Shuningdek, qonun loyihasi asosida “Raqobat to’g’risida’gi qonunning 34-
moddasidagi monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko’rsatmalari) ustidan shikoyat
qilish normalarini “Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini nazorat qilish to’g’risida’gi
qonunning 19-moddasi hamda “Tabiiy monopoliyalar to’g’risida’gi qonunning 20-
moddasi normalariga uyg’unlashtirish ham ko’zda tutilgan.
Raqobatning iqtisodiy mazmuni va namoyon bo’lish shakllari.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq
vaqtlardan buyon mavjud bo’lgan tushuncha hisoblansada, iqtisodiy tabiatining
murakkabligi bugungi kunda ham uning mohiyatini to’liq ochib berilgan, deyishga asos
bo’la olmaydi. Chunki, raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’ektiv asoslarini ochib
berish, uni ta’riflashdagi serqirralik, turfalilik va ziddiyatlar mazkur jarayon tadqiqoti
mantiqiy jihatdan davom etayotganligini anglatadi.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud. Jumladan,
Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raevlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot
nazariyasi» o’quv qo’llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) uning
iqtisodiy manfaatlar to’qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega
bo’lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy
manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq
naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida
sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash
boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni
qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari
uchun ular orasida kurash boradi.
O'z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.
Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda ham turlicha
ta’riflanadi. Jumladan, «Yazik biznesa» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha concurrere
- to’qnashuv; inglizcha somretition, rivalry) - bozorda ishtirok etayotgan korxonalar
o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash,
xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro
aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil
-5
etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar» , deb ifodalangan. Bundan
ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham
talqin etilgan. Shu bilan bir qatorda, raqobat maqsadini «xaridorlarning turli -tuman
ehtiyojlarini qondirish» sifatida belgilab, ma’lum noaniqlikka yo’l qo’yilgan. Chunki,
raqobatning asosiy maqsadi xaridorning emas, balki uning ishtirokchisining
manfaatlarini to’laroq ro’yobga chiqarishdan iborat bo’lib, bu maqsadga erishish
yo’lidagi harakatlar pirovardida xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga
olib keladi.
Taniqli iqtisodchilarimiz A.O'lmasov va N.To’xlievlarning «Bozor iqtisodiyoti»
qisqacha lug’at - ma’lumotnomasida: ’’
Do'stlaringiz bilan baham: