Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


Raqobatning ko'rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o'rni



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Raqobatning ko'rinishlari va iqtisodiyotda tutgan o'rni. 
Iqtisodiy rivojlanishni raqobatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Keng ma’noda 
qaralganda, barcha sohalarda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida kishilar o'z 
manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar, ya’ni o'zaro raqobat kilishga intiladilar. Har 
bir iqtisoddagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning xohish irodasi, malakasiga va 
tafakkuriga bog'liq bo'lmagan o'ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar mavjud. Raqobat eng 
avvalo iqtisodiy hodisa xisoblanadi va uning asosini xo'jalik sub’ektlari orasidagi 
iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Raqobat o'zini xo'jalik sub’ektlari orasida oddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabat sifatida namoyon etadi. 
Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya’ni raqobatda yutib 
chiqqanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo'lib ketsalar, yutqazganlar esa iqtisodiy 
jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar va ko'pincha yirik korxonalar tarkibiga 
qushilib ketadilar yoki umuman yuk bo'lib ketadilar. Raqobatning ham ijobiy, ham 
salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali 
taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, 
15 



raqobatda iste’molchilar talabi asosiy urin tutganligi sababli resurslarning iste’molchilar 
talabi yuqori bo'lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo'nalishiga xizmat qiladi. 
Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli 
ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki boladi. Bundan tashqari, raqobatning eng muhim 
xususiyatlaridan biri Shundaki, bunda eng asosiy e’tibor tadbirkorlarning shaxsiy 
mustaqilligiga karatiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy faoliyatni ma’muriy boshqarishsiz 
ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlar manfaatlarini tolaroq qondirishga 
imkoniyat yaratib beradi. Raqobatning salbiy tomonlari sifatida Shuni aytish mumkinki, 
raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki ozi uni buzib quyishi mumkin. 
Chunki talab va taklifning o zgarishiga qarab narxlarning tuxtovsiz ozgarib turishi 
bozordagi sub’ektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi. 
Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda oz 
mavqeini saqlab qolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki, 
bu oz navbatida tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, oz raqibini 
obro'sizlantirishga, iste’molchilarni chalg'itishga olib kelishi mumkin. 
Jahon bozoriga nima asos bo’lgan? XVIII asrga qadar olimlar bu savolga javobni 
tabiat in’omlarining turli mamlakatlar va xalqlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi 
bilangina bog’lar edi. Mulohaza yuritish mantiqi oddiy edi: agar bir mamlakatda 
marmar koni, boshqasida esa oltin koni bo’lsa, ularning qirollari oltin tojda marmar 
qoplangan saroyda o’tirishlari uchun bu mamlakatlar bir-biri bilan savdo qilib, 
marmarni oltinga ayirboshlashi kerak. Adam Smit bilim sari yangi qadam tashlab, 
“mutloq ustunlik" tushunchasini kiritdi. "Mutloq ustunlik" har qaysi mamlakatda 
Shunday tovar mavjudki, harajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga 
qaraganda ko’prok ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan vaziyatdir. Iqtisodiy tahlilda 
“Xalqaro savdo” mavzusi fikr yuritishning eng qadimgi mavzularidan biri hisoblanadi. 
Erkin ayirboshlash nazariyasining asoslari XIX asrdayoq buyuk iqtisodchilar 
tomonidan yratilgan. Ushbu nazariya ikkinchi jahon urushi tugagandan so’ng xalqaro 
savdo sohasida yuzaga kelgan halqaro ayirboshlashning rivojlanishini tushuntiruvchi 
qoidalarga juda katta ta’sir ko’rsatdi. A.Smit modelini ko’rib chiqayotganda tahlil 
uchun foydalaniladigan ba’zi shartlarni keltirish talab etiladi: 
1)
Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud. 
2)
Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi. 
3)
Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi. 
4)
Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to’lanadi). 
5)
Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta’sir ko’rsatadi. 
6)
Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko’chib yurmaydi. 
7)
Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy. 
8)
Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko’chib yurishi mumkin. 
9)
Xar ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo’ladi. 
Nisbiy foyda qoidasi har bir mamlakatni mavjud resurslardan tong oqilona 
foydalanishga imkon beradigan darajada o'z iqtisodiyotini ixtisoslashtirishga va boshqa 
mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash natijasida oz fuqarolarining 
16 


farovonligini eng yuqori nuqtaga ko'tarishga undaydi. A.Smitning “mutlaq ustunlik 
nazariyasi”da biror-bir davlatning hamma tovarlar bo’yicha mutlaq ustunlikka ega 
bo’lgan holati ko’rib chiqilgan edi. Bu holatni esa David Rikardo o’zaro manfaatli 
savdoning va xalqaro ixtisoslashuvning umumiyroq (A.Smitning modelini xususiy hol 
sifatida o’z ichiga oluvchi) tamoyilini shakllantirgan “Siyosiy iqtisodning va soliqqa 
tortishning boshlanishi” (1819 yil) asarida ko’rib chiqdi. D.Rikardo xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning o’ziga xosligini ta’kidlab, A.Smitning tamoyilini amal qilmasligi 
o’zaro manfaatli savdoga to’sqinlik bo’la olmasligi ko’rsatib berilgan modelni yaratdi. 
D.Rikardo solishtirma ustunlik qonunini yaratdi, ya’ni davlat ishlab chiqarishda eng 
yuqori mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u har ikki tovar bo’yicha mutlaq ustunlikka 
ega bo’lsa) yoki eng kam mutlaq ustunlikka ega bo’lgan (agar u birorta tovar bo’yicha 
hech qanday ustunlikka ega bo’lmasa) tovarlar eksportiga ixtisoslashishi kerak. 
O’z zamonasining ko’pchilik iqtisodchilari singari u o’z konqepqiyasini 
rivojlantirishni aniq bir misol orqali: vino va jun hamda ikki mamlakat: Angliya va 
Portugaliya o’rtasidagi savdodan boshlaydi. 
2-jadvaldan ko’rinadiki, Angliyada ma’lum bir (a) miqdorda jun ishlab chiqarish 
uchun yiliga 100 ta ishchi mehnati talab etiladi. Ushbu miqdordagi junga Angliya 
ma’lum bir (v) miqdorda portugal vinosini sotib oladi. Angliyaning o’zi vino ishlab 
chiqarganda yiliga 120 ishchining mehnati talab etilgan bo’lar edi. Bundan Angliyaning 
Portugaliyadan jun hisobiga vino sotib olishi manfaatli ekanligi kelib chiqadi. Ushbu 
tovarlarni ishlab chiqarish uchun Portugaliya mos ravishda yiliga 90 va 80 ishchining 
mehnatini sarflaydi. Shuning uchun unga vino hisobiga jun olib kelish manfaatli. 
2-jadval 
Jun 
Vino 
Angliya 
100 ishchi 
90 ishchi 
Portugaliya 
120 ishchi 
80 ishchi 
D.Rikardoning fikricha, 100 ingliz ishchisining mehnati va Portugaliya 
ishchisining mehnatiga noekvivalent almashinuvi ishlab chiqarish omillarining 
mamlakatlar o’rtasida harakatining qiyinligi bilan tushuntiriladi. D.Rikardoning 
modeliga binoan Portugaliya Angliya oldida har ikki tovar ishlab chiqarish bo’yicha
 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish