Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

2-
 
MAVZU. MUKAMMAL VA NOMUKAMMAL RAQOBAT NAZARIYALARI 
Reja: 
1.
Mukammal raqobat tushunchasi mazmuni. 
2.
Mukammal raqobatdagi bozor modeli shartlari. 
3.
Nomukammal raqobat tushunchasi. 
4.
Monopolistik raqobat. 
5.
Monopoliyalarning ijobiy va salbiy xususiyatlari. 
21 


Tayanch so'z va iboralar: 
mukammal raqobat, nomukammal raqobat, Djoan Vayolet 
Robinsonning (1903-1983), nomukammal raqobat turlari, evolyutsiyasi, Monopolistik raqobat, 
“Quvvatlar ortikchaligi fenomeni”, Oligopoliya. Duopoliya. Monopsoniya. Oligopsoniya. Bilateral 
monopoliya. E.Chemberlin (1899-1967), J. Robinsonning (1903-1983), Tabiiy monopoliya, Legal 
monopoliya, Kartel. Sindikat. Trest. Kontsern. Kontsortsium. Y.Shumpetter (1883-1950) gipotezasi. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, 
munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7. 
Bozor tizimida raqobatni mukammal (sof raqobat) va nomukammal turlarga 
ajratish mumkin. Mukammal (yoki sof) raqobat Shunday raqobatki, bunda bozordagi 
sotuvchilar va xaridorlarning soni juda kup mikdorda bo'lib, ular bozordagi narxga 
ta’sir eta olmaydi va monopol mavqeidan foydalanib, bozordagi ishtirokchilarni uz 
izmiga yurita olmaydi. Shuningdek bu sharoitda kurash doirasi juda keng bo lib, 
mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq to'g'risida axborot olish 
erkinligi kafolatlangan bo'ladi. 
Bunda barcha ishtirokchilar bir xil turdagi tovar va mahsulotlar ishlab 
chiqaradilar hamda bozordagi narx talab va taklif asosida shakllanadi. Ammo real 
xayotda raqobatning bu ko'rinishini uchratishimiz qiyin. Mukammal raqobatning o'ziga 
xos tomonlari quyidagilar: 
>
bozordagi raqobatchilar soni o'ta ko'p va ularni birlashtirish imkoni yo'k, barcha 
ishtirokchilar o'z imkoniyatlari va tavakkalchilik (risk)lari evaziga bozorda 
ishtirok etadilar; 
>
mahsulot bir yo'sinli - standart, sifat boyicha tafovutlar yo'q; 
>
kichik korxonalar juda oz miqdorda ishlab chiqaradilar va ular o'zgalarning 
ishlab chiqarish quvvatlariga va korxonalarga ta’ sir eta olmaydil ar; 
>
tarmoqqa kirib borish uchun hech qanday xuquqiy, tashkiliy, moliyaviy va 
texnologik cheklashlar yo' q; 
standart mahsulot bo'lgani uchun narx vositasisiz raqobatni o'zlashtirish uchun 
imkon yo'q, chunki mahsulot sifati, uni namoyish etish uchun farqlanish belgilari yo'q. 
Nomukammal raqobat esa bunta teskari holat bo lib, tabiatan monopol yoki 
raqobat bir muncha cheklangan buladi. Xususan, bunda katta ulushga eta bo'lgan 
korxonalar va firmalar raqobatlashadilar. Nomukammal raqobat monopoliya, 
oligopoliya, sof monopoliya va monopsoniya ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin. 
Monopolistik raqobat ko'rinishida ko'p sonli va uncha yirik bollmagan ishlab 
chiqaruvchilar aynan bir xil bollmagan ammo uxshash tovarlarni taklif etadilar. Bu 
tizimning sof raqobatdan farqi bu yerda ishlab chiqaruvchilarning unchalik ko'p sonli 
emasligi va ularning o'zaro til biriktira olmasliklaridir. Monopolistik raqobat bozorining 
xususiyatlarini quyidagicha keltirish mumkin: 

Firmaning xufyona bitim tuzishi va narx ustida nazorat kilishni imkoni yuq; 

Firmalarning soni odatda uncha ko'p emas. Firmaning bozor ulushi katta emas va 
ular sezilarli me’yorda narxning shakllanishiga ta’sir etadilar; 

Har bir firma o'z siyosatini o'zga firmalarga bog'liq bo'lmagan holda olib 
boradilar. Mahsulot tabaqalashmagan. 

Sifat boyicha: xom ashyo, sifat, dizayn, ishlab chiqarish, chidamlilik boyicha 
farqlanish; 

Mahsulotni bozorda namoyish etish turlicha; 

Mahsulotni e’tirof etish darajasi, reklama, tovar belgisi va markasi turlicha. 
22 



Narxni nazorat etish imkoni cheklangan. 

Yangi korxonalarning ushbu tarmoqqa kirishi oson. 

Narxli va narxsiz rauobat shakllari mavjud. 
Odatda chakana savdoda, yengil sanoatda keng uchraydi. 
Oligopolistik raqobat sharoitida raqobat tor doira ichida yuz berib, bunda 
ozchilik lekin yirik ishlab chiqaruvchi yoki firmalar qatnashadilar va ishlab 
chiqarishning asosiy qismini nazorat qiladilar. Oligopoliya hukmron tarmoqlarda ham 
tabaqalashgan ham standartlashgan tovarlar ishlab chiqariladi. Oligopoliya sharoitida 
tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi uiyin, chunki u yerdagi uukmron firmalar 
bilan raqobatlashish uchun juda katta sarmoya talab etiladi. 
Oligopoliyaning asosiy xarakterli tomonlari quyidagilar: firma yoki korxonalar 
soni kup emas, mausulot standartlashgan va tabaqalashgan, narx ustidan nazorat o’ta 
yuqori, tarmoqqa kirish imkoni cheklangan, narxning shakllanishida raqobatchilar 
reaktsiyasi, atvori o’rganiladi va shu tufayli u muvofiqlashtiriladi. 
Oligopolistik raqobatga respublikamizdagi paxtani qayta ish
lash 
metallurgiya 
sanoatini misol qilish mumkin. Lekin ushbu korxonalar respublika tashqarisiga 
chiqqanda ulardan ham katta bo’lgan metallurgiya yoki paxtani qayta ishlash 
korxonalarining raqobatiga duch keladilar. 
Sof (mutloq) monopoliya sharoitida esa bir firma yoki tashkilot u yoki bu 
bozorda mutloq xukmronlikka ega bo’ladi va bozordagi narxga, tovar va xizmatlar 
xajmiga xal qiluvchi ta’sir ko’rsata oladi. Monopo l bozorlar barcha mamlakatlarda, shu 
jumladan raqobat darajasi yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotiga eta mamlakatlarda 
ham mavjud. 
Sof monopoliya bozoriga xos bo'lgan xususiyatlar quyidagilar: 
S tarmoqda yagona firma yoki korxonaning faoliyat yuritishi; 
S mahsulot o’ta noyob yoki uni boshqa turi bilan almashtirish imkoniyati yuq; 
S narx ustidan nazorat monopolist qo’lida va narxni u belgilaydi; 
S tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirish imkoniyati yo’q, u iqtisodiy, moliyaviy, 
huquqiy va texnologik tusiqlar bilan bog’liq; 
S narx vositasisiz raqobatni tashkil etish imkoni yuq. 
Bunga misol qilib respublikizdagi “SHo’rtangazkimyo” kompleksini keltirish 
mumkin. 
Yuqorida keltirilgan raqobat turlari va uning asosiy xususiyatlarini quyidagi 
jadvalda kurish mumkin: 
1- jadval ____________________________________________________________
Yagona sotuvchi Kam sotuvchi 
Kup sotuvchi 
T abaqalashtirilmagan 
Mahsulot 
Sof 
Sof oligopoliya 
Mukammal (sof) 
raqobat 
Tabaqalashgan 
monopoliya 
Tabaqalashgan 
Monopolistik 
Mahsulot 
oligopoliya 
raqobat 
Bundan tashqari, ayrim holatlarda monopsoniya ham mavjud boladi. Bu yerda sotuvchi 
emas xaridor xukmronlik qiladi. Bu bozorda sotuvchilar ko’pligidan yagona 
23 


xaridor uchun kurashadi. Xaridorning taklif etgan narxi tannarx darajasida buladi. Shu 
bilan birga iqtisodiyotda “tabiiy monopoliya” tushunchasini xam ko’plab uchratish 
mumkin: 
Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan 
band bo'lgan xojalik yurituvchi sub’ektlar tabiiy monopoliya sub’ektlari xisoblanadilar. 
O'zbekiston Respublikasida tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyati quyidagi 
sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi: 

neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish; 

elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish; 

temir yo'llar infratuzilmasidan foydalanish; 

umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari; 

suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari; aeronavigatsiyalar, portlar va 
aeroportlar xizmatlari. 
Raqobat olib borish usuliga qarab insofsiz (girrom) va halol raqobat bulishi 
mumkin. Insofsiz raqobat bozorda firmalar, korxonalar uz raqobatdoshi bo'lgan 
sub’ektlarga nisbatan zarar keltiradigan, uning tadbirkorlik obrusiga putur yetkazadigan 
yolg’on, noaniq yoki buzib kursatilgan ma’lumotlarni tarqat ishi, ularning intellektual 
boyliklaridan noqonuniy foydalanishlari, tovarni tayyorlash usuli, xususiyati va joyi, 
iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilarni chalg’it ishlari, josuslik, 
qo’poruvchilik va ug’irlik kabi usullardan foydalanish tushuniladi. 
Xalol raqobat esa buning aksi bo'lib, asosan ikki usulda, ya’ni narx va sifat 
orqali olib borilishi mumkin. Narx orqali raqobatlashuv usuli tanlanganda narxni 
tushirish va kutarish orqali raqobatlashiladi. Bunda raqobatlashadigan firmaning narxni 
kutarish yoki pasaytirish chegarasi asos kilib olinadi. Ammo Shuni unutmaslik zarurki, 
narx bilan raqobatlashish hamisha ham qo’l kelavermaydi. Shuning uchuy iqtisodiyotda 
tovarning sifati orqali raqobatlashish alohida o’rin tutadi. Jumladan, agar ikki firma 
tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki tovarning narxi bir xil bulsa, xaridor o’z-
o’zidan uning sifatiga, afzalligiga e’tiborni qaratadi va sifati yuqori bo'lgan tovarni 
sotib olishga intiladi. Raqobatni sub’ektlariga qarab asosan uchta guruhga bo’lish 
mumkin. 
1.
Bozorda ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi 
raqobat muhim xisoblanib, uni xam uch turga ya’ni, tarmoq ichidagi, tarmoqlararo va 
mintaqaviy raqobatga bo' lish mumkin. 
a) tarmoq ichidagi raqobat bu asosan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar 
urtasidagi raqobat hisoblanib, u asosan tovarlar sifati, narxi, tovarning ko’rinishi, 
korxona foydasi miqdori va xuddi Shunday tovarlar ishlab chiqarayotgan boshqa ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatiga bog’liqlikni taqozo etadi. Ishlab chiqaruvchilarga ichki va 
tashki sharoitlarning xar xil ta’siri tufayli ular bozorda turlicha ulushga ega bo’ladilar 
va turli mavqeni egallaydilar. 
b) tarmoqlararo raqobatda turli tarmoqlar o’rtasida raqobat mayjudligini ko’rish 
mumkin. Masalan bir xududga sarmoya kiritish niyatida bo'lgan sarmoyador tarmolar 
o’rtasida o’zi uchun eng foyda keltiruvchan bqlgan tarmoqni tanlaydi. Resurslar doimo 
foyda normasi ancha past bo'lgan tarmoq
da 
yuqoriroq bo’lgan tarmoqqa oqib o’tadi. 
Shu asosda tarmoqlararo raqobat - tovar ishlab chiqaruvchilar 
24 


o’ rtasida o’z mablag’larini eng foydali ishlab chiqarish sohasiga joylashtirish uchun 
kurash sodir bo’ladi. 
v) mintaqalararo raqobat davlatlar orasida yuzaga keladigan raqobat ko’rinishidir. 
Misol uchun, Yaponiyada avtomobil ishlab chiqarish xarajatlari AQShga qaraganda 
kamroq bo’lganligi munosabati bilan dunyo avtomobil bozorlaridagi savdolarda mavjud 
raqobat natijasida yuzaga kelgan narxlar tizimi yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilari 
uchun foydaliroqdir. Shu sababli, avtomobil ishtiyoqmandlarining avtomobillarga 
bo'lgan exdiyojining katta kismi Yaponiya avtomobillari xisobiga qondiriladi. Natijada 
ko’prok chidamli bo’lgan AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchilari raqobat kurashida 
yutkazadilar. 
2.
Xaridorlar o’rtasidagi raqobat raqobatning boshqa turlariga nisbatan 
rivojlangan bozor xo’jaligida kamroq ahamiyatga ega. Albatta, har bir sotuvchi uchun 
xaridorlarning tovar uchun ko’proq xaq to'laydigani afzaldir. Lekin, ishlab chiqarish 
taklifi talab bilan muvozanatga kelgan vaziyatda xaridorlar o’rtasidagi raqobat ikkinchi 
o’ringa o’tadi. Raqobatning keskinlashuvi biron bir tovarni taklif etishni ko’paytirish 
uchun to’siq paydo bo’lgan paytdagina yuzaga kelib, agar tovar yet ishmasligi paydo 
bo'lsa, xaridorlar uni sotib olishda bir-birlaridan o’zishga intilib, sotuvchilarga 
balandroq narx taklif kiladilar. Sotuvchilar esa taqchil tovarni talab narxi bo’yicha, 
ya’ni xaridori chiqsa, iloji boricha yuqori narx boyicha sota boshlaydilar. 
Xaridorlarning sotib olish imkoniyatlari bir xil xaridorlar va xech narsa sotib 
ololmaydigan xaridorlar ozmi-ko’pmi yutqazadilar, chunki ularning extiyojlari 
qondirilmaydi bo'lganligi sababli ko'p haq to'lay oladigan kishi ushbu vaziyatda afzal 
ko'riladi. Bunday raqobat natijasida barcha xaridorlar, har holda tovarni sotib oladigan, 
tovar yetarli mikdorda bo' lgandagiga Karaganda kuprok kak tulaydigan 
3.
Sotuvchi bilan xaridor urtasidagi raqobat - muvozanat narxlar shakllanishi 
jarayonida sodir buladi. Dastlabki shakllangan narx bo yicha talab taklifdan yuqori 
bolsa, narx oshib boradi. Bunday vaziyatda sotuvchilar bilan birgalikda xarakat qilish 
xos bo'lib, xaridorlar parokanda bo'ladilar va ularning har biri taqchil molni sotib 
olishda boshqasidan o'zishga intiladi. Bordi-yu, dastlabki narx vaziyatida taklif talabdan 
ortiq bolsa, xaridorlar sotuvchilarni bir-birlari bilan o'zaro raqobat qilishga va qolaversa 
narxni pasaytirishga majbur etadilar. Bundan xaridorlar yutadilar, chunki ulardan har 
biri tovarni arzonroq narxda sotib olishga muvaffaq bo'ladi. Adam Smit Shunday deydi: 
- “Bir xil kasb egalari kam uchrashadilar, hatto ular quvonchli kunlarida yoki shunchaki 
dam olish uchun uchrashganlarida ham, biror bir uchrashuvlari yo'q-ki, bu uchrashuvlar 
jamiyatga qarshi til biriktirish yoki narx-navoni qanday ko'tarish yuzasidan biror bir 
kelishuv bilan yakunlanmasin.” Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul hodisa, lekin 
ayrim hollarda xojalik sub’ektlariga bozor ishtirokchilari sonini cheklash yoki 
birgalikda narxlarni ko'tarish bo yicha raqiblar bilan kelishishga ham yo'l ochish 
mumkin. 
Raqobatdoshligini oshirish, Shuningdek, xojalik yurituvchi sub’ektlarning 
iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz 
tushirish, tannarxni kamaytirish bo yicha belgilangan parametrlarga erishish uchun 
rahbar va mas’ul xodimlarni rag'batlantirishning ta’sirchan mexanizmini ishlab chiqish, 
energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo yicha 
25 


narxlarning ko'tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik” yuzasidan 
kat’iy chora-tadbirlar kurish zarurligiga alohida e’tibor karatdi. 
Ushbu risolada raqobatning vujudga kelishi, turlari, mazmuni xdmda uni tartibga 
soluvchi konunchilik asoslari tugrisida batafsil ma’lumotlar berish bilan birgalikda, 
uning yunalishlari bo'yicha misollar keltirishga alohida e’tibor karatildi. Keyingi 
risolalarimizda narx (baho) siyosati, uning shakllanishi, mahsulot (ish, xizmat)lar 
tannarxini pasaytirish yo'llari, iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish va reklama 
bozorini tartibga solish kabi masalalarini yoritishni rejalashtirganmiz. 
Bozor tizimida raqobatning mukammal va nomukammal raqobatdan iborat ikki 
asosiy turi bor: 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish