M" ~ ~ " (3.7)
= 2 - 2,5
M
Sinxron dvigatelni tormozlab to’xtatish usullari
Cinxron dvigatellarni tezda to’xtatish uchun teskari ulanish va elektrodinamik usullarni qo’llash mumkin. Ammo teskari ulanishda statordan katta tok o’tishi hamda chastota nol bo’lishi bilan uni elektr tarmoqdan darxol ajratadigan qimmatbaho asboblarning kerak bo’lgani tufayli teskari ulanish bilan tormozlash usuli amalda deyarli qo’llanilmaydi.
Rasm 3-11. Sinxron dvigatelni elektrodinamik usulda tormozlash sxemasi.
Elektrodinamik usul bilan tormozlash uchun ishlab turgan dvigatel statorini elektr tarmoqdan ajratib, uni tashqi aktiv qarshilikka ulash kerak. Bunda rotor chulg’amini o’zgarmas tok bilan ta' minlab turishni davom ettirish lozim.
Natijada, sinxron dvigatel o’zgaruvchan chastotali sinxron generator rejimiga o’tib, tormozlovchi moment ta'sirida tezda to’xtaydi.
Dvigatelning bu rejimida hosil bo’luvchi tormozlash momentining qiymati stator chulg’amiga kiritilgan Rt va qo’zg’atish zanjiridagi tok qiymatiga bog’liq bo’ladi.
Agar dinamik tormozlash jarayonida rotor chulg’amiga beriladigan o’zgarmas tok alohida o’rnatilgan qo’zg’atgichdan olinsa, u xolda, dvigatel tez to’xtaydi, dvigatel valida aylanadigan qo’zg’atgichdan olingan taqdirda esa chastota kamayishi bilan ye va, I qiymatlari ham kamayib boradi. Bu esa tormozlovchi moment qiymatini kamaytirib, to’xtatish vaqtini uzaytirib yuboradi.
Sinxron dvigatelning ish xarakteristikalari
n, Ri, sosj, I, h va M2 qiymatlarining dvigatel validagi foydali quvvat R2 ga bog’lanishini ifodalovchi grafiklar sinxron dvigatelning ish xarakteristikalari deb ataladi.
Bunda n-dvigatel valini aylanish tezligi.
Rasm 3-12 . Sinxron dvigatelning ish xarakteristikalari.
Uning qiymati yuklamaga bog’liq bo’lmay, o’zgarmas, ya'ni n = const bo’ladi; Ri=R2+AR - dvigatelga berilgan quvvat; coscp-quwat koeffitsientining qiymati bo’lib, yuklamaning ko’payishi bilan bir ozgina kamayadi; I-stator chulg’amidagi tok bo’lib, yuklama ko’payishi bilan sosj bir oz kamaygani uchun uning qiymati R1 ga nisbatan tezroq o’zgaradi; h-foydali ish koeffitsienti, uning eng yuqori qiymati nominal yuklamaning
Р
(05^0,75) Rn qiymatida sodir bo’ladi; M2q— dvigatel validagi aylantiruvchi fo ydali mo ment bo’lib,
w
uning qiymati wqsonst bo’lgani uchun R2 ga mutonosib ravishda o’zgaradi. Rasmda sinxron dvigatelning ish xarakteristikalari ko’rsatilgan.
Nazorat savollari
AD ga tushuncha bering.
Sinxron aylanish tezligi, sirpanish va stat or toki qanday aniqlanadi?
AD mexanik xarakteristikasi qanday qismlardan iborat?
MS AD ning mexanik xarakteristikasi qaysi parametrlarga asosan ko’riladi?
AD ning burchak tezligi qarshilik, kuchlanish chastota va juft qutblar soniga qanday bog’liq?
AD ni generator, teskari ulash, elektrodinamik rejimlarida tormozlashlar qanday bajariladi?
SD to’g’risida tushuncha bering.
SD ning mexanik xarateristikasi qanday ko’rinishga ega?
MS SD ning burchak xarakteristikasi nimani tasvirlaydi?
10.SD ning tormozlash usullarini tushuntiring.
Elektr yuritma tezligini rostlash
Tezlikni rostlash to’g’risida umumiy tushuncha
Ishlab chiqarishda mashina va mexanizmlarni ijro organlarining harakat tezligi, ya'ni ijro organlari harakatining turli tezliklari, tezlikni belgilangan qiymatlaridagi barqarorligi, shuningdek ixtiyoriy o’zgaruvchan vazifa signaliga yoki oldindan belgilangan dasturga mos ravishda tezlikni o’zgarishini ta'minlash elektr yuritmalar yordamida ta'minlanadi. Ijro organining harakat tezligini mexanik uzatma yoki dvigatel yordamida o’zgartirish mumkin.
Mexanik uzatma yordamida tezlikni o’zgartirish uchun mexanik uzatmani uzatishlar soni o’zgartiriladi (dvigatelni aylanishlar soni doimiy bo’lganda), bu usul rostlashni mexanik usuli deyiladi. Mexanik usulni amalga oshirish uchun uzatish qutilari, variatorlar va elektromagnit muftalardan foydalaniladi. Bu usulni texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi murakkabligi, ishonchliligi va tejamliligini pastligi sababli undan kam foydalaniladi.
Zamonaviy elektr yuritmalarda tezlikni rostlashni elektr usulidan (dvigatelga ta'sir utkazish natijasida) foydalaniladi. Bu usul, o’zining rostlash imkoniyatini kengligi, soddaligi va avtomatlashtirish sxemalarida ishlatishni qulayligi va tejamliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun zamonaviy ishlab chiqarish mashina va mexanizmlarida ijro organlarining harakatini boshqarish, asosan elektr dvigatelga uning boshqarish tizimi yordamida maqsadga yo’naltirilgan ta'sir orqali erishiladi.
Tezlikni rostlash quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |