quvvat yo’qotishi mexanik (Km), stator (Ks) va rotor (Kr) po’latlaridagi va stator chulg’amidagi yo’qotishlardan iborat bo’ladi.
K = Km+ Ks+ Kr+ 3 I2R (7.16)
Mexanik yo’qotishlarni quyidagicha aniqlash mumkin.
Km * Kmn (0 / 0n)2 (7.17) bu yerda: Kmn - nominal tezlikdagi mexanik quvvat yo’qotish.
Stator va rotor po’latlaridagi quvvat yo’qotishlar
Kp / Ks+ Kr= Ksn (u / un)2 (f1 / fin)1,3 + Ksu (u / un)2 (f1 •s / fin)1,3 = Ksn (u / un)2 •
• (f1/fin)1,3(1 + S1,3) (7.18 ) bu yerda: Ksn - stator chulg’amidagi quvvat yo’qotishlar, nominal chastota (f1n) va kuchlanishda (Un).
Asinxron dvigatel tezligini reostat usulida rostlashda U=Un, f1=fin va (7.18) formula quyidagicha ifodalanadi
Kp * Ksn(1+S1,3) (7.19)
Agarda tezlik kamayishi bilan po’latdagi quvvat yo’qotishlar ortishi mexanik quvvat yo’qotishlarni kamayishi bilan kompensatsiyalanadi deb olinsa o’zgarmas quvvat yo’qotish o’zgarmaydi va nominal quvvat yo’qotishga teng bo’ladi.
K = Kmn + Ksn+ 3 I2R * const. (7.20)
Ushbu usul bilan tezlikni rostlashda o’zgaruvchan quvvat yo’qotishlar
= Vc+ VpM 00 S + M 00 S (R1/ R2) (7.21) bu yerda: Rl, - rotor zanjiriga keltirilgan qarshilik
Vs, Vr - stator va rotor zanjiridagi o’zgaruvchan quvvat yo’qotishlar.
Rotor zanjiridagi quvvat yo’qotishlar quyidagicha aniqlanadi
Vp = Mn(0 / 0n)2 (00 - 0). (7.22)
Asinxron dvigatel chastota usulida rostlanganda dvigatel po’latidagi o’zgarmas quvvat yo’qotishlar uchun quyidagi ifodani keltirib chiqarish mumkin
Kp= Ksn(f1/ f1n)3,3 (7.23)
O’zgaruvchan quvvat isroflar uchun quyidagi ifodani yozish mumkin
= Vn= Mn 00 Sn (1 + R1/ R'2) = const. (7.24)
Elektr yuritmalarning o’tish jarayonlari uchun ham energetik ko’rsatkichlarini aniqlash axamiyatga egadir. Bunga sabab o’tish jarayonlarida dvigatel chulg’amlaridan o’tuvchi tok qiymati dvigatelni nominal tokidan ancha katta bo’ladi va dvigateldagi energiya isrofi birmuncha ortadi.
Ayniqsa, dinamik ish rejim asosiy bo’lgan va o’tish jarayonlari vaqti ish tsiklini umumiy davomiyligini anchagina qismini egallaydigan elektr yuritmalarda bu xolat yaqqo l namayon bo’ladi.
O’tish jarayonlarida energiya isrofining kamaytirishni asosan 2 xil usuli bor:
Elektr yuritmani inertsiya momentini kamaytirish;
O’tish jarayonlarida dvigatelni ideal salt yurish tezligini rostlash.
Elektr yuritmalarning inertsiya momentini kamaytirish ularda qo’llanilgan elektr dvigatelni inertsiya momentini pasaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kichik inertlikka ega bo’lgan
elektrdvigatellar qo’llaniladi. Bunday dvigatellarga rotorining (yakori) uzunligini uning diametriga nisbati katta bo’lgan dvigatellar kiradi.
Dvigatel inertsiya momentini bitta dvigatelni o’rniga ikkita kichik quvvatli dvigatelga almashtirish yo’li bilan ham kamaytirish mumkin.
Ideal salt yurish tezligini rostlash O’TD uchun «To’g’rilagich- dvigatel» tizimida kuchlanishni o’zgartirish yo’li bilan, AD uchun «Chastota o’zgartirgich-dvigatel» tizimida kirish kuchlanishining chastotasini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Nazorat savollari
Elektr yuritmani energetik ko’rsatkichlariga nimalar kiradi?
Elektr yuritmani energetik ko’rsatkichlari nimalarga bog’liq?
Elektr dvigateldagi quvvat isrofi qanday qismlardan iborat?
MS Dvigateldagi to’la quvvat yo’qotishlar qanday aniqlanadi?
O’zgartirgichdagi o’zgaruvchan quvvat isrofini nimalar tashkil etadi?
MS Rotor zanjiridagi quvvat isrofini qanday aniqlanadi?