Dinamik moment■ Dinamik (inertsiya) moment quyidagi formula bilan topiladi:
Mdin= J d ю / d t (1.10)
bu yerda: J-mexanik tizimdagi barcha harakatlanuvchi qismlarining dvigatel o’qiga keltirilgan umumiy inertsiya momenti, [kg-m2];
ю-dvigatel o’qining burchak tezligi, [rad/s].
O’qning burchak tezligi ю ni aylanishlar soni n [ayl/min] da ifodalab
ю = 2 n n/ 60
dinamik momentning boshqa ifodasini keltirib chiqarish mumkin:
Mdin = M-Mk= (J/9,55) dn /dt . (111)
Ko’pgina ishlab chiqarish mexanizmlarida inertsiya momenti o’zgarmas bo’lib, quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin:
J= GD2/ 4g , (1.12)
(1.12) ifodani (1.11) ga qo’yib, dinamik moment uchun quyidagi ifodani hosil qilish mumkin:
Mdin= M-Mk= (GD2/375) • dn / dt . (1.13)
(1.11) yoki (1.13) ifoda elektr yuritmaning harakat tenglamasi deb ataladi va (1.13) dan ko’rinadiki:
Agar M>Mk bo’lsa, dn / dt >0 ,bo’lib, yuritma musbat tezlanish oladi va o’z tezligini M=Mk bo’lguncha o shiradi.
Agar Mk bo’lsa, dn /dt<0 bo’lib, yuritma manfiy tezlanish oladi va o’z tezligini M=Mk bo’lguncha kamaytiradi.
Agar M=Mk bo’lsa, dn /dt = 0 bo’lib, yuritma o’zgarmas tezlik bilan turg’un rejimda ishlaydi.
Demak, dinamik moment faqat o’tish rejimida paydo bo’ladi. Yuritmaning tezlanishida bu moment harakatga teskari yo’nalgan bo’lib, tezlikning oshishiga qarshilik qiladi, tormozlanishda esa harakat bo’yicha yo’nalib, harakatning davom etishiga yordam beradi.
Qarshilik momentini o’z xarakteriga qarab reaktiv va aktiv momentlarga ajratish mumkin. Reaktiv moment qisish, kesish, ishqalanishlar ta'sirida yuzaga kelib, yuritmaning harakatiga qarshilik qiladi va harakat yo’nalishi o’zgarsa, o’z ishorasini o’zgartiradi. Aktiv moment og’irlik kuchi, qayishqoq jismni cho’zish, qisish va burashda hosil bo’lgan qarshilik momentidan iborat bo’lib, yuritma harakatiga qarshilik qilishi va harakat yo’nalishi o’zgarishiga yordam berishi mumkin. U harakatning har ikki yo’nalishida ham o’z ishorasini o’zgartirmaydi. Demak, elektr yuritmaning harakat tenglamasini umumiy xo lda quyidagicha yozish mumkin:
± M ± Mk = (GD2/ 375) • dn/dt. (1.14)
(1.14) tenglamadagi momentlar ishorasini tanlash dvigatelning ish rejimiga va qarshilik momentining xarakteriga bog’liq. Elektr yuritmaning harakat tenglamasi berilgan rejimda yuritmaning tezligini, yuritmadagi dvigatelni ishga tushirish va to’xtatish vaqtini, berilgan vaqtda ish mashinasini ishga tushirish uchun zarur bo’lgan momentni aniqlash imkonini beradi.
Elektr yuritmalarning mexanik xarakteristikalari
Elektr yuritmani burchak tezligi w ning mexanizm momenti M ga bog’liq o’zgarishi w=f(M) ga elektr yuritmani mexanik xarakteristikasi deyiladi. Bu xarakteristikani shartli ravishda ish mexanizmining va dvigatelning mexanik xarakteristikalariga ajratish mumkin. Rasm 1-3 da mexanizmlarning mexanik xarakteristikalari ko’rsatilgan. Aktiv statik momentli Mst mexanizmlarda (rasm 1-3.a) tezlik yo’nalishi o’zgarganda moment Mst yo’nalishi o’zgarmaydi va moment tezlikka bog’liq emas. Reaktiv statik mo mentli Mst mexanizmlarda (rasm 1-3.b, v) tezlik yo’nalishi o’zgarganda, moment yo’nalishi o’zgaradi.
Bunday
tezlik
o’zgaradi.
mexanizmlarda burchak momentga bog’liq xolda
Do'stlaringiz bilan baham: |